Fototopografik s’yomka haqida umumiy ma’lumot.
Fototopografik s’yomka haqida umumiy ma’lumot.
Aerogeodeziya – yer yuzasi fototasvirini olish va ularni joyining karta va planlarda qayta
xosil qilish usullarini ishlab chiqadi va o‘rganadi.
Fototasvirlar samolyotlarga va erga o‘rnatiladigan maxsus fotografik apparatlar yordamida
olinadi. Joyning olingan tasvirlari yordamidatopografik karta va planlarni tuzishda fotogrammetrik usul keng qo‘llaniladi.
Fotogrammetriya ob’ektlarning xolati va shakl o‘lchamlarining tekislikda yoki fazodagi,xamda ularning fotogrammetrik tasvirlariga ko‘ra joyning turli hil ko‘rinishlarida aniqlash usullarini o‘rganadi.
Aerofotogeodeziyada yer yuzasi ob’ekt, geometrik tasviri esa uning aniq plani yoki joyning kartasi xisoblanadi.
Aerogeodeziyada, geodeziya fanining ko‘plab usullari keng qo‘llaniladi. Mustaqil fan bo‘lib geodezidan ajralib chiqqan. Karta va planlarni geodezik asoslarini yaratish bu ikki fanni umumiy maqsadga birlashtiradi.
Fototopografik ishlar.
Maxsulot xarakteri va yaratilishiga ko‘ra s’yomkalar quyidagi turlarga ajratiladi:
- konturli aerofotos’yomkalar;
- murakkab s’yomka;
- stereotopografik s’yomka;
- yer usti fototopografik s’yomkasi
Konturli aerofotos’yomka.
Konturli aerofotos’yomkao‘zida jarayonlarning majmuasini ko‘rsatadi, ularni bajarish
natijasida joyning konturli plani hosil kilinadi. Konturli aerofotos’yomka boshlang‘ich jarayoni bu joyning aerofotos’yomkasi xisoblanadi. Aerofotos’yomka jarayonida tasvirga tushiriladigan xududustidan samolyotda o‘zaro parallel marshrutlar o‘tkaziladi. Bunda joy belgilangan vaqt oraliqlarida shunday xisob bilan tasvirga tushiriladiki, marshrutdagi xar qaysi navbatdagi aerotasvirlar, oldindan berilgan kattalikdagi bo‘ylama va ko‘ndalang yopmalarni xosil qilishi kerak bo‘ladi. Fototopografik s’yomka haqida umumiy ma’lumot.
Muallif: A. Ganiyev.







