FRAZEOLOGIZMNING SEMANTIK TUZILISHI.
Frazeologizmning semantik tuzilishi frazeologik ma’no (ma’nolar) va qo`shimcha ottenkalardan iborat bo`ladi.
Belgi, harakat kabilar haqida frezeologizm ifodalaydigan ma’lum frazeologik ma’no deyiladi: Qizim boshimni osmonga yetkazdi, (A.Q). Endi to`rtinchi rotani ham ratsiya bilan ta’min qilsak oshig`i olchi bo`lardi. Ibora birinchi gapda harakat ifodalasa (xursand qildi), ikkinchisida belgi (yaxshi) ifodalamoqda.
Frazeologik ma’no obrazli va jozibali bo`ladi, Shu xususiyati bilan leksik ma’noli so`zlardan bir oz farqlanib turadi. Chog`ishtiring: Xufiya – yeng ichida, beqiyos yer bilan osmoncha, xursand-og`zi qulog`ida.
Ayrim frazeologizmlar bildirgan ma’nolari bir so`z bilan ifodalab bo`lmaydi: qildan qiyiq topib, janjal chiqarardi. (S.Axm) Qosh qo`yaman deb, ko`z chiqarib qo`ydi.
Frazeologik ma’no ibora tarkibidagi so`zlardan birining ko`chma ma’nosiga asoslanib ko`chma ma’no berishi (shirin so`z, achchiq gap, ishning ko`zi, gapning tuzi) mumkin yoki tarkibidagi komponentlarning umumiy ma’nolariga asoslanib ko`chma ma’no ifodalashi mumkin (og`zi qulog`ida, bel bog`lamoq, og`iz ochmoq). Yoki tarkibidagi komponentlarning ma’nolariga aloqasi bo`lmay ko`chma ma’no anglatishi mumkin. (boshi osmonga yetdi, tepa sochi tikka bo`ldi, yulduzni benarvon uradi, yuragiga qil sig`maydi).
Frazeologik iboralarning shakllanishida nolisoniy va lisoniy omillar mavjud.
Lisoniy omilga iboralarni qarindosh va noqarindosh tillardan o`zlashtirish va kalkalash kiradi: bajonidil, buksirga oldi.
Tilshunos A.Mamatov o`zbek tili frazeologizmlarning shakllanish doirasini to`rt katta guruhga ajratib ko`rsatadi: 1) shaxs faoliyati va psixikasi bilan bog`liqligi jihatidan; 2) kasb-korga bog`liqligi, 3) hayvonlar obrazi asosida; 4) din va dindorlarga bog`liqligi jihatidan shakllangan frazeologizmlar. Misollar: og`iz ochmadi, o`pkasi to`ldi, bo`zchining mokisidek suprasi quruq; it-mushuk bo`ldi, dumi xo`rjinda, xudo ko`tarsin, payg`ambar hassasi bilan turtgan va hokazo.
Frazeologik tizim tilning leksik va grammatik tizimlariga tayanadi, Iboralar ko`chma ma’noda kelgan ikki va undan ortiq so`zlar bog`lanmasi bo`lgan til birliklaridan tashkil topadi: Tili qisqa, til chiqardi, bilim xazinasi (kitob), Sharq Yulduzi (O`zbekiston), zangori kema (mashina). Xuddi shuningdek, aforizmlar. Ulug`likka yetsang, unutma o`zing, qachon kiysang atlas, unutma bo`zing (A. Yugnakiy). O`t ishi-qovurmoq, el ishi-sovurmoq (A.Navoiy) kabilar ham frazeologizmlarga kiradi.
Xalq maqollari semantik jihatdan ikki xil bo`ladi. a) o`z (asl) ma’nosida bo`yagan maqollar (Bugungi ishni ertaga qo`yma; dushmanga omon berma) bu ko`chma ma’nodagi maqollar (Yetti o`lchab bir kes; qolgan ishga qor yog`ar. Ko`rpangga karab oyoq uzat). Frazeologizmlarga ana shu ikkinchisi ya’ni, ko`chma ma’no ifodalagan xalq maqollari kiradi,
Frazeologizmlar tarkibidagi so`zlar boshqa oddiy birikmalardagi so`zlarga shaklan o`xshab qolishi mumkin: Qodirqul mingboshining bundaqangi ishlarga suyagi yo`q (H.H) Bu go`shtning suyagi yo`q Mirzakarimboyning qo`li uzun, bu ishlarni uddalaydi. (O) Basketbolchining qo`li uzun edi. Bunday holatlarda frazeologik ma’no kontekstga qarab aniqlanadi.
Ayrim frazeologizmlarning komponentlari qat’iy bir qolipga kirib ketganligi uchun ularni bir tildan ikkinchi tilga so`zma-so`z tarjima qilib bo`lmaydi. So`zma-so`z tarjima fikr -chalkashligiga olib keladi. Masalan, Oydinning «Kelin o`g`il tug`di» hikoyasidan rus tiliga tarjima qilingan quyidagi konteksga diqqat qiling: Voy, tug`may o`lay. Bu nima o`tirish,– kampirning qo`ltig`idan tarvuzi tushib, ich-ichidan ezilib ketdi.
–Вай, посмотри на них. О чем они беседуют? Старушка так рассердилась, словно уронила хороший арбуз. Gapda «tarvuziqo`ltig`idantushdi» iborasini, tarjimasinoto`g`richiqqan.
FRAZEOLOGIK POLISEMIYA
Ikki va undan ortiq ma’noga ega bo`lgan iboralarga frazeologik polisemiya deyiladi. Bosh ko`tarmoq: 1) sog`aymoq, 2} qaramoq; 3) qo`zg`olon qilmoq; o`ziga kelmoq; 1)
tushunmoq; 2) sog`aymoq; ko`zi ochildi; 1) tushundi, 2) ko`rdi,
FRAZEOLOGIK OMONIMIYA
Bir xil komponent (so`z)lardan tuzilgan, ya’ni shakllari o`xshash, ammo ma’nolari har xil bo`lgan iboralar frazeologik omonim deyiladi: uyni boshiga ko`tarmoq; onasini boshiga ko`tarmoq. Ilgari bir qatra og`zimga olmas edim. (O) Komissiya hayron bo`lib qoldi, ammo hech kim meni og`ziga olmas edi. (A.Q).
FRAZEOLOGIK SINONIMIYA
Shakllari har xil, ma’nolari bir-biriga yaqin bo`lgan iboralar frazeologik sinonimiya deyiladi: toqati toq bo`lmoq-sabr kosasi to`lmoq; yaxshi ko`rmoq-ko`ngil bermoq; terisiga sig`madi-boshi osmonga yetdi.
Lug`aviy birlik sifatida frazeologizmlar so`zlar bilan sinonimlik tashkil qiladi:
g`azablanmoq-joni chiqmoq, sevmoq-yuragidan urmoq, maqtanmoq-ko`klarga ko`tarmoq.
FRAZEOLOGIK ANTONIMIYA
Qarama-qarshi ma’no ifodalovchi iboralar antonim frazeologizmlar deyiladi.
Ko`klarga ko`tarmoq yerga urmoq, qo`li uzun-qo`li kalta, ko`ngli oq-ichi qora.
O`Z VA O`ZLASHGAN QATLAM IBORALARI
Frazeologizmlarning asosiy qismi o`z qatlamga oiddir. Ammo o`zlashgan qatlam iboralari ham bor. Iboralar ba’zan yarim kalka (dili siyoh bo`ldi, buksirga oldi) ba’zan to`liq kalka bilan o`zlashtiriladi: hech bo`lmagandan ko`ra, kech bo`lgani yaxshi – лучшепоздно, чемникогда.
UMUMIY VA CHEGARALANGAN QATLAM IBORALARI
Frazeologizmlarning asosiy ko`pchiligi umumiste’molga oiddir. Ammo chegaralangan qatlam ham mavjud, Chegaralangan qatlamga dialektal frazeologizmlar: etini yeganday bo`lmoq (juda och qolmoq); andar-mandarini chiqarmoq (vayron qilmoq), Qashqadaryo shevasiga xos bo`lsa: toqi chalmoq (ovoza qilmoq).











