Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash.

0
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish. Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish borasida salmoqli sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Ushbu harakatlarning muhim yo‘nalishi sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2017 yil yurtimizda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilindi va ushbu yilning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Shu o‘rinda aytish joizki, o‘tgan yilning 24 sentyabridan boshlab dastlab Bosh vazir, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur qabulxonaga qilingan murojaatlar va ularning tezkor va sifatli hal etilishi jamiyatimizda shu paytgacha uchrab turgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befark munosabatda bo‘lish holatlariga keskin chek qo‘yildi, desak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, qisqa davr ichida mamlakatimiz hududining eng olis joylaridan tortib, poytaxtimiz Toshkent shahrigacha turli-tuman masalalarda yig‘ilib qolgan muammolar tezkorlik bilan hal etilmokda. Fikrimizni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi, xususan, 2017 yilning 20 fevraliga qadar Virtual qabulxonaga jami 509122 ta murojaat qilingan va bugungi kunda ushbu murojaatlardan 436408 tasi ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilgan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir choratadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ana shunday masalalarni hal etishning zamonaviy usullarini hayotimizga tatbiq etishni nazarda tutishi bilan ahamiyatli.

Shu maqsadda farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.

Ta’kidlash lozimki, bu aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beradi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimliklar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmini yaratishga asos bo‘ladi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya etish imkoniyatlari kengayadi. Murojaatlar bilan ishlash sifati yangi bosqichga ko‘tariladi. Murojaatlarni e’tiborsiz qoldirish, ularning «yo‘qolib» qolishi, sansalorlik, murojaatni quyi idoralarga qaytarib yuborish va boshqa shu kabi holatlarning oldi olinadi.

Joylarda, tuman va shaharlarda O‘zbeknston Respublikasi Prezidentining Xalq kabulxonalari tashkil etilishi fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, Prezident devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy hukuqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respubl ikasin ing «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va ko‘shimchalarda quyidagilar nazarda tutiladi:

murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishning interaktiv usullarini kengaytirish; murojaatlarn i kurib chiqish natijalarini nashr etib borish;

takroriy murojaatlarni kurib chiqish va hal etish, fuqarolarni sayyor qabul qilish

xususiyatlari; videvkonferensaloqa yordamida fuqarolarni masofaviy qabul qilishni tashkil etish;

«Xalq qabulxonasi» institutining umumiy qoidalarini btgipash;

«Ishonch telefonlari» orqalm murojaatni qabul qilish, ko‘rib chiqishning xuquqiy asoslari.

Bunda murojaatlarni qonunchilik doirasida to‘liq ko‘rib chiqish, xolislikka amal qilish va o‘z vaktida qanoatlantirish belgilab qo‘yildi.

«2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantaryshning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham fuqarolarning murojaatlariga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, ushbu masala bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilangan:

Birinchidan, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi, samarali mexannzmlari va usullarini joriy etish maqsadida 2017 yilning II choragidayoq «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Ikkinchidan, 2017 yilning I choragida barcha huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining virtual qabulxonalarini tashkil etish nazarda tutilgan. Hozirda ularning aksariyati virtual qabulxonalar tashkil etib, allaqachon o‘z faoliyatini boshlab yuborgan.

Uchinchidan, har bir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organida hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘lim (bo‘linma, guruh) tashkil etish va davlat organlari va muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

To‘rtinchidan, murojaatlarning kelib tushish manzili, quyi tizimlarga yuborilganligi, ularning mazmuni, turi va ko‘tarilgan masalalar klassifikatsiyasi hamda takroriy va anonim murojaatlar hisobi, ko‘rib chiqish natijasi, belgilangan tartib va muddatlarga rioya qilinishi, intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalalari bo‘yicha tahlillar olib borish maqsadida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari mas’ul ijrochilar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishi hamda tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi murojaatlarning yagona klassifikatori»ni ishlab chiqish va tasdiqlash, murojaatlarni ro‘yxatga olish tizimi bo‘yicha yagona elektron dasturni tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

Beshinchidan, aholiga huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borishni faollashtirish, huquqiy maslahatlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida keng targ‘ib qilish maqsadida davlat organlari va jamoat tashkilotlari veb-saytlari orqali o‘z soha faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha «Onlayn maslahat» ruknini tashkil etish belgilangan.

Oltinchidan, fuqarolarning murojaatlari eng ko‘p tushadigan sohalar, ulardagi to‘siqlar, fuqarolarni o‘ylantiradigan boshqa ehtiyojlarni aniqlash va bu boradagi muammolarni bartaraf etish maqsadida har bir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida murojaatlar bilan ishlash ahvolini har chorakda umumlashtirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati bo‘yicha aholining fikrini o‘rganish, ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish tartibini kiritish nazarda tutilgan.

Yuqoridagi chora-tadbirlar fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish uchun zarur tashkiliy va huquqiy asoslarning yaratilishi mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytiradi, aholining adolat qaror topishiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi, amaldagi qonunchilikka hurmati oshishiga xizmat qiladi.

Mavzular.

manba