G’afur G’ulom – bolalar shoiri. Uning hayot va ijod yo’li.

0
G’afur G’ulom – bolalar shoiri. Uning hayot va ijod yo’li.

G’afur G’ulom – bolalar shoiri. Uning hayot va ijod yo’li.

G’afur G’ulom – bolalar shoiri. Uning hayot va ijod yo’li.

G’.G’ulomning o’zbek bolalar adabiyotini rivojlantirish sohasidagi hizmatlarini alohida umumlashtirish yo’nalishidagi ilk urinishlar XX asrning o’rtalaridayoq yuzaga kelgan edi. O’shanda pedagogika bilim yurtlarida o’qishga mo’ljallangan bolalar adabiyoti faniga oid o’quv qo’llanmalari va xrestomatiyalarida G’.G’ulom alohida ijodkor sifatida taqdim etilib, uning haqida portret-maqola va asarlaridan namunalar berila boshlangan edi.G’afur G’ulomning bolalar shoiri va nosiri qiyofasiga otalik va murabbiylik tuyg’ulari chuqur singishib ketgan. Bunda etimlikda kechgan bolalik hotiralari ta’siri ayricha rol o’ynaganini alohida ta’kidlash joiz. Shu holat uni qo’liga qalam olib ilk she’rini yozishga undagan edi. «Bir kuni, – deb yozgan edi u o’zining «Kechmish va kechirmishlarimdan» xotiranomasida, – bolalar bog’chasidagi yetim bolalardan 15 tasini bizning internatga o’tkazdilar. Men bu go’daklar bilan birga tunab qoldim. Kechasi uxlamay, kuzatuvchilik qilib chiqdim. Shu kecha o’z yetimligim, boshimdan kechirganlarim va shu yetim bolalar ahvoli… to’g’risida she’r yozdim. Shu she’rimni birinchi she’rim desam bo’ladi”. O’sha ilk she’ridayoq u bolalarning ham hazrati Odam farzandi ekanligini, binobarin, ular ham insonday yashash va ulg’ayish huquqiga ega ekanliklarini ularning o’z tillaridan favqulodda bir ko’tarinkilik bilan ifoda etgan edi.

Biz Odam bolasimiz,

Odamning donasimiz.

Biz o’sib ulg’ayamiz,

Olim bo’lish g’oyamiz.

G’afur G’ulom yetimlikda ulg’ayganini umr bo’yi unuta olmadi. Yetimlik uni o’ksik qalb sohibiga aylantirgan va mudom ta’qib etganligi tufayli bolalarga atab qaysi mavzuda she’r yozmasin, o’sha zahoti xotirasi qatlaridagi yetimlik armonlari uyg’onishi tabiiy edi. Kattalar uchun yozilgan va XX asrdagi o’zbek she’riyatida voqeaga aylangan «Sen yetim emassan»da ham, bolalarga atab bitilgan «Bayram maktubi» va boshqa qator she’rlarida ham bu holni kuzatish mumkin. Inchunin, shoirning roppa-rosa ellik ikki yasharligida yaratgan «Bayram maktubi» she’rida o’qiymiz:

O’ttiz sakkiz yil burun

Bugungi siz bilan teng

O’n to’rt yoshlarda edim.

Tongsiz, uzun kechqurun

qora qo’ynin ochar keng

Ko’z o’ngida uchurum.

Maktab qayoqda deysiz?

Nonning hatto o’zi yo’q,

Bo’z yaktak, yirtiq ishton

Eshiksiz, o’tsiz, nursiz,

Vayronalar qup-quruq,

Halq tentirar parishon

Oq podshoning urushi

Yurtni yergacha toptab,

Tekkan edi tinkaga

Och qo’shinning yurishi

Er yuzini gur o’rtab,

O’xshardi alangaga.

Rus mustamlakachiligi siyosatining butun fojeasini bolalik xotirasi vositasida shu xilda fosh etarkan, qonxo’r fashistlar ming-minglab bolalarni ota-onalaridan ayru etib, yetim qoldirayotganidan jirkanganida yana o’sha «o’ninchi yillar sargardonligi»ni eslamay, o’tolmaydi:

G’.Gulomning o’smirlar kitobxonligining asosini tashkil etgan «Netay», «Yodgor» va «Shum bola» қissalarida shu muammo tahlil қilindi. Adib asarlarida etimlikni keltirib chiqargan sabab va oqibatlarga badiiy nazar solish yo’lidan boradi. Uning talqinicha, yetimlik-mohiyat e’tibori bilan o’gaylik ham. Chindan-da, o’z otasi yo onasi (ba’zan har ikkovi)dan bevaqt ajralib, o’gay ota yoki o’gay onadan shafqat emas, shafqatsizlik ko’rgan bolakayning achchiq va alamli qismati-shunday foje’ qismatdir. Bunday holatda yetimning o’gayligi birmuncha shaxsiy fojea sanalishi mumkin. Ammo G’afur G’ulom masalani shu holda echish yo’lidan bormagan, aksincha u o’tmishdagi nobop tuzum va bemehr jamiyatning shafqatsizligi ham o’lganni tepkilab, etim-esirlarga o’gaylik qilishi fojeasini ochishga harakat qildi va aytish mumkinki, bunga muvaffaq ham bo’ldi. Bu jihatdan Netay va SHum bola-qoravoyning etimlik qismati talqini e’tiborni tortadi.

«Yodgor» qissasida yetimlik syujetni harakatga solgan motiv. Unda yetim go’dak Yodgorning qismatiga munosabat hal qiluvchi rol o’ynaydi. S.Mamajonov to’g’ri ta’kidlaganidek: «Yodgor» poetik ma’lum jihatidan ramzli nom. Go’dak Yodgor asarda tasvir ob’ekti bo’lmasa ham yozuvchi uchun yangi insoniy munosabatlarni ko’rsatib berish uchun ola bir vosita rolini o’ynaydi, xolos. Bu go’dak Mehri va Jo’ralar, ularning ota-onalarining qalb dunyosini ochib beruvchi bir kalitdir, ohu go’dak asar voqeasini yaratadi, konfliktga keskin tus beradi, syujetni o’stiradi va uni ikkiga bo’lib tashlab, keyin yana bir-biriga qo’ohadi, Shu go’dak xarakterlarni rivojlantiradi, ochadi. U asardagi voqealar va odamlarni bir-biri bilan munosabatga kirituvchi, asarning hamma bo’lagini yozuvchining ko’rish markaziga bog’lab, tortib turuvchi magnitdir: Mehrining o’z sevganiga shu go’dak halaqit beradi. Jo’raning «aybsiz aybdor» bo’lib onasi, aka va ammalari oldida ta’naga qolishida shu go’dak sababchi bo’ladi, xuddi sxuningdek, Jo’raning insoniyligini ochib beruvchi, Saodat sevgisini sinovdan o’tkazuvchi va Mehriga hayot haqiqatini tushuntirgan ham shu go’dak – «Yodgordir».

Mavzular.

manba