Geodezik to‘r punktlarini mahkamlash.
Geodezik to‘r punktlarini mahkamlash. Panli va balandlik davlat geodezik tarmog‘i va zichlashtirish geodezik tarmog‘i punktlari uzoq muddatli bo‘lib, ular holatining o‘zgarmasligini ta’minlaydigan belgilar bilan erda mahkamlanadi va belgilanadi.
Erdagi geodezik belgilar konstruksiyasiga qarab turlarga, piramidalarga, oddiy va murakkab signallarga bo‘linadi.
Turlar— bu qoyaga mahkamlangan marka ustida quriladi, toshdan, gishtdan, be-tondan, temir betondan yasalgan ustunlar bo‘lib, ularni tog‘li erlarda o‘rnatiladi.Qarash moslamalari tur ustida yoki turdagi markada o‘rnatiladi. Asosiy markaning ustida ikkinchi va uchinchi markalar joylashtiriladi.
Piramidalar yondosh punktlarga erdan ko‘rinishi mumkin bo‘lgan ochiq joylarda quriladi. Ular uch va to‘rt qirrali, oddiy shtativli va vexali bo‘ladi. Piramidalar balandligi 5 m dan 8 m gacha. Piramidalar va ularning o‘lchamlari.
Oddiy signallar ikki piramidali : asbob o‘rnatish uchun xizmat qiladigan ichki va kuzatuvchi uchun tashqi platformadan iborat. Oddiy signallar 4 – 10 m balandlikka ega. Tashqi piramidalar asosan to‘rt qirrali, ichkarilari uch qirrali.
Murakkab signallar 10 m dan 40 m gacha balandlikka ega bo‘lib, murakkab uch qirrali va turt qirrali ko‘rinishda quriladi; ichki piramida tashqisi ustunlariga tayanadi, ya’ni ular yagona konstruksiyani ifodalaydi . Erosti belgi (markaz)lari, turlari ishlar rayoni fizik- geografik sharoitlariga, grunt tarkibiga va tuproqning muzlash chukurligiga karab o‘rnatiladi.
- Global navigatsion pozitsionlash (GPS) tizimi yordamida geodezik to‘r yaratish
to‘g‘risida tushuncha.
Fan va texnikaning oxirgi 10 yillikda tez rivojlanishi natijasida koordinatalar va nisbiy balandlikni anqlashning yangi usuli sun’iy yo‘ldoshlar tizimi GPS priemniklar vujudga keldi. Ananaviy geodezistlar qo‘llab kelgan usuldan o‘laroq GPS da ishlash qulayroq. GPS -priborlarni xalq xo‘jaligidagi o‘rni nimadan iboraligini yuqorida takidlab o‘tdik. Xozir zomonaviy 2 ta sun’iy yo‘ldoshlar sestemasi mavjud. Rossiya davlatining GLONASS (Globalnaya Navigatsionnaya Sun’iy yuldoshoviy sistema) va AQSH ning NAVSTAR GPS sistemasi (Navigation System with Time And Ragind Global Positioning Sestem) – navigatsionnaya sestema opredeleniya rasstoyaniy i vremeni globolnaya sistema pozitsionirovaniya. Pozitsionirovanie – deganda koordinatani aniqlash tushuniladi. Ikki sestema ham harbiy masalalarni echishda qo‘llaniladi. GPS razrabotkasi 1970 yillarda boshlangan, birinchi sun’iy yuldosh 1973 yilda uchirilgan 1983 yilda sistema xalq xo‘jaligida qo‘llanila boshlagan.
Sunniy yuldoshlar majmuasi. Erdan yuborilgan har bir yo‘ldoshda quyosh batareyasi. Dvigatel. YUqori aniqlikdagi atom chastotali soat, Etalonlashtirilgan radiosignallarni qabul qiluvchi va yuboruvchi aparat, bort kampyuterlari. Sistema kosmik aparatlar soni 24 sun’iy yo‘ldoshdan iborat. SHundan 3 tasi zaxira. 4 tadan 60 gradusli 6 ta orbita tekisligida joylashgan. Ekvatorga nisbatan orbita tekisligi 55 gradusga ega. Sun’iy yo‘ldoshning o‘rtacha joylashuv balandligi 20180 km erdan va yer markazidan 26600 km sun’iy yo‘ldoshlarning bunday joylashuvi yerning istalgan nuqtasida 4 sun’iy yuldosh bilan aloqa qilish imkoniyatiga ega. Sun’iy yo‘ldoshlarning to‘liq aylanish sikli 11 soat 57 minut 58.3 sek. vaqtni tashkil qiladi. SHuning uchun sun’iy yo‘ldosh bir kun oldin turgan joyidan 4 min. oldin keladi.
GPS-sistemasida kosmik yo‘ldoshlarinig xarakatlanishi. SRS sistemasida qo‘llaniladigan koordinatalar sistemasi.
Sun’iy yuldoshlarning harakatlanishi-koinot mehanikasi asosida vujudga kelgan – inersiya kuchi va yerning tortishish kuchi asosidan Kellyerning koinot jisimlari to‘g‘risidagi 1-qonuni Nyutonning 2-qonuniga asoslanib harakatlanadi.
Nyutonning sun’iy yo‘ldosh og‘irlik markazining harakatlanishi inersial koordinatalar sistemasida XoUoZo quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: bu erda
F-yerning tortishish kuchi
m– sun’iy yuldoshning ogirligi
g – vektorning markazdankochma tezlanishi. Geodezik to‘r punktlarini mahkamlash.
Muallif: A.Ganiyev.











