Geodezik to‘rlarning turlari va ahamiyati.

0
Yer osti kommunikatsiyalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.

Geodezik to‘rlarning turlari va ahamiyati. Geodezik to‘rlarning turlari va ahamiyati.

Geodezik to‘rlarning turlari va ahamiyati.Geodezik ishlar ikki muhim qismdan – Yer sirtida vaziyatlari aniqlangan tayanch nuqtalar sistemasini  yaratish  va  bu  nuqtalar  sistemasi  asosida  s’yomkalarni  bajarishdan  iborat.Tayanch  nuqtalar  sistemasi  katta  hududda  bajariladigan  s’yomkalarning  hamma  qismlarida  oldindan  o‘rnatilgan   aniqlikni   ta’minlashi   zarur.   SHu   sababli   ular   uchun   umumiy   bo‘lgan   yagona  koordinatalar  va balandliklar sistemasida aniqlangan, joyda mahkamlangan yer sirtining nuqtalari  tizimi – geodezik tarmoq yaratiladi.

Xududiy  xususiyatlariga  ko‘ra  ular  butun  yer  sharini  qoplaydigan  –  global  geodezik  tarmoqlarga,   har   bir   mamlakat   hududi   doirasida   mazkur   davlatda   qabul   qilingan   yagona  koordinatalar  va  balandliklar  –  referent  sistemasidagi  milliy  (davlat)  geodezik  tarmoqlariga,  topografik  s’yomkalarga  asos  uchun  mo‘ljallangan  zichlashtirish  va  har  xil  masalalarni  echish  uchun  foydalaniladigan  lokal  uchastkalarda  barpo  etiladigan  mahalliy  geodezik  tarmoqlarga  bo‘linadi. Geometrik mohiyati bo‘yicha planli, balandlik va fazoviy geodezik tarmoqlarga bo‘linadi.

Geodezik tayanch shaxobchalarining turlari.  Joyda  o‘rni  uzoq  vaqt  saqlanadigan  qilib  maxsus  qurilma  yoki  mustahkam  qoziq  bilan belgilangan va planli koordinatasi yoki absolyut balandligi aniqlangan nuqtaga geodezik tayanch  punkt deyiladi.

Bunday   nuqtalar   yig‘indisi   geodezik   tayanch   shaxobchalarni   tashkil   etadi.   Planli  koordinatasi ma’lum bo‘lgan tayanch punktga, planli tayanch punkt, absolyut balandligi ma’lum  bo‘lgan tayanch punktga esa balandlik tayanch punkt deyiladi. Shunga yarasha geodezik tayanch  shaxobchalari planli va balandlik tayanch shaxobchalarga bo‘lindi.

Geodezik tayanch shaxobchalari, davlat geodezik tayanch shaxobchalari, maxalliy geodezik  tayanch shaxobchalari va plan olish tayanch shaxobchalariga bo‘lindi. Davlat  geodezik  tayanch  shaxobchalari  maxsus  programma  asosida  barpo  qilinadi  va  barcha  masshtabdagi topografik planlarni olishda tayanch bo‘lib xizmat qiladi.   Mamlakatimiz  xalq  xo‘jaligi  va  mudofaasiga  turli  ilmiy  va  texnikaga  doir  masalalarni  echishda xam davlat geodezik tayanch shaxobchalariga asoslanadi.

Davlat  geodezik  tayanch  shaxobchalari  mamlakatimizning  istagan  joyida  bir-biriga  bog‘lanmagan  holda  bir  vaqtda  yoki  turli  vaqtda  plan  olishga  va  geodezik  o‘lchash  ishlarini  bajarishga, bu ishlarda ro‘y beradigan tasodifiy xatolar ta’sirini kamaytirishga, mazkur ishlarning  qay  darajada  aniq  bajarilganligini  tekshirishga,  shuningdek  barcha  geodezik  o‘lchash  ishlarini  yagona koordinata sistemasiga birlashtirishga imkon beradi. Geodezik to‘rlarning turlari va ahamiyati.

Muallif: A. Ganiyev.

Mavzular.

manba