
Geodezik zichlashtirish to‘rlari va geodezik tasvirga olish to‘rlari.
Geodezik zichlashtirish to‘rlari va geodezik tasvirga olish to‘rlari.1 va 2-razryadli geodezik zichlashtirish tarmokdari 1:5000 va undan yirik masshtabli karta va planlarda yer sirtini tasvirlashda davlat geodezik tarmokdari etarli bulmaganda kullaniladi.
Planli zichlashtirish tarmoqlari ham davlat geodezik tarmoqlari singari trian-gulyasiya, poligonometriya va ularning kombinatsiyalari va ayrim punktlari ko‘rinishi-da quriladi. Aniqligi buyicha ular 2 razryadga bo‘linadi. Tarmoqning eng ko‘p tarqal-gan sxemalariga geodezik turtbuchak, markaziy sistema, uchburchaklar zanjiri, yakka punktni uchburchakka qo‘yish, guruh punktlarini qo‘yish, uzluksiz triangulyasiya qatori, yakka bir tugunli poligonometriya sistemasi va boshqalar ko‘rinishida yaratiladi. Geodezik zichlashtirish to‘rlari va geodezik tasvirga olish to‘rlari.
Uzluksiz triangulyasiya tarmogi davlat geodezik tarmog‘ining kamida 3 ta punktiga tayanishi kerak, ayrim zanjir va sistemalar kamida ikkita punktga tayanadi.
Zichlashtirish geodezik tarmogi yasash sxemasini tanlash joyning topografik sharoitiga, quyilgan vazifaga bog‘liq va u 1:10 000, 1:25 000masshtabli planlarda tuziladi. Punktlar o‘rni joy bilan batafsil tanishilgandan so‘ng tanlanadi. Triangulyasiyapunktlari borish oson boradigan, uzoq saqlanadigan, tez topish mumkin bo‘lgan joyda o‘rnatiladi.
Zichlashtirish tarmoqlarida hamma burchaklar o‘lchanadi, punktlar holatini kesish-tirish usulida aniqlashda kamida 3 ta yo‘nalish o‘lchanadi. Zichlashtirish geodezik tarmog‘ipunktlari uzoq muddatli ular holatining o‘zgarmasligini ta’minlaydigan markazlar bilan mahkamlanadi.
Zichlashtirish balandlik tarmoqlari asosan davlat nivelirlash punktlari orasida texnik nivelirlashni o‘tkazish orqali yaratiladi.
Texnik nivelirlash aniqligi yo‘l bo‘yicha nisbiy balandliklarni yig‘indisida bog‘lanmaslikni quyidagi formulada hisoblanadigan chekli xatoligifchekli = 50√L, mmbilan tavsiflanadi, bunda L- yul uzunligi, km da.
Nishabligi katta joylarda, 1 km yo‘lda bekatlar soni 25 dan ortiq bo‘lganda chekli bog‘lanmaslik mikdori quyidagi formulada hisoblanadi:
fchyoki =10√n, mm
– bunda p — yulda shtativ (bekat)lar soni. Texnik nivelirlashda IV sinf nivelirlash tarmog‘iga hamma punktlar kiritiladi.
Geodezik to‘r punktlarini maxkamlash. Panli va balandlik davlat geodezik tarmog‘i va zichlashtirish geodezik tarmog‘i punktlari uzoq muddatli bo‘lib, ular holatining o‘zgarmasligini ta’minlaydigan belgilar bilan erda mahkamlanadi va belgilanadi.
Erdagi geodezik belgilar konstruksiyasiga qarab turlarga, piramidalarga, oddiy va murakkab signallarga bo‘linadi.
Turlar— bu qoyaga mahkamlangan marka ustida quriladi, toshdan, gishtdan, be-tondan, temir betondan yasalgan ustunlar bo‘lib, ularni tog‘li erlarda o‘rnatiladi. .Qarash moslamalari tur ustida yoki turdagi markada o‘rnatiladi. Asosiy markaning ustida ikkinchi va uchinchi markalar joylashtiriladi.
Piramidalar yondosh punktlarga erdan ko‘rinishi mumkin bo‘lgan ochiq joylarda quriladi. Ular uch va to‘rt qirrali, oddiy shtativli va vexali bo‘ladi. Piramidalar balandligi 5 m dan 8 m gacha. Piramidalar va ularning o‘lchamlari shaklda kursatilgan.
Oddiy signallar ikki piramidali : asbob o‘rnatish uchun xizmat qiladigan ichki va kuzatuvchi uchun tashqi platformadan iborat. Oddiy signallar 4 – 10 m balandlikka ega. Tashqi piramidalar asosan to‘rt qirrali, ichkarilari uch qirrali
Murakkab signallar 10 m dan 40 m gacha balandlikka ega bo‘lib, murakkab uch qirrali va turt qirrali ko‘rinishda quriladi; ichki piramida tashqisi ustunlariga tayanadi, ya’ni ular yagona konstruksiyani ifodalaydi . Erosti belgi (markaz)lari, turlari ishlar rayoni fizik- geografik sharoitlariga, grunt tarkibiga va tuproqning muzlash chukurligiga karab o‘rnatiladi.










