Geodezik zichlashtirish to‘rlari va geodezik tasvirga olish to‘rlari.

0
Geodezik zichlashtirish to‘rlari va geodezik tasvirga olish to‘rlari.

Geodezik zichlashtirish to‘rlari va geodezik tasvirga olish to‘rlari.

Geodezik zichlashtirish to‘rlari va geodezik tasvirga olish to‘rlari. 

Geodezik zichlashtirish to‘rlari va geodezik tasvirga olish to‘rlari. 1 va 2-razryadli geodezik zichlashtirish tarmokdari 1:5000 va undan yirik masshtabli karta va planlarda yer sirtini tasvirlashda davlat geodezik tarmokdari etarli bulmaganda kullaniladi.

Planli  zichlashtirish  tarmoqlari  ham  davlat  geodezik  tarmoqlari  singari  trian-gulyasiya, poligonometriya va ularning kombinatsiyalari va ayrim punktlari ko‘rinishi-da quriladi. Aniqligi  buyicha  ular  2  razryadga  bo‘linadi.  Tarmoqning  eng  ko‘p  tarqal-gan  sxemalariga  geodezik  turtbuchak, markaziy sistema, uchburchaklar zanjiri, yakka punktni uchburchakka qo‘yish, guruh  punktlarini qo‘yish, uzluksiz triangulyasiya qatori, yakka bir tugunli poligonometriya sistemasi va  boshqalar ko‘rinishida yaratiladi.

Uzluksiz triangulyasiya tarmogi davlat geodezik tarmog‘ining kamida 3 ta punktiga tayanishi  kerak, ayrim zanjir va sistemalar kamida ikkita punktga tayanadi.

Zichlashtirish  geodezik  tarmogi  yasash  sxemasini  tanlash  joyning  topografik  sharoitiga,  quyilgan vazifaga bog‘liq va u 1:10 000, 1:25 000masshtabli planlarda tuziladi. Punktlar o‘rni joy  bilan batafsil tanishilgandan so‘ng tanlanadi. Triangulyasiyapunktlari borish oson boradigan, uzoq  saqlanadigan, tez topish mumkin bo‘lgan joyda o‘rnatiladi.

Zichlashtirish  tarmoqlarida  hamma  burchaklar  o‘lchanadi,  punktlar  holatini  kesish-tirish  usulida aniqlashda kamida 3 ta yo‘nalish o‘lchanadi. Zichlashtirish geodezik tarmog‘ipunktlari uzoq  muddatli ular holatining o‘zgarmasligini ta’minlaydigan markazlar bilan mahkamlanadi .

Zichlashtirish   balandlik   tarmoqlari   asosan   davlat   nivelirlash   punktlari   orasida   texnik  nivelirlashni o‘tkazish orqali yaratiladi.

Texnik nivelirlash aniqligi yo‘l bo‘yicha nisbiy balandliklarni yig‘indisida bog‘lanmaslikni  quyidagi formulada hisoblanadigan chekli xatoligifchekli = 50L, mmbilan tavsiflanadi, bunda L- yul  uzunligi, km da.

Nishabligi  katta  joylarda,  1  km  yo‘lda  bekatlar  soni  25  dan  ortiq  bo‘lganda  chekli  bog‘lanmaslik mikdori quyidagi formulada hisoblanadi: fchyoki =10√n, mm              (8.2) – bunda p — yulda shtativ (bekat)lar soni.

Texnik nivelirlashda IV sinf nivelirlash tarmog‘iga hamma punktlar kiritiladi.

Geodezik  zichlashtirish  tarmoklarini  yaratish  sxemalari:  a    geodezik  turtburchak; b markaziy sistema; v uchburchaklar zanjiri; g yakka uchburchakka kiritish;  d gurux, punktlarini kiritish; e bir tugunli

poligonometriya yuli. Geodezik zichlashtirish to‘rlari va geodezik tasvirga olish to‘rlari.

Muallif: A.Ganiyev.

Mavzular.

manba