Geoedziyada proeksiyalash usullari.

0
Astronomik koordinatalar.

Astronomik koordinatalar.

Geoedziyada proeksiyalash usullari.

Geoedziyada proeksiyalash usullari. Yerning tabiiy yuzasi juda murakkab bo‘lganligidan, geodezik o‘lchash natijalarini matematik jixatdan qayta ishlashda ular ma’lum metodda ellipsoid yuziga proeksiyalanadi. Yer yuzidagi nuqtalar shartli qabul qilingan ellipsoid yuziga shovun chiziqlar yordamida
proeksiyalanadi. Yer yuzidagi biror nuqtaning planli koordinatasi deyilganda , bu nuqtaning Yer yuzidagi o‘rni emas , balki Yer ellipsoidi yuzidagi o‘rni tushuniladi. Yer ellipsoidining ma’lum qismini yassi qabul qilish mumkin. Bunda Yerning sferikligi e’tiborga olinmay, joydagi konturlar tik chiziqlar vositasida tekislik deb qabul qilingan satxiy yuzaga tushuriladi. Demak , Yerning tabiiy yuzasi kattaligiga qarab, ellipsoid yuziga yoki tekislikka proeksiyalanadi. SHunga qo‘ra Yer yuzidagi nuqtalarning bir biriga nisbatan o‘rni ellipsoid yuzida yoki tekislikda aniqlanadi.
Nuqtaning ellipsoid yuzidagi yoki tekislikdagi o‘rnini aniqlash uchun ma’lum koordinata
sistemalari qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqda eng aniq geodezik o‘lchashlarda ham 10 – 20 km masofa 1/1000000 xatolik
bilan aniqlanadi. SHunga ko‘ra Yer sferik yuzasining 20 x 20 km kattalikdagi qismini tekislik deb qabul qilish mumkin.

1.6.Geografik, to‘g‘ri burchakli va qutbiy koordinatalar to‘g‘risida tushuncha.
Biror nuqtani, boshlang‘ich deb qabul qilingan nuqtaga nisbatan joylashgan o‘rnini
ifodalovchi miqdorlar shu nuqtani koordinatasi deyiladi. Fan va texnikani turli sohalarida xilma-xil koordinata sistemalaridan foydalaniladi. Geodeziyada asosan geografik koordinata, to‘g‘ri burchakli koordinata, qutbiy koordinata sistemasidan foydalaniladi.

1.6.1. Geografik koordinatalar.
Geografik koordinata sistemasida yer yuzidagi nuqtaning o‘rni uning geografik kengligi va
uzoqligi bilan aniqlanadi.
Yer yuzidagi nuqtaning geografik koordinatalari aniqlash usuliga qarab astronomik va
geodezik koordinatalarga bo‘linadi.
1.6.2.Geodezik koordinatalar.
Geodezik koordinata sistemasida biron nuqtaning o‘rnini aniqlashda asosiy koordinata yuzasi qilib referens-ellipsoid yuzasi, asosiy koordinata chiziqlari sifatida esa geodezik meridian va parallellar qabul qilinadi. Yer yuzidagi biron nuqtaning o‘rnini aniqlashda shu nuqtadan o‘tkazilgan meridian va parallelning kesishgan nuqtasidan foydalaniladi. Biron nuqtadan o‘tkazilgan meridian shu nuqtaning geodezik uzunligi, paralllel esa kenglikni bildiradi.
Yer ellipsoidining kichik o‘qi orqali bo‘ylamasiga o‘tkazilgan kesma – meridian tekislik, bu
tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq esa geodezik meridian
deyiladi. Yer ellipsoidining biror nuqtasidan uning o‘qiga  o‘tkazilgan kesma parallel tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishdan hosil bo‘lgan chiziq parallel deb ataladi.
Yer ellipsoidi markazidan o‘tkazilgan parallel kesma ekvator tekisligi.
M nuqtaning geodezik kengligiV va ekvatordan qutblari tomon 0 dan 90 gachahisoblanadi, nuqta ekvatordan shimolda bo‘lsa, uning geodezik kengligishimo-liy kenglik (+) ,janubda bo‘lsa janubiy kenglik (-) deb ataladi.Geodezik uzun -lik Lbilan belgilangan, geodezik meridian bilan bosh meridian orasidagi burchak geodezik uzunlik bosh meridiandan boshlab g‘arbga(+) va sharqqa (-) tomon 0 dan 180 gacha o‘lchanadi.Geoedziyada proeksiyalash usullari.

Muallif: A.Ganiyev.

Mavzular.

manba