Geometrik nivelirlashning mohiyati va usullari.

0
Bino va inshootlarni mufassal rejalash va inshoot o‘qlarini ixotalarga chiqarish. 

Geometrik nivelirlashning mohiyati va usullari.

Geometrik nivelirlashning mohiyati va usullari. 

Geometrik nivelirlashning mohiyati va usullari.

7.1.1. Nivelirlash usullari. 

Nuqtaning balandligini o‘lchash yoki nivelirlash yo‘li bilan yer yuzidagi nuqtalarning bir- biriga yoki boshlang‘ich deb qabul qilingan satxiy yuzaga nisbatan balandligi aniqlanadi.
Qo‘llaniladigan usul va asboblarga qarab nivelirlash quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. 1. Geometrik nivelirlash.
  2. 2. Trigonometrik nivelirl
  3. 3. Barometrik
  4. 4. Mexanik
  5. 5. Gidrostatik
  6. Radio nivelirlash.
  7. Stereofotogrammetrik nivelirlash.

 

7.1.2. Geometrik nivelirlash.

Bu usulda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligi gorizontal vizirlash nuri bo‘yicha  reykalardan  bevosita  sanoq  olish  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Nivelirlashning  bu  usulida  nivelirdan  foydalaniladi.  Geometrik  nivelirlashda  nuqtalarning  balandligi,  nivelirlashning  boshqa  turlariga  qaraganda aniqroq topiladi.

Geodezik  tayanch  nuktalarini  va  plan  olish  nuqtalarining  balandligini  aniqlashda,  turli  masshtabda plan olishda, injenerlik inshootlarining loyihalarini tuzishda, bu inshootlarni qurishda,  shuningdek geologik qidiruv ishlarida, yirik injenerlik inshootlarining cho‘kishi va deformatsiyasini  aniqlashda va shu kabi boshqa ishlarda geometrik nivelirlash qo‘llaniladi. Nivelirlash metodi va asboblari nuqtalar balandligining qanchalik aniq o‘lchanishi zarurligiga  qarab tanlanadi.

 

7.1.3. Trigonometrik nivelirlash. 

Nivelirlashning bu turida ikki nuqta orasidagi qiyalik burchagi va masofa o‘lchanadi, hamda  o‘lchash   natijalaridan   nuqtalarning   bir-biriga   nisbatan   balandligi   trigonometrik  formulalar  yordamida hisoblab chiqariladi. Teodolit-taxometr bilan qiyalik burchagi o‘lchanadi. Trigonometrik  nivelirlash topografik plan olishda, balandliklardagi farq katta bo‘lgan nuqtalarni, masalan, tog‘,  tepalik  va  boshqa  relef  shakllarini,  turli  buyum  va inshootlarning  balandligini  aniqlashda  qo‘llaniladi.

 

7.1.4. Barometrik nivelirlash. 

Bu  metod erdan baland  ko‘tarilgan  sari  havo  bosimining  kamaya  borishi qonuniyatiga asoslangan. Barometrik nivelirlash natijasida nuqtalarning balandligi 1-2 metr aniqlikda topiladi.

Geometrik nivelirlashning mohiyati va usullari.

Muallif: A.Ganiyev.

Mavzular.

manba