Gershasp va Elikbek obrazlari haqida.
Gershasp obrazi. Bir qator qadimgi afsonalarda Gershasp obrazi oʻlimni enguvchi bahodir sifatida tasvirlanadi. Shunday afsonalardan birini quyida hikoya qilamiz:
Bir ajdar kishilarga koʻp baxtsizliklar keltiradi, qabilaning hayoti xavf ostida qoladi. Qahramon Gershasp ajdarga qarshi jangga otlanadi, ajdarning maskaniga qarab yoʻl oladi. Gershasp tush chogʻiga qadar ajdarni qidiradi, biroq uni topolmaydi. U oʻt qalab ovqat pishirmoqchi boʻladi. Ajdar shunchalik katta ekanki, Gershasp ancha vaqt uxlab yotgan ajdarning ustida aylanib yursa ham, uni payqamagan ekan va oʻz oʻchogʻini uning ustiga qurgan ekan. Oʻt ajdarning badanini qizitibdi, ajdar vazmin qimirlay boshlabdi. Shundan keyingina Gershasp ajdar ustida kezib yurganini payqab olibdi. Lekin Gershasp vahimaga va sarosimalikka tushmabdi.
1902-yilda Qashqarda qadimgi ogʻzaki adabiyotning «Chistoni Elikbek» degan muhim bir yodgorlik teksti topildi. Taxminan VIII-IX asrlarga mansub boʻlgan bu asarda yomonlik kuchlariga qarshi mardona kurashib, kishilarni oʻlimdan qutqargan Gershasp singari xalq bahodiri Elikbek obrazi yaratilgan. «Chistoni Elikbek»ning toʻla saqlanib qolmagan oʻsha tekstida quyidagilar hikoya qilinadi:
Jinlar Elikbekning qabiladoshlaridan koʻp kishini qirib tashlaydi. Rakshosh nomli dahshatli dushman yuqumli kasallik tarqatadi. Fidokor Elikbek el-yurtini halokatdan qutqarib qolmoq uchun dushmanlarga qarshi jangga otlanadi.
Garchi Rakshosh bilan boʻlgan jang tasviri matnda berilmagan boʻlsa ham, asarning ruhi, shubhasiz, voqeaning Elikbek gʻalabasi bilan tugallanishidan dalolat beradi.
Qadimgi mif v afsonalarning izi Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan oʻzbek xalqi ogʻzaki badiiy ijodiyotida shu kunga qadar yashab kelmoqda. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida oʻnlab mifologik va afsonaviy qahramonlar obrazi tasvirlanadi. Shunday obrazlardan biri Xubbi obrazidir. Xorazm mifologik afsonasida Xubbi suv xudosi va kishilarni halokatdan qutqaruvchi qahramon sifatida gavdalanadi.
Juda qadim zamonlarda, Faridun va hatto Jamshid zamonasidan burun, Amudaryoda Xubbi degan bir yigit boʻlgan ekan. U bir qoʻli bilan baliq tutar, ikkinchi qoʻli bilan uni quyoshga tutib turar, baliq bir zumda pishar ekan. Xubbi shu xilda baliq eb, Amudaryoda 700 yil yashabdi, daryoni qoʻriqlabdi, biror yomon ruh, hattoki chivin ham daryoga yaqin yoʻlashga botinolmabdi. Xalq suvga ma’mur boʻlib, shod-xurram yashar ekan. Biroq Jamshid zamonasiga kelib, Xubbi gʻoyib boʻlibdi.
Fargʻona vodiysida ham Xorazm mifologik qahramoni Xubbi obraziga oʻxshash Erxubbi obrazi yaratilib, koʻp afsonalarda hikoya qilinadi. Qadim vaqtlarda kishilar Ohangaron (Toshkent vodiysi) daryosidan oʻtganda Erxubbidan madad soʻrar ekanlar.
Xuddi shuningdek, ayrim qadimgi shaharlarning bino boʻlishi va nomi haqida ham shu kunga qadar turli afsonalar hikoya qilinadi. Shulardan biri III-IV asrlarda bino boʻlgan Baraktom qal’asi haqidagi afsonadir.
Qadim zamonlarda Qoraqalpogʻistonning Qozogʻistonga chegaradosh bir vodiysida Barak degan zolim shoh yashar ekan. Shoh bir qasrida oʻzi tursa, ikkinchi qasrida katta ov burgutini saqlar ekan. Kunlardan bir kun qasrga burgutning onasi Anqo (mifik qush) kelibdi. Shoh kishilarning gapiga quloq solmay,ona-bolaning diydor koʻrishiga xalaqit berib, burgutni ovga olib chiqmoqchi boʻldi.Burgut gʻazablanib, barakka chovut solibdi-da, uni osmonga koʻtarib chiqib,erga tashlab yuboribdi. Barak shohning parchalangan jasadi oʻsha qasrda dafn qilinibdi. Vodiy xarob boʻlibdi. Karvonlar unga yaqin yoʻlamaydigan boʻlib qolibdilar.
Siyovush afsonasi. Eron shahzodasi Siyovush va Turon podshohi Afrosiyob oʻrtasidagi munosabatlar ushbu afsonada oʻz ifodasini topgan. Siyovushning shuhrati koʻproq Xorazm va Buxoroda yoyilgani manbalarda qayd etilgan. Uning ildizlari
«Avesto»da uchraydi. S.Tolstov xabaricha, Siyovush miloddan oldingi XIII asrda Xorazm davlatiga asos solgan. U Beruniy ma’lumotiga suyangan. Izoh: Siyovush afsonasi bayon qilinadi. Otasi Kaykovus, onasi Turon chegarasidan topilgan, oʻgʻli Kayxusrav Markaziy Osiyo xalqlarining vatanparvarlik, mardlik tuygʻulari oʻnlab qissa va eposlarda oʻz ifodasini topgan. Amorg va Sparetra, Toʻmaris, Shiroq, Zariadr va Odatida, Striangey va Zarineya, Iskandar haqidagi qissa va afsonalar shular jumlasidandir.
Amorg va Sparetrada Kirga qarshi kurashgan Amorg va uning rafiqasi Sparetraning jasorati, ayolning mardligi tasvirlansa, Toʻmarisda Kirga qarshi jang qilgan mard va vatanparvar Toʻmarisning jasorati, Shiroqda oddiy choʻponning vatanparvarligi va mardligi, Zariadr va Odatida qissasida Midiya shohi Gistaspning ukasi Zariadr va Amorg (Omarg)ning qizi Odatida sevgisi tasvirlanadi.











