Gidrotexnik inshootlar va ularni qurishdagi geodezik ishlarning tarkibi.
Gidrotexnik inshootlar va ularni qurishdagi geodezik ishlarning tarkibi. Turli xil gidrotexnik inshootlarning loyihasini tuzishda daryoning bo‘ylama profili asosiy hujjat xisoblanadi. Bo‘ylama profil tuzish uchun daryoning katta qismidagi xarakterli nuqtalarning suv sathlari aniqlanadi. Bu sath doimo o‘zgarib turadi, nivelirlashni esa daryoning barcha qismlarida bir vaqtning o‘zida amalga oshirish mumkin emas. SHuning uchun alohida qismlardagi turli vaqtlarda bajarilgan balandlik o‘lchovlarini bir vaqtga keltirish masalasi vujudga keladi.
Bo‘ylama profil tuzish uchun daryoning bitta qirg‘og‘i bo‘ylab yuqori guruh aniqlikdagi nivelirlash yo‘li o‘tkaziladi.Bu yo‘l punktlaridan daryo o‘zani yaqinida joylashgan ishchi reperlarga balandliklaruzatiladi. Ishchi reperlardan daryoning suv sathi yuzasini nivelirlashda foydalaniladi. Nishablik qiymati 0,001 dan katta bo‘lgan tog‘li joylardagi daryolar uchun trigonometrik nivelirlashni qo‘llash mumkin.
Daryo suv sathini nivelirlash. Daryoning suv uning xarakterli nuqtalarida taxminan 1 – 3 km oraliqda belgilab boriladi.
Suv sathini aniqlash uchun qoziqqoqib belgilangan bunday xarakterli nuqtalarni bir kunlik bog‘lovchi nuqtalar deb nomlanadi.
Daryo 30 – 50 km uzunlikdagi qismlarga bo‘linib, alohida bajaruvchilarga topshiriladi.
Qismlarning uzunligi asosan suv sathining o‘zgarishiga bog‘liq.
Qoziqlar motorli qayiqcha yordamida suv sathiga baravar qilib qoqiladi. Nivelirlash 2 – 3 kun davom etishini e’tiborga olib, shu vaqt mobaynida qoziqlar balandligi o‘zgarmasligiga harakat qilinadi.
Ishchi qoziqlarni repyer bilan bog‘lash sxemasi 28 – rasmda ko‘rsatilgan
Doimiy temir – beton reperlar, imkon boricha daryoning xarakterli nuqtalariga yaqin bo‘lgan cho‘kmaydigan joylarga 5 – 7 km oraliqda o‘rnatiladi. Vaqtincha o‘rnatilgan reperlar 2 – 3 km oraliqda mahkamlanadi. Ishchi nivelirlash yo‘li osma shaklda to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda o‘tkaziladi. Ular aniqligi magistral yo‘l aniqligidan ikki baravar kichik bo‘ladi. Daryo plotina barpo etishda suv sathi loyihaviy sath otmetkasigacha ko‘tariladi. Plotinadan suv omborining oxirgi qismigacha uzunligi quyidagi keltirilgan ifoda yordamida hisoblanishi mumkin. Bu erda L – suv bosimi balandligi, j – o‘rtacha bo‘ylama nishablik, K – koefitsient, plotina uchun 1,5 – 2,2.
Tekislikdagi daryolar uchun H = 28m, K=1,5 va j = 0,000 15 bo‘lsa, L= 280 km bo‘ladi.
Plotina bilan to‘silgan daryo suvi notekis harakatga ega bo‘ladi va plotinaga yaqinlashgan sayin chuqurigi ortib boradi, oqim tezligi esa kamayib boradi.
Suv omborlarini loyihalashda quyidagi asosiy vazifalar echiladi:
1) suv ombori chegarasini aniqlash;
2) suv omboridagi suv hami va ko‘milish maydonini aniqlash;
3) suv bosish mumkin bo‘lgan aholi yashash punktlari, yo‘llar elektr uzatgich tarmoqlarini aniqlash zarar ko‘rish harajatlarini hasoblash yangi aholi yashash punktlari loyihasini tuzish;
4)shahar va turli aholi yashash punktlarini suv bosishdan muhfaza etuvchi injenerlik inshootlari loyihasini tuzish.
Suv omborlarini loyihalashda turli masshtabdagi topografik kartalar ishlatiladi. Boshlang‘ich hisoblar 1:100000 – 1:50000 masshtabli kartalarda bajarilishi mumkin. Yirik suv omborlari uchun texnikaviy loyihalar tuzishda 1:25000 masshtabli karta ishlatiladi.
Suv omborlarini planga olish qo‘shma yoki stereofotogrammetrik usulda amalga oshiriladi. Planga asoslov sifatida triangulyasiya yoki poligonometriya tarmog‘i xizmat qiladi. Balandlik asoslovi III va IV guruh nivelirlash ko‘rinishida barpo etiladi. Planga va balandlik tarmoqlarini loyihalashda ular faqat plan olish asoslovi emas, balki suv ombori loyihasini joyga ko‘chirish uchun ham xizmat qilishi ko‘zda joylarga mahkamlanishiga harakat qilinadi.
Gidroelektrostansiyalar (GES) gidrouzelning eng murakkab inshooti hisoblanadi. Uning joylashishiga bog‘liq holda GES lar ikki turga plotina qoshidagi va derivatsion GES larga bo‘linadi. Plotina qoshidagi GES lar ikki sxemadan iborat:
1) GES binosi plotinaning bevosita davomi hisoblanadi va bosim hosil qilishda qatnashadi;
2) GES binosi plotina orqasida joylashadi va bosim hosil qilishda qatnashmaydi. Bunday turdagi GES lar uchun suv quvuro‘tkazgich orqali beriladi. Birinchi sxemadagi gidrouzellar tekis daryolarda qo‘llaniladi.
Derivatsion sxemada bosim derivatsion inshootlar yordamida barpo etiladi. Daryoning biror qirg‘og‘ida ma’lum nishablikda kanal, quvuro‘tkazgich yoki tunel quriladi va u yordamida GES binosiga suv yuboriladi. Tekis relefli joylarda derivatsion inshootlar sifatida lotok yoki kanal ko‘rinishidagi ochiq suv o‘tkazgichlar ishlatiladi.
GES binosini, suv uzatuvchi kanallar, nasos stansiyalari va gidrouzelning boshqa inshootlarning ishchi chizmalarini tuzish uchun 1:500 – 1:1000 masshtabda plan olish ishlari amalga oshiriladi. Gidrouzel maydonidagi geodezik ishlar loyihasi qurilayotgan gidrouzel maydoni orqali o‘tadigan suv hajmini hisobga olgan holda tuziladi.
Gidrouzelning barcha inshootlari, loyihani joyga ko‘chirishda qat’iy rioya qilinadigan, o‘zaro hisoblangan geometrik bog‘lanish bilan birlashtirilgan. Inshoot, koordinatalar va azimut orqali berilgan, gidrouzelning bosh rejalash o‘qi atrofida mujassamlashgan bo‘ladi. Gidrouzelning bosh o‘qi planli asoslov punktlari orqali joyga ko‘chiriladi. Gidrouzelning asosiy va yordamchi o‘qlarining holatini aniqlash uchun yuqori aniqlikdagi rejalash asoslovi barpo etiladi.
Gidrouzel qurilish o‘ziga xos bo‘lib, geodezik ishlar bajarishda buni e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Plotina asosi va truboagregatlar poydevori murakkab gidrogeologik sharoitga ega bo‘lgan chuqur kotlovanlarda quriladi va rejalash ishlarini olib boirsh uchun u erda o‘q tizimini barpo etish hamda mahkamlash talab etiladi. O‘q belgilari doimiy ravishda kuzatib boriladi.
Gidrouzel bir necha navbatda quriladi va har bittasi o‘zining alohida tarmog‘ini barpo etishni talab etadi. Qurilgan inshoot plan va balandlik bo‘yicha loyihaga qat’iy mos kelishi uchun bu tarmoqlar bitta koordinata va balandlik tizimigabog‘langan bo‘lishi kerak. Gidrouzel inshootning ba’zi qismlari ishning boshlang‘ich bosqichidanoq yuqori geodezik o‘lchashlarni talab etadi.
SHunday qilib, gidrouzel qurish uchun inshoot bosh plani bilan bog‘langan, punktlari qurilish boshlanishidan to tugagunga qadar saqlanib qoladigan, planli va balandlik geodezik asoslovi barpo etish kerak bo‘ladi. . Planli tarmoqlar. Gidrouzel quriladigan maydonda qurilish – montaj ishlarini ta’minlash uchun asosiy rejalash tarmog‘i barpo etiladi. Bu tarmoqning birorta tomoni gidrouzelning bosh o‘qi bilan ustma – ust tushishi kerak.
Rejalash tarmog‘i triangulyasiya, poligonmetriya va chiziqli – burchak tarmog‘i ko‘rinishida tuziladi. Yirik gidrouzellarda bu tarmoq uzunligi 0,5 – 1,5 mm ni tashkil etadi, burchak o‘lchash o‘rta kvadratik xatoligi 1,0 – 1,5״, nisbiy o‘rta kvadratik xatolik 1/200000 – 1/50000 atrofidi bo‘lishi talab etiladi. Tarmoq punktlarining bir – biriga nisbatan holati hatoligi o‘rtacha 5 – 10 mm ni tashkil etadi.
Tarmoq alohida tuziladi va qurilish koordinatalar tizimida hisoblanadi, odatda abssissa o‘qiga plotinaning rejalash o‘qi qabul qilinadi.
Rejalash tarmog‘i punktlari odatda 1,2 m balandlikdagi belgilar bilan mahkamlanadi.
Loyiha aniqligini baholash punktlar koordinatalari va burchaklaridan ( grafik usulda planda o‘lchanadi) foydalanib parametrik yoki korrelat usulida amalga oshiriladi.
Muallif: A. Ganiyev.
Gidrotexnik inshootlar va ularni qurishdagi geodezik ishlarning tarkibi.












