Bosh sahifa mavzular Gorizontal burchak o‘lchash tamoyili. Teodolitlar. 

Gorizontal burchak o‘lchash tamoyili. Teodolitlar. 

0
Mexanik nivelirlash.

Gorizontal burchak o‘lchash tamoyili. Gorizontal burchak o‘lchash tamoyili. Teodolitlar.

Gorizontal burchak o‘lchash tamoyili. TeodolitlarTayanch so‘zlar:Teodolit, limb, qiyalik burchak, shtativ, shovun, adilak, taglik, , alidada,  verner, qarash trubasi. Lentalar, ruletka, svetodalnomer, radiodalnomer, chizik olish komparlash  tuzatmasi. 

6.1. Joyda burchak o‘lchash tamoyili. 

Joyda  gorizontal  va  vertikal  burchak  o‘lchanadi.  Gorizontal  burchak  o‘lchash prinsipini  misolda ko‘rib chiqamiz.

Joyda A, V, S nuqtalar berilgan deylik (6.1.1.- shakl ). A nuqtadan R tekislik o‘tkazamiz. V, S  nuqtalarni R tekislikka proeksiyalaymiz. SHunda Av va  As chiziqlar hosil bo‘ladi. Av va As  chiziqlar va AA’ tik chizig‘idan o‘tuvchi M va N vertikal tekisliklar o‘tkazamiz.

Demak  A  nuqtadan  chiqqan  ikkita  yo‘nalish  AV  va  AS  ning  gorizontal  R  tekislikdagi  proeksiyalari ( Av va As) orasida hosil bo‘lgan burchak b – gorizontal burchak bo‘lib hisoblanadi.  b burchakning qiymatini topish uchun AA’ tik chiziqqa gradus va minutlarga bo‘lingan doira limb  o‘rnatilgan deb faraz qilamiz. Doirada av’ va as’ tomonlar orasidagi yoy b’c’ o‘lchanishi kerak,  ya’ni b‘ burchak.

Vertikal burchak – qiyalik burchak deb ham ataladi. Masalan: AV bilan Av orasidagi burchak  qiyalik burchagi. Qiyalik burchagi a1 , a2 ;  Joyda gorizontal burchakni o‘lchashda ishlatiladigan asbob quyidagi qismlardan iborat: limb,  alidada. Ana shunday asbob – teodolit deb ataladi.

Teodolitlar.  Teodolit nuqtaga shtativ va shovun yordamida o‘rnatiladi. Teodolit to‘g‘ri o‘rnatilganligi –  adilak yordamida tekshiriladi. Teodolit bilan vertikal burchak o‘lchash mumkin. Gorizontal burchak o‘lchash tamoyili. Teodolitlar.

Muallif: A.Ganiyev.

Mavzular.

manba