Grammatika haqida umumiy ma’lumotlar.
Grammatika haqida umumiy ma’lumotlar. 1-Morfologiya- yunoncha «shakl», «so‘z» va «ta’limot» degan ma’noni anglatuvchi termin bo‘lib, u grammatikaning (grammatika- yunoncha «yozuv san’ti» demakdir) muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Morfologiya so‘z turkumlari, ularning grammatik ma’no-lari, kategoriyalari hamda so‘z shakllari tizimsi haqidagi ta’limotdir. Demak, morfologiyada so‘z grammatik birlik sifatida o‘rganiladi. Tildagi har qanday grammatik birlik esa grammatik ma’no va shakl kasb etadi.
2-So‘zning grammatik ma’nosi. Ma’lumki, so‘z lug‘aviy ma’nodan tashqari grammatik ma’noga ham ega bo‘ladi. So‘zning u yoki bu turkumga mansubligini ko‘rsatib, uning ma’lum bir grammatik shaklga egaligini ifodalaydigan ma’no grammatik ma’no deyiladi. Masalan, qalam, suv, tosh, uy so‘zlarining har biri uchun taalluqli bo‘lgan lug‘aviy ma’nodan tashqari, ular uchun umumiy bo‘lgan ma’no, ya’ni ularning ot turkumiga mansubligi, narsalik tushunchasi, bosh kelishik va birlik shakldaligi kabilar mazkur so‘zlarning grammatik ma’nosini tashkil qiladi. Demak, so‘zning lug‘aviy ma’nosi xususiy (ya’ni har bir so‘zning o‘zigagina xos bo‘lgan ma’no), grammatik ma’nosi esa umumiydir.
3-So‘zning grammatik shakli. So‘zning nutq jarayonida muayyan grammatik ma’no ifodalovchi tarkibi uning grammatik shaklini tashkil etadi. Masalan, gullar so‘zida undan anglashilgan lug‘aviy ma’nodan tashqari mazkur narsaning ko‘pligi ham anglashiladi. Ko‘plik ma’nosi so‘zning lug‘aviy ma’nosiga qo‘shiluvchi grammatik ma’no bo‘lib, bu ma’no –lar shakl yasovchi affiksi orqali ifodalangan. So‘zning grammatik shakli nol ko‘rsatkichli va birdan ortiq shakl yasovchi affikslar ishtirokida ifodalanishi mumkin. Masalan: talaba so‘zi birlik, bosh kelishik shaklida; talabalarimizning so‘zi esa ko‘plik, 1-shaxs egalik va qaratqich kelishigi shakillaridadir. O‘zbek tilida otning bosh kelishik va birlik shakli (kitob), fe’lning bo‘lishli shakli (o‘qi) hamda uchinchi shaxs, o‘tgan zamonning –di affiksi orqali tuslanuvchi shakli (bordi), ba’zan buyruq-istak maylining ikkinchi shaxsi (tur, o‘tir) nol ko‘rsatkichli shakldir.
So‘z shakli bevosita grammatik ma’no ifodalovchi shakl yasovchi vositalar bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur vositalarning ishtirokiga ko‘ra so‘zning grammatik shakllarini yuzaga keltiruvchi quyidagi usullar farqlanadi:
1) sintetik usul maxsus grammatik shakl hosil qiluvchiaffikslar vositasida yuzaga keluvchi so‘z shakllarini o‘zida umumlashtiradi. O‘zbek tilida sintetik usul orqali o‘zak yoki negiz+nol \ o‘zak yoki negiz + sintaktik shakl yasovchi\ o‘zak yoki negiz + lug‘aviy shakl yasovchi\ o‘zak yoki negiz + lug‘aviy shakl yasovchi+ sintaktik shakl yasovchi kabi sodda va murakkab qoliplar asosida so‘z shakllari hosil qilinadi. Masalan: kitob+0, o‘qi+0, ishla+di+k, bog‘bon+lar+dan, o‘qi+yap+man, uy+cha, katta+roq, tez+gina. So‘z shakli hosil qilishda ishtirok etuvchi asos (o‘zak) qo‘shma, juft so‘z bo‘lishi mumkin: O‘zbekiston Vazirlar Mahkama+si+ga, Kattaqo‘rg‘on+dan, ota-ona+lar+dan ;
2) analitik usul mustaqil va yordamchi so‘zlarni o‘zaro biriktirish, juftlash, takrorlash orqali bir xil grammatik ma’no hosil qiluvchi so‘z shakllarini o‘zida umumlashtiradi. Bunda yordamchi so‘z birikadigan mustaqil so‘zning o‘zi ham biror grammatik shaklga ega bo‘ladi va ular birgalikda yaxlit bir so‘z shaklini hosil qiladi: do‘st+im uchun, uka+m bilan, yoz+ib ko‘r, bil+ib ol, ayt+a boshla, gapir+a ket, o‘q+ib tashla. Shuningdek, ota-ona, esonomon kabi juft so‘zlar, ombor-ombor, yura-yura kabi takroriy so‘zlar ham umumlashtirish, ko‘plik, takror kabi yaxlit grammatik ma’noga egaligi bilan ularning har biri alohida so‘z shaklini tashkil etadi. So‘zning grammatik shakliga xos bu kabi qismlar birligidan uning morfologik tarkibivujudga keladi. Masalan, yuqorida keltirilgan ishladik so‘zining morfologik tarkibi asos+ zamon shakli yasovchi affiks +tuslovchi affikslardan iborat: ishla+di+k.
So‘zning morfologik tarkini shakllantirishda asos bo‘luvchi qism tub asosli yoki yasama asosli(negiz) bo‘lishi mumkin: bog‘+lar+dan – tub asosli, bog‘bon+lar+dan-yasama asosli. 4- Grammatik kategoriya. Grammatik ma’no va ulaniing ifodasi bo‘lgan vositalar birligi grammatik kategoriya deyiladi. Muayyan grammatik kategoriya o‘zaro uzviy munosabatda bo‘lgan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no va uni ifodalovchi grammatik shakllar (affikslar) tizmidan iborat bo‘ladi. Masalan, otlardagi kelishik kategoriyasi oltita kelishik ma’nosi va bu ma’noni ifodalovchi affikslar tizmini, fe’llardagi shaxs-son kategoriyasi esa birlik va ko‘plikdagi uchta grammatik shaxs ma’nosi va ularning ifodasi bo‘lgan affikslar tizimini o‘zida birlashtirgan holda butunlik tashkil qiladi. Shuningdek, otlardagi son, egalik kategoriyasi, fellardagi zamon, nisbat, mayl, bo‘lishli – bo‘lishsizlik kategoriyalari ham ikki va undan ortiq umumiy va xususiylikka ega bo‘lgan grammatik ma’no anglatuvchi shakl yasovchi affikslarlar tizimidan iborat.
Shuni ham qayd etish lozimki, ba’zi shakl yasovchi affikslar so‘zning lug‘aviy ma’no anglatuvchi qismiga qo‘shilib, ularni grammatik ma’no va vazifaga xoslangan shakllarini yuzaga keltiradi. Lekin bu grammatik ma’no va vazifalarni vujudga keltiruvchi shakl yasovchi affikslar o‘zining muayyan xususiy delgilarigagina egaligi tufayli boshqa shakl yasovchi affikslar bilan bir umumiy grammatik kategoriya hosil qila olmaydi. Shu bois so‘zning lug‘aviy ma’no ifodalovchi qismga qo‘shilib, ularni turli grammatik vazifalarga xoslovchi bunday shakl yasovchilar tilning nokategorial shakllarini tashkil etadi. Masalan, otlardagi kichraytirish, erkalash shakllari, fe’lning vazifadosh shakllari asosida ifodalangan grammatik ma’nolar faqat xususiy belgiga egaligi tufayli muayyan butunlik hosil qila olmaydigan nokategorial shakllariga mansubdir. Shunday qilib, til tizimidgi so‘zlarning grammatik ma’no ifodalovchi qismini tashkil etuvchi shakl yasovchi affikslar o‘zining xususiy va umumiy belgilariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1) kategorial shakl yasovchilar; 2) nokategorial shakl yasovchilar.
5- So‘zlarning leksik va grammatik ma’no hamda vazifasini shakillantiruvchi qo‘shimchalarning bu kabi umumiy va xususiy belgilari affiksal morfemalarni tasniflashda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Xususan,
a) o‘zining xususiy va umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra muayyan kategoriyaga birlashuvchi shakl yasovchi affikslar so‘zlarning sintaktik munosabatini ta’minlashga xizmat qiladi. Masalan, otlardagi egalik, kelishik qo‘shimchalari, fe’llardagi shaxs-son qo‘shimchalari. Bunday kategorial shakl yasovchilar sintaktik shakl yasovchilar sifatida farqlanadi;
b) o‘zining kategorial va nokategorial belgilari tufayli so‘zning lug‘aviy ma’nosiga ta’sir etish bilan bir qatorda ularning sintaktik munosabatga kirishuvida ihstirok etadigan shakl yasovchilar lug‘aviy-sintaktik shakl yasovchilar sifatida farq-lanadi. Masalan, fe’llardagi sifatdosh, ravishdosh, harakat nomiga xos affikslar shular jumlasidandir; v) so‘zning lug‘aviy ma’no tarkibiga qo‘shimcha ma’no orttirish uchun xizmat qiladigan shakl yasovchilar lug‘aviy shakl yasovchilar sifatida ajratiiladi. Masalan, otlardagi son, sifatlardagi daraja, sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi affikslar, fe’llardagi nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakllari shular jumlasidandir *(Qarang: N.Mahmudov,
A.Nurmonov,A.Sobirov, D.Nabiyeva, A.Mirzaahmedov Ona tili. Umumta’lim maktablarining 7sinfi uchun darslik. T., «Ma’naviyat» 2005).
Affiksal marfemalarning so‘z yasashda ishtirok etuvchi turi o‘zi qo‘shiladigan (o‘zak) asosning bevosita lug‘aviy ma’nosiga dahldorligi bilan shakl yasalishida ishtirok etadigan qo‘shimchalardan tubdan farqlanadi. Shu bois so‘z yasovchi affikslar so‘z shaklini o‘rganuvchi morfologiyada emas, balki so‘z yasalish bahsida tahlil qilinadi.
Grammatika haqida umumiy ma’lumotlar.











