HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY.

0
HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY.

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY.HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY.

HAMZA HAKIMZODA NIYoZIY (1889-1929) madrasada o’qib yurgan chog’larida Qo’qon shahrida ilg’or fikrli talabalar 1908 yilda «Shamsinur» nomli ma’rifatparvarlik jadidlar guruhini tashkil qiladilar. Bu guruh a’zolari ayrim maktabdor va mudarrislarning mutaassibligi va jaholatparastligiga qarshi, Turkiston maktab va madrasalarida o’qish-o’qituv ishlarini isloh qilish va aniq bilimlardan dars berilishi uchun kurashga chaqirilgan qo’lyozma varaqalar tarqatar edilar. Bu esa o’zbek yoshlari ongida jiddiy burilish bo’lganligidan, asriy o’qitish uslublarining emirila boshlaganligidan, jaholatga qarshi ilg’or kuchlarni kuchayib borayotganligidan dalolat berar edi. Hamza o’z xotiralarida bu to’g’rida shunday deb yozgan edi: «Ko’p uzoq emas, 1908 yillarda, madrasada o’qib yurgan vaqtimizda gazeta, jurnallarni birovlar nomiga yozdirib olib, qo’ltig’imizga yashirib, madrasaning qozon qo’yadigan qorong’u hujralarida eshikni ichidan beklab, o’shanda ham qo’rqib-qo’rqib o’qib edik».

Hamza 1911 yilda Qo’qonda hamfikr do’sti Miraziz yordamida Hojibek guzarida yangi usul maktabini ochib, unda o’zi dars beradi. Maktabda o’qish-o’qitish ishlariga ba’zi bir o’zgarishlar kiritib, quruq yod olish uslubini yo’qotishga harakat qiladi. Uquvchilarni urish va so’kishni taqiqladi, sinfdan tashqari tarbiyaviy mashg’ulotlarga ko’p e’tibor berdi, ona tili darsiga alohida ahamiyat bilan qarab, mashg’ulotlarga ko’proq vaqt ajratdi.

Hamza bolalarni o’quv qo’llanmalari, ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlash maqsadida «Jamiyati xayriya» tashkil qiladi. Hamza ochgan maktabning dovrug’i Qo’qon shahridan tashqariga ham tarqala boshladi. Mahalliy ma’murlar bundan hayiqib, 1913 yilda maktab va jamiyatni berkitadilar.

Hamza 1914 yil sentyabrida Shayxulislom guzarida «Dorulaytom» (Etimlar uyi)ni ochadi. U bu haqda shunday deb yozgan edi: «Biz yo’qsillarning bolalarini va etimlarni o’qitishni xohlaymiz, ularning miyalarini foydali ish bilan mashg’ul qilmoqchimiz,

shuning uchun ham o’zimizning «Dorulaytom»imizni ochdik. Bu maktabda o’qitish tekin bo’lishi bilan birga bolalarga daftarlar, yozuv ashyolari va kitoblar ham tekin beriladi». U o’z maktabi uchun «Engil adabiyot», «Qiroat kitobi», «Uqish kitobi» kabi darsliklarni yaratdi.

Hamzaning 1914 yilda yozilgan «Engil adabiyot» dars-ligi boshlang’ich sinf o’quvchilariga mo’ljallangan edi. Bu darslik 45 darsga taqsimlangan bo’lib, undan axloqiy-didaktik hikoya va she’riy asarlar o’rin olgan. U «Engil adabiyot» darsligi so’z boshisida o’z maqsadini bunday deb bayon etadi: «Demak, hozirgi o’qilib turgan adabiyotlarimiz o’quvchilarga og’ir bo’lmasa hamki, yosh talabalarimizga ba’zi lug’atlarning mafhumini og’irlik qilib turganligi shoyad boshqa bir muallimlarga tajriba bo’lgandir.

Demak, u adabiyotlarga oldindan hozirlamoq uchun ochiq ma’noli qilib hamda birinchi sinfga tayyorladik, toki haftada bir darsdagina ta’min o’lunub, shoyad ikkinchi sinfga ko’chgandagi o’qilajak adabiyotlarga yordamchi bo’la olur edi».

Hamzaning «O’qish kitobi» 1914 yilda yozilgan bo’lib, u 2- sinf o’quvchilariga mo’ljallangan. Bu darslik 9 darsga taqsim-langan bo’lib, muallifning 15 ta ma’rifiytarbiyashunoslikka doir asarlari berilgan.

1915 yilda Hamza 2-sinf o’quvchilari uchun hikoyalardan iborat «Qiroat kitobi»ni yozib tugatdi. Bu darslikda har bir dars so’zlarning kelib chiqishini izohlashdan boshlanadi, so’ngra bu tushunchaning falsafiy mazmuni beriladi. Undan keyin aytilganlar odob-axloqqa oid hikoyalar bilan mustahkamlanib, dars ta’lim-tarbiyaviy xotimayakun yasovchi ikki qatorli she’r bilan tugaydi.

Xullas, Hamza yaratgan darsliklarda bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinganligini, bolalarda o’qishga qiziqish uyg’otishi va kitobga muhabbat tug’dirishini alohida qayd etmoq lozim. Darsliklar xalq ijodidan keltirilgan parchalar bilan to’ldirilgan bo’lib, yorqin va shirali xalq tilida yozilgan.

Hamza ta’limning tushunarli va ko’rgazmaliligi singari aniq ta’lim-tarbiya qoidalarni qattiq turib himoya qildi. Bunga quyidagi misolni keltirish mumkin.

Maktabdagi geometriya darslaridan birida ko’r-gazmali qurol yo’q edi. Natijada, dars unchalik ishonchli chiqmagan. Hamza zarur ko’rgazmali qurollarning eskizlarini yasab, Shohimardondagi duradgor ustaga uni tayyorlab berishni topshirdi. So’ngra asboblardan darslarda foydalana boshladi. Shunday qilishni boshqa o’qituvchi muallimlarga ham maslahat berdi.

Hamzaning bolalarga ta’lim berish va ularni axloqiy tarbiyalash nazariyasi masalalaridagi ko’pgina qoidalari hozirgi vaqtda ham maktablarimizda keng foydalanilmoqda. U tarbiyani inson shaxsini shakllantirish, hal qiluvchi kuch deb bilib, bolani mehnatsevarlik, halollik, sofdillik, samimiylik, orastalik, sahiylik fazilatini tarbiyalashga alohida e’tibor beradi.

Mavzular.

manba