Bosh sahifa mavzular Har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda O’zbekiston tarixi fanining o’rni.

Har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda O’zbekiston tarixi fanining o’rni.

0

Har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda O’zbekiston tarixi fanining   o’rni.

Har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda O’zbekiston tarixi fanining o’rni.

Har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda O’zbekiston tarixi fanining o’rni. Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini  e’zozlashi, ko‘z qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo  bo‘lganidan  to  hozirgacha  davom  etib  kelayotgan  ijtimoiy  jarayon  oynasi  ekanligi  bilan  bog‘liqdir.

Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini  belgilaydi.  Boshqacha  bir  ma’noda  tarix  buyuk  faylasuf  va  donishmanddir.  Uning  mana  shu  dono  falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Nasroniy (xristian)lik falsafasi asoschisi A.Avgustian (354-430 yy.) hozirgi eramiz boshidayoq,  ya’ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o‘rnini ko‘rsatib,  shunday degan edi; “G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun avvalo, uning tarixini uyg‘ot”. XII asrning  buyuk allomasi SHahobiddin Muhammad an-Nasaviy ham bu fikrni o‘zining quyidagi sodda ko‘ringan  to‘rtligida yanada teran ma’noda mana bunday bayon etadi:

Kimki tutmas qalbida tarixini,

U inson ham emas, olim ham emas.

Biroq kimki uqsa o‘tmishini,

Ko‘p boyitar o‘z turmushini.

XXI asrga rivojlanishning zamonaviy taraqqiyot yo‘li bilan kirib kelgan, boy madaniyati va bebaho ma’naviyatiga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi o‘zining ming yilliklar qa’riga kirib borgan tarixiy o‘tmishi bilan  alohida  o‘rin  egallaydi.  Hozirgi  O‘zbekiston  Respublikasi  hududlarida  bo‘lib  o‘tgan  tarixiy-madaniy  jarayonlar,  ijtimoiy-iqtisodiy  yuksalishlar,  turli  davrlarda  xalq  farovonligi  va  taraqqiyotini  ko‘zlab  o‘tkazilgan ko‘plab islohotlar, shuningdek, yuksalish va inqiroz holatlari, chet el bosqinchilariga qarshi  ozodlik kurashlari yurtimizning serqirra va rang – barang tarixidan dalolat beradi.

SHu bois ham bu tarix  eng qadimgi davrdan boshlab ko‘p ming yillar davomida ajdodlarimiz va xalqimiz tarixi sifatida nafaqat  o‘zbekistonlik, balki xorij olimlari tomonidan ham tan olinib o‘rganildi, tadqiq etildi va ayni paytda ham  shu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar izchillik bilan davom etmoqda.

O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, mustabid sovet davridagi tarixga munosabatdan  farq qilgan holda, o‘tmish tarixiga munosabat tubdan o‘zgardi. Haqqoniy tarixni tadqiq etish boshlanib,  avvalo, tarixni davrlashtirishdagi besh formatsiyali noilmiy “izm”lardan voz kechildi. Zero, tarix ijtimoiy- iqtisodiy formatsiyalar almashinuvi bo‘lmasdan, balki bir-birini almashtirib va to‘ldirib turuvchi, ma’lum  xalqlar va elatlar, etnik guruhlar tomonidan yaratilgan sivilizatsiyalar hosilasi hamda zanjiri ekanligi  respublika olimlari tomonidan yakdillik bilan e’tirof etildi.

O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga  va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy  dunyoqarashni singdirish; ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni, milliy vijdon va  umuminsoniy  barkomollikni  tarbiyalash;  uchinchidan,  yoshlarda  otashin  vatanparvarlik  va  milliy  jasoratni,  millat  va  Vatanga  sadoqatlikni  rivojlantirish;  to‘rtinchidan,  yoshlarga  milliy  va  tarixiy  qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik,  odillik,  rostgo‘ylik,  mehnatsevarlik,  kamtarinlik,  imon  va  e’tiqodlik)ni  tarbiyalash;  beshinchidan,  yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur  his etish va ularga sadoqatlik ruhida kamol toptirish.

O‘zbekiston   tarixi   fani   mana   shu   yuqoridagilar   va   bulardan   boshqa   o‘zining   xilma-xil  imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo‘shadi. Vatan tarixining  davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni  hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e’tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning  o‘zi guvoh. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch- qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab etmog‘imiz lozimdir. Har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda O’zbekiston tarixi fanining o’rni.

Muallif: U.S.To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba