Hayot mazmunini mo‘ljalga olish va hayotiy qadriyatlar tizimini namoyon bo‘lishi.

0
Hayot mazmunini mo‘ljalga olish va hayotiy qadriyatlar tizimini namoyon bo‘lishi.

Hayot mazmunini mo‘ljalga olish va hayotiy qadriyatlar tizimini namoyon bo‘lishi.

Hayot mazmunini mo‘ljalga olish va hayotiy qadriyatlar tizimini namoyon bo‘lishi.

Hayot mazmunini mo‘ljalga olish va hayotiy qadriyatlar tizimini namoyon bo‘lishi Mazkur yosh davridagi odamlarning ko’rish maydonini o’rgangan L.N.Kulenova va M.D.Aleksandrovalar 36-50 yoshli erkaklarda ko’rish chegarasi quyidagicha ekanini aniqlaganlar: Normadan ortiq 4%, normada 53%, qolganlari normadan kam. Yu.N.Kulyutkin 36-40 yoshli sinaluvchilarda diqqat, xotira, tafakkurning 0- 130 gacha shkalada 94,8, 93,7, 99,0 birligiga ega ekanligini isbotlab berdi. B.G.Ananev esa mazkur yoshdagilarda shaklni idrok qilishni bipopulyar va mopopulyar yo’llarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga kelishini aytadi.

Qator olimlar (Klapared, Mayle, Bellis, Filipp) mazkur yoshdagilarning tovush va yorug’likdan ta`sirlanish vaqti o’zgarishini o’rganganlar. Olingan ma’lumotlar amaliy ahamiyatga ega bo’lib, o’z qimmatini hozirgacha saqlab kelmoqda. Ful`de, Raven, Pako kabi tadqiqotchilar intelektning qobiliyatini tekshirib, 30 yoshda 96, 40 yoshda 87, 50 yoshda 80, 60 yoshda 75% bo’lishni aniqlaganlar. Ularning ijtimoiy faoliyatiga kirish xususiyatini faollik nuqtainazaridan V.Shevchuk 35 yoshidagi odamlarning 6,2% bu faoliyatda qatnashish istagini bildirsa, 40 yoshda 2,2% qatnashishini xoxlaydi, 2,8% esa undan chiqishga qaror qiladi.

Hayot mazmunini mo‘ljalga olish va hayotiy qadriyatlar tizimini namoyon bo‘lishi Ahvol shunday davom etadi. Z.F.Esarova oliy maktab o’qituvchilarining ijodiy faoliyatini xususiyatlarini o’rganib, doktorlik ishlarini yoqlashni matematiklar 33, psixologlar 46, filologlar 46,tarixchilar 47, fiziklar 37, biologlar 40 yoshda amalga oshirishni aniqlagan. Umuman yetuklik davrining ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir tomondan, butun imkoniyatini mehnat va ijtimoiy faoloyatlariga bag’ishlanadi, ikkinchi tomondan, ijtimoiy faolliklari susayib boradi.

Chunki, insonning keksayishi ham quvonchli, ham o’tinchli damlarga, kechinmalarga, xis-tuyg’ularga serobligi bilan boshqa yosh davrdagi odamlardan ajralib turadi. Xotirjam dam olish istagi bilan ijtimoiy faoliyatdan uzoqlashish tuyg’usi o’rtasida inqiroz vujudga keladi. Qanday qarorga kelish, ya`ni mehnat jamoasi bilan aloqani uzmaslik yoki mutlaqo ijtimoiy faoliyatdan cheklanish muayyan xolatlardagi motivlar kurashiga bog„liqdir.

Hayot mazmunini mo‘ljalga olish va hayotiy qadriyatlar tizimini namoyon bo‘lishi Hozirgi zamon kishilarining o’rtacha umr ko’rishi XX asr boshlaridagiga nisbatan qariyib 1,5,2 marta uzayganligini, yetuklik davridagi erkak va ayollarning ijtimoiy baquvvatligi, ma`naviyati va ruxiyati tekisligi ijtimoiy faollikni susaytirish haqida so’z bo’lishi mumkin  emasligini ko’rsatmoqda. Ularning ishchanligi, aqliy qobiliyati, kasbiy maxorati, turmush tajribasi, ongining yuksakligi, ma`naviyatining boyligi, ruxiyatining sofligi yangi zafar, mehnat quvonchlari sari dadil qadam tashlashga to`la kafolat beradi.

Mavzular.

manba