HAZM A`ZOLARI TIZIMI.

0
HAZM A`ZOLARI TIZIMI.

HAZM A`ZOLARI TIZIMI.

HAZM A`ZOLARI TIZIMI.

Hazm a`zolari ovqat moddasini mexanik maydalash, kimyoviy moddalar ta`sirida parchalash, qonga yoki limfaga so`rilishini ta`minlash, chiqindi moddalarni tashqi muhitga chiqarish kabi vazifalarni bajaradi. Hazm tizimining ko`pchil  qismi devori ikki qavatli nayni eslatadi. Ichki nay a`zolarning shilliq qavatidan hosil bo`lsa, tashqi nay mushak va seroz pardadan hosil bo`ladi. Bu ikki nay orasiga biriktiruvchi to`qimadan iborat qon tomirlarga boy bo`lgan shilliq osti qavati joylashgan. Bu ikki nay, nisbatan harakat qilish xususiyatiga ega. SHilliq osti qavat to`qimalari va mushak tolalari burama shaklida joylashganligidan harakat, og`iz bo`shlig`i sohasidan, to`g`ri ichak tarafiga bo`ladi. Ko`pgina hazm qilish a`zolarining devori 4 qavatdan tashkil topadi.

  1. Ichki – shilliq qavat
  2. SHilliq osti qavat
  3. Mushak qavat
  4. Tashqi – seroz parda qavati

A`zo   devoridagi   har bir qavat   hosilaning qalinligi , shu a`zoning vazifasiga bog`liq bo`ladi. Ba`zi a`zoda mushak qavati yaxshi taraqqiy etgan bo`lsa, boshqa a`zolarda silliq qavat rivojlangan bo`ladi.

Ovqat hazm qilish a`zolarining taraqqiyoti

Hazm a`zolari tizimining ko`pchilik a`zolari ichki embrional parda – entodermadan taraqqiy qiladi. Og`iz bo`shlig`i va to`g`ri ichakning ostki qismlari esa tashqi embrional parda – ektodermadan taraqqiy qiladi.

Ichak nayi devorining mushak va seroz qavatlari mezenxima to`qimasidan rivojlanadi.

Og`iz bo`shlig`i

Hazm  a`zolari  sistemasining boshlang`ich qismi,  ovqat   1-  marta shu bo`shliqqa qabul qilinib, tishlar vositasida maydalanadi va so`lak yordamida namlanib, kimyoviy parchalanish boshlanib, me`daga o`tkazish uchun tayyorlanadi.

Og`iz bo`shlig`i; og`iz dahlizi va xususiy og`iz dahlizidan iborat.

Og`iz dahlizi old tomondan yuqori va pastki lablar, yon tomondan lunjlar, orqa tomondan yuqori va pastki jag` tishlar hamda milklar bilan chegaralangan.

Lablar – tashqi tomondan teri, ichki tomondan shilliq parda bilan qoplanib, uning  asosini aylanma mimika mushagi tashkil qiladi.

Xususiy og`iz bo`shligi berk turganda ikki yon va old tomondan tishlar chegaralaydi. Yuqori devorini qattiq va yumshoq tanglay hosil qiladi hamda burun bo`shlig`ini og`iz bo`shlig`idan ajratib turadi. Og`iz bo`shlig`ini shilliq pardasida mayda bezlar joylashgan.

Og`iz bo`shlig`idan halqumga o`tish joyiga tomoq bo`lib, yuqoridan yumshoq tanglay chodiri, ikki yon tomondan tanglay ravoqlari, pastdan tilning orqa yuzasi va til ildizi bilan chegaralanib turadi.

Tishlar

Tishlar ovqatni tishlab uzib olish, maydalash, so`zlarni to`g`ri talaffuz etishda faol ishtirok etadi. Tishlar og`iz dahlizi bilan xususiy og`iz bo`shlig`ini orasiga chegara bo`lib joylashgan. SHilliq pardaning suyaklardan so`rg`ichlari hisoblangan tishlar epiteliy va mezenximadan rivojlanadi va jag` suyaklarining maxsus tish katakchalariga mix kabi joylashadi.

Odamlarda tishlar ikki marta almashinadi. Bolalarda sut tishlar 6-7 oylikdan boshlab 3 yoshgacha chiqishi davom etadi. Ular 20 ta bo`lib, 6-7 yoshdan boshlab, doimiy tishlar bilan almashina boshlaydi.

Har bir tish uch qismdan iborat: toj qismi (karona dentis), tish ildizi, tish bo`yinchasi. Tishlar kimyoviy tarkibiga ko`ra suyakka yaqin, lekin juda zich joylashgan. Tish toji dentin moddadan tuzilgan bo`lib, ustini emal o`rab turadi.

emalning ust tomoni juda yupqa, shoxsimon kutikula pardasi bilan qoplangan.

 

 

2.0.1.2 2.1.0.2
2.0.1.2 2.1.0.2
2.1.2. 3
3.2.1.2 2.1.2.3

3.2.1.2

 

 

 

Sut tishlar      Doimiy tishlar                formulasi         formulasi

 

Tish bo`yinchasi va ildizi tsement moddadan tuzilgan.

Doimiy tishlar 32 ta bo`lib, 4 xilda nomlanadi:

1.Kurak tishlar – har bir jag`da, ovqatni kesib olishda mo`ljallangan. Ular ildizi 1 ta toj qismi keng yassi.

2.Qoziq tishlar – har jag`da 2 tadan, bir ildizli bo`lib, ular ovqatni uzib olish uchun xizmat qiladi.

3.Kichik oziq tishlar – har jag`da 4 tadan bo`lib, qoziq tishlardan keyin joylashgan. Ular ildizi ayrisimon bo`ladi.

4.Katta oziq tishlar – har jag`da oltitadan bo`lib joylashadi. Birinchisi katta, uchinchisi eng kichik bo`lib, oxirgi o`rinda chiqadi shu sababli aql tish deyiladi.

Aql tish umuman chiqmasligi ham mumkin. Ularni 3 ta ildizi bo`ladi.

Til

Til mushaklardan tuzilgan bo`lib, og`iz bo`shlig`ida joylashgan. Til faqat hazm a`zolariga mansub bo`lmasdan, so`zlashishda, talaffuzda faol katnashadi. Til uch qismdan iborat: til uchi, til tanasi, til ildizi. Til ustki yuzasida to`rt xil so`rg`ich mavjud:    1 .Ipsimon so`rg`ich;

2.Zamburuqsimon so`rg`ich;

3.Halqa bilan o`ralgan so`rg`ich

4.Bargsimon so`rg`ich

Til mushaklari xususiy va skelet mushaklaridan iborat. Uch juft skelet mushaklari mavjud.

  1. Engak – til osti mushagi.
  2. Til osti – til mushagi .
  3. Bigiz til mushagi.

Til xususiy mushaklari tolalardan iborat bo`lib, bu tolalar o`zaro tutashib, chirmashib ketgan. Buning natijasida til turli tomonga burilib, o`z shaklini o`zgartirish xususiyatiga ega.

Og`iz bo`shlig`ining shilliq qavatida turli hajmda juda ko`p so`lak bezlari joylashgan. Ular til, lab, lunj va tanglay nomi bilan ataladi. SHuningdek, katta hajmdagi 3 juft so`lak bezlari og`iz bo`shlig`i atrofida joylashgan.

  1. Quloq oldi bezi.
  2. Jag` osti bezi.
  3. Til osti bezi.

Halqum

Halqum voronkaga o`xshash, pastga tomon torayib tuzilgan. U kalla suyagining tubidan boshlanib, og`iz va burun bo`shliqlariga keng ochilib turadi. Halqumni umurtqa pog`onasi va undagi muskullar chegaralaydi, old tomonda hiqildoq joylashib, halqumga tutashib turadi.

Halqum bo`shlig`i: burun, og`iz, hiqildoq qismlaridan iborat.

Halqum devori 3 qavat bo`lib ; ichki shilliq parda, muskul parda, biriktiruvchi to`qima pardadan iborat.

SHilliq parda – ko`p qavatli yassi epiteliy, kiprikli epiteliy va shilliq parda osti bezlaridan iborat.

Muskul parda ko`ndalang targ`il muskullardan tuzilgan. Ular cherepitsaga o`xshab ustma-ust joylashadi.

Biriktiruvchi to`qima muskul qavatlarini tashqi tomondan o`rab turadi.

Qizilo`ngach.

25-30   sm   uzunlikdagi   mushakdan   tuzilgan   bo`lib,   6-bo`yin   umurtqa qarshisidan boshlanib, 11 – ko`krak umurtqasi ro`parasida me`daning kirish  qismiga ulanadi.

Qizilo`ngach joylashishiga qarab; bo`yin, ko`krak, qorin qismidan iborat. Qizilo`ngach devori uch pardadan iborat: biriktiruvchi to`qima parda, muskul parda, shilliq parda. Uning muskuli uzunasiga va aylanma tutamlardan iborat. Qizilo`ngachning yuqori 3/1 qismi ko`ndalang targ`il muskuldan, pastki 3/2 qismi silliq mushakdan tuzilgan.

Me`da

Me`da hazm kanalining eng kengaygan qismi bo`lib, qorin bo`shlig`ining yuqori sohasida joylashgan. Uning ko`p qismi chap tomondagi qovurg`a osti sohasida, oz qismi esa qorin bo`shlig`i tepa bo`lagining o`rta qismida joylashgan. Me`da noksimon yoki retorta kolbasimon shaklga ega. O`rta yoshdagilarda uning hajmi 1-3 litr bo`ladi. Me`da kirish va chikish yqismlaridan iborat. Me`da 3 kavatdan iborat: shilliq parda, mushak parda, seroz parda.

1.SHilliq parda — uning ostida ko`plab bezlar bo`lib, ovqatni kislotali muxitga  o`tkazadi.

2.Mushak parda – baquvvat bo`lib, uch yo`nalishda joylashgan. Uning tashqi qismi qiyshiq mushaklardan tuzilgan.

3.Seroz parda – ichki a`zolarni o`raydigan qism bo`lib, me`dani hamma tomondan o`rab turadi. Seroz pardani me`daning mushak pardasiga seroz parda osti qavati qo`shib turadi.

Me`da   past   bo`ylilarda   hayvon   shoxiga   o`xshash   shaklda   bo`lsa,   o`rta bo`ylilarda ilmoqqa o`xshash bo`ladi.

Ingichka ichak

Ingichka ichak qorin bo`shlig`iga me`daning chiqish qismidan boshlanadi, uzunligi 5-6 m gacha bo`ladi. Ingichka ichak uch qismdan iborat.

1.O`n ikki barmoq ichak — ingichka ichakning boshlang`ich qismi bo`lib, uzunligi 25-30 sm.

2.Och ichak – 12 barmoqli ichakning davomi bulib, ingichka ichakning 5/3 qismini tashkil qiladi.

3.YOnbosh ichak – ingichka ichakning 5/2 qismini tashkil qiladi.

Ingichka ichak devori quyidagi pardalardan tuzilgan.:

  1. SHilliq parda — ichakning eng ichkarisida joylashgan bo`lib, shilliq osti qavati  tufayli  harakatchan  bo`ladi,   ko`ndalang  burmalar  hosil qiladi. SHilliq parda yuzasida   4 mln.ga yaqin vorosinkalar mavjud. SHilliq pardasida ichak shirasini chiqaruvchi hujayralar joylashgan. Bundan tashqari limfa tugunlari bo`ladi. SHilliq osti qavati mushak pardani   shilliq   qavati   bilan   biriktirib   turadi   u   biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan.
  2. Mushak parda silliq muskul hujayralaridan tashkil topgan tolalardan tuzilgan bo`lib, tashqi qavati uzunasiga, ichki qavati esa aylanasiga ketgan tolalardan iborat.

3.Seroz parda   – qorin pardasining bir qismi bo`lib, ichaklarni tashqi tomondan o`raydi.

Yo`g`on ichak

Yo`g`on ichak ingichka ichakdan keyin boshlanib, orqa chiqarish teshigi bilan tugaydi. Uning uzunligi 1,5-2 m bo`lsa, diametri oldingi ichakdan ikki baravar katta. Yo`g`on ichak – ko`richak, ko`tariluvchi chambar ichak, ko`ndalang chambar ichak, tushuvchi chambar ichak, S simon ichakdan iborat. Yo`g`on ichak shilliq pardasida vorsinkalar bo`lmaydi. Undagi bezlar ko`p shilliq ishlab chiqaradi. Unda limfa tugunlari yakka-yakka joylashgan.

Mushak parda tashqi uzunasiga, ichki aylanasiga yo`nalgan. Uzunasiga yo`nalgan muskul tolalari bir tekis joylashmasdan, tasmalar hosil qiladi. Bu tasmalar orasida turtib chiqqan pufakchalarni ko`rish mumkin.

Seroz parda yo`g`on ichak devorining hamma qismini bir xilda o`ramaydi.

Ichak orqa devori biriktiruvchi to`qima bilan o`ralgan.

Me`da osti bezi.

U me`daning orqa sohasida 1-2 bel umurtqalari qarshisida ko`ndalang joylashgan. Uning og`irligi 70-90 gramm bo`lib, uch qism: bosh, tana, dumdan iborat. U qorin pardadan tashqarida joylashgan.

Me`da osti bezi murakkab tuzilgan, chiqaruv nayi ko`p tarmoqlangan bezlarga kiradi. Bez shirasi ishqoriy xususiyatga ega bo`lib, oqsil, yog` uglevodlarni parchalaydi.

Me`da osti bezining tana va dum qismidagi maxsus hujayralar insulin ishlab chiqaradi. Insulin qondagi qand miqdorini bir me`yorda saqlaydi.

Jigar.

Jigar  qorin  bo`shlig`ining  yuqori  qismida     joylashib,  tepa  qismi diafragmaga   tegib   turadi.   Uning   asosiy kismi   o`ng   tomonga   joylashgan.

Diafragmaga qaragan tomonidan o`roqsimon o`simta jigarni ikki qismga :

o`ng  (katta), chap (kichik) bulakka bo`ladi. Jigar eng katta hazm bezi bo`lib, massasi 1500 gramm. Uni o`rab turgan fibroz parda qon tomirlar bilan birga

jigarning ichkarisiga   kiradi   va   uni   juda   ko`p   bo`lakchalarga   ajratadi.   Har   bir bo`lakchalar ichida vena shoxchalari, arteriya shoxchalari nerv tolalari, mayda limfa naychalari joylashgan.

Jigar umumiy o`t yo`li, o`t pufagi naychasi bilan qo`shilib, o`n ikki barmoq ichakning pastki yo`naluvchi qismiga quyiladigan umumiy o`t yo`lini hosil qiladi.

Jigar organizmda muhim vazifani bajaradi.

  1. Organizmdagi zaharli moddalarni zararsizlantiradi.
  2. Ut suyuqligi ishlab chiqaradi.
  3. Embrional davrda qon elementlarini ishlaydi.

Mavzular.

manba