Bosh sahifa mavzular Himoya texnikasi va uning tasnifi.

Himoya texnikasi va uning tasnifi.

0
Himoya texnikasi va uning tasnifi.

Himoya texnikasi va uning tasnifi.

Himoya texnikasi va uning tasnifi.

To‘p uzatish har bir o‘yinchi tomonidan, ayniqsa bog‘lovchi o‘yinchi tomonidan xujum harakatlari va kombinatsiyalarni samarali yakunlashda, musobaqa taqdirini hal qilishga qodir texnik-taktik usul sifatida tan olinadi. Ushbu usul to‘pni o‘z vaqtida, zarur tezlikda, balandlikda va yo‘nalishda, hamda, albatta yuksak aniqlikda ijro etilishi bilan ustivor qiymat topadi. Aniq vaziyatlar, raqib tomonidan yo‘naltirilgan to‘pni uchish tezligi, yo‘nalishi, balandligiga qarab yoki to‘pni qabul qiluvchi o‘yinchining shu usulni bajarish aniqligiga qarab xujumga to‘p uzatish turlari xilma-xil bo‘lishi mumkin.

Mazkur o‘yin usuli xujum harakatlarini tashkil qilishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Aynan shu usuldan to‘p bilan o‘ynash jarayoni boshlanadi. Shuning uchun bu usulga o‘rgatish jarayonining barcha bosqichlarida ustivor ahamiyat qaratiladi. Bog‘lovchi o‘yinchilar uchun esa shunday harakatlar asosida yuqoridan to‘p uzatish usulini shakllantirish o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlarining asosiy mohiyati bo‘lib hisoblanadi.1

Texnik mashqlar. Texnikani shakllantiruvchi mashqlar mazmuni va ularni bajarish shartlari sekinasta murakkablashtirib boriladi.

  1. Joyda o‘z ustida to‘p uzatish, holat va to‘p balandligini o‘zgartirib (baland holatdan o‘tirgan va yotgan holatgacha), harakatlanish vaqtida va to‘xtagandan so‘ng.
  2. Devor oldida shug‘ullanadigan mashqlar; to‘pni turli balandlikda uzatish, devordan uzoqlashib va unga yaqinlashib, bir gal nishonga-bir gal o‘z ustida to‘p uzatish, poldan sapchigan to‘pni devorga uzatish.

“TUZ” VA ”QALAMPIR” SHAKLIDA TO‘P UZATISH.1

  1. To‘p uzatish             mashqini         almashtirib o‘ynash: devorga; o‘z ustiga; o‘z atrofida aylanib; devorga, devorga orqa bilan turib; yana aylanib va devorga va h.
  2. Joyda juftlikda to‘p uzatish: yuzma-yuz turib va bir-biriga orqa bilan turib, oraliq – 0.5m. dan maksimal uzoqlikkacha (har xil balandlikda).
  3. SHu mashq, faqat bir o‘yinchi joyida

turadi, boshqasi harakatlanib o‘ynaydi va to‘pni sherigiga aniq uzatadi.

  • Voleybol maydonchasi ichida qarshi kalonnalarda turib to‘p uzatish mashqlarini bajarish – to‘p yo‘nalishi birinchi va ikkinchi to‘p uzatish yo‘nalishiga mos bo‘lishi lozim; 6-3, 6-2, 6-4, 5-3, 5-2, 54, 1-3, 1-4, 1-2, 3-4, 3-2, 2-4.
  • SHu mashq, lekin to‘p uzatish to‘raro bajariladi; xujum zonalari chegarasida, xujum zonalaridan orqa chiziq tomon, orqa chiziq atrofidan oldingi chiziq atrofiga, orqa chiziqdan orqa chiziqqa.

Uchlikda; o‘yinchilar uchburchak shaklida joylashadi: 6-3-4, 6-2-3, 6-2-4, 5-3-4, 5-2-3(4); 1-3-2, 1-43; 5-3-2 (3-nchi zonadan orqa bilan turib to‘p uzatish): 1-3-4-nchi zonalarda ham va h. To‘pni yo‘nalishi qayd etilgan zonalar bo‘ylab amalga oshiriladi, oxirgi zonada to‘p uzatish o‘z ustida bajariladi va keyin to‘p 1-nchi qayd etilgan zonaga uzatiladi va h. Orqa chiziqdan to‘p yuqoridan va pastdan ikki qo‘llab uzatiladi.

Bu texnik usul orqali to‘p o‘yinga kiritiladi. Bu usulning asosiy maqsadi to‘pni raqib jamoasiga iloji boricha qiyin qilib berishdir. Shuning uchun bu usul hujum texnikasining vositasi bo‘lib hisoblanadi. To‘pni kiritish dastlabki holatdan va uchta ketma-ket fazalar: tayyorgarlik (to‘pni tashlaish, qo‘lni silkish), asosiy (zarba berish) va yakunlovchi (qo‘lni tushirish va keyingi harakat) fazalardan iborat.

Voleybolda pastdan to‘g‘ri, Yuqoridan to‘g‘ri, yondan Yuqoridan va sakrab to‘g‘ri to‘p kiritish usullari mavjud.

Bu usullarni bajarishda to‘pga zarba berish turli tarzdagi ketma-ketlikda bajariladi. Birinchi navbatda to‘pga aylanma harakat berish, so‘ngra aylanma harakat bermasdan to‘p kiritish (birmuncha murakkab bo‘lganligi sababli) usullari o‘rgatiladi yoki takrorlanadi.

Pastdan to‘g‘ri to‘p kiritish. O‘yinchi oldinga engaishib, oyoqlarini tizza qismida bukkan, biroyog‘ini (zarba beruvchi qo‘lga nisbatan qarama-Qarshi) oldinga  chiqargan holatda turadi.

 

Muallif: R.N.Ro`zmetov

Mavzular.

manba