Bosh sahifa mavzular HOMILA TARAQQIYOTI TO`G`RISIDA QISQACHA MA’LUMOT.

HOMILA TARAQQIYOTI TO`G`RISIDA QISQACHA MA’LUMOT.

0
HOMILA TARAQQIYOTI TO`G`RISIDA QISQACHA MA'LUMOT.

HOMILA TARAQQIYOTI TO`G`RISIDA QISQACHA MA’LUMOT.

HOMILA TARAQQIYOTI TO`G`RISIDA QISQACHA MA'LUMOT.

Odam va hayvonlarda embrional taraqqiyot 4 davrga bo`lib o`rganiladi: I. Urug`lanish davri; II. Bo`linish davri;

III. Gastrulyatsiya davri; IV. Organogenez va gistogenez, to`qima va a’zolar hamda homila qobiqlari hosil bo`lish davri. Embrional taraqqiyotning har bir bosqichini embriologiya fani o`rganadi, shuning uchun, oxirgi davrlardagi o`zgarishlarni qisqacha ta’riflab o`tamiz.

Embrion taraqqiyotining homila qobiqlari hosil bo`lish davrida uchta parda hujayralari hosil bo`ladi:l) tashqi embrional parda — ektoderma; 2) o`rta embrional parda—mezoderma; 3) ichki embrional parda—entoderma.

Tashqi homila pardasi — ektodermadan: teri epiteliysi, soch, tirnoq, og`iz bo`shlig`ining shilliq qavati, tish emali, to`g`ri ichak ichki qavati, tashqi jinsiy a’zo yo`llarining ichki yuzasi, teri bezlari, sut bezi taraqqiy etadi. Ektodermaning — neyroektoderma qismidan markaziy va periferik nerv sistemasi (orqa miya, bosh miya, orqa miya va bosh miya nervlari), tashqi embrional qavatdan og`iz bo`shlig`idagi so`lak bezlari ham taraqqiy etadi.

  1. O`rta homila pardasi — mezodermadan: teri osti to`qimasi (dermatom bo`limidan); skelet suyaklari (sklerotom bo`limidan); ko`ndalang-targ`il mushaklar (miotom bo`limidan) taraqqiy etadi. Homilaning o`rta qavati — mezoderma boshlang`ich paytda 43-44 ta alohida bo`lakka ajralgan somitlarni (soma-tana) hosil qiladi. Segment holidagi somitlar mezodermaning oldingi bo`lagi hisoblangan splanxnotomlar (splanchna — ichki a’zolar) bilan oyoqchalar — nefratomlar vositasida birikadi.

Har bir somit o`z navbatida 3 qismga ajratiladi: 1)Orqa-yon qismi — dermatom; 2)oldingi-ichki qismi — skleratom; 3) o`rta qismi—miotom.

  • Dermatom qismidan — teri osti kletchatkasi va biriktiruvchi to`qimalar taraqqiy etadi.
  • Skleratomdan—suyaklar taraqqiy etadi.
  • Miotomdan esa tana mushaklari taraqqiy etadi.

Mezodermaning oyoqchalari bo`lgan nefrotomlardan buyrak va siydik chiqaruv yo`llari hamda jinsiy a’zolar taraqqiy qiladi. Splanxnatomlar esa ikki varaqqa bo`linadi: 1) Pariyetal varaq ektodermaga tegib turadi, 2) visseral varaq entodermani o`rab oladi. Splanxnatomlardan perikard, plevra va qorin pardasi taraqqiy etadi.

III. Ichki homila pardasi — entodermadan nafas hamda hazm a’zolari va ularning tarkibidagi bezlar taraqqiy qiladi.

Ichki embrional qavatdan: nafas yo`llari hamda o`pka epiteliy qavati va og`iz bo`shlig`ining orqa qismidagi va halqum shilliq qavatlarining bez to`qimalari (gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, ayrisimon bezlar) taraqqiy etadi.

Endodermadan: qizilo`ngach, me’da, ingichka ichak va yo`g`on ichaklarning shilliq qavati va ular tarkibidagi bezlar, hamda jigarning o`t yo`llari, jigar, me’da osti bezlari taraqqiy etadi.

Mavzular.

manba