Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.

0
Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.

Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.

Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.

Istiqlol tufayli jahonga yuz ochgan O’zbekiston Respublikasi uchun bugun dunyodagi  taraqqiy etgan xorijiy davlatlar  ta’lim tajribasini o’rganish  va bizga ma’qullaridan foydalanish  imkoniyatlari g’oyat keng bo’lib, bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli ishlar diqqatga sazovordir.

Quyida  rivojlangan xorijiy davlatlar ta’limi  tizimi  taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari va o’ziga xos xususiyatlari, ular tajribalari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berishga harakat qilamiz.

Amerika qo’shma shtatlarida ta’lim tizimlari

Mamlakat ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:

— bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya

muassasalari;

— 1-8-sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda bolalar 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar);

— 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.

Amerika Qo’shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo’lib, u 2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda universitetlarda amalga oshiriladi.

So’nggi bosqich, universitetlar va boshqa oliy o’quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.

AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv yurtlarida davlat jamoa, xususiy tasarruflarda va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin.

Shunisi diqqatga sazovorki, AQSh maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilaridan tashqari barcha o’quvchilar ta’tillar paytida asosan ish bilai band bo’ladilar. AQSh maktablarida o’quv yili 180 kun. Bir soat dars 45-50 minut.

Amerika konstitutsiyasiga muvofiq ta’lim tizimi tasarrufidagi shtatlar boshqaruv muassasalari ixtiyoridadir. 1979 yilgacha ta’limni mablag’ bilan ta’minlash, ta’limda davlat siyosatini amalga oshirish, o’quv yurtlarida faoliyatini muvofiqlashtirib borishni

Sog’liqni saqlash, Ijtimoiy ta’minot va ta’lim ishlari vazirligi olib borar edi. 1979 yilda Ta’lim vazirligi mustaqil bo’lib ajralib chiqdi.

Ta’lim tizimlariga mablag’ ajratish bo’yicha AQSh dunyo mamlakatlari o’rtasida etakchi o’riklardan birini egallaydi. AQSh ta’lim tizimining rivojlanish sur’ati ancha yuqori bo’lib, uning boshlang’ich ta’lim bosqichida o’qishi lozim bo’lgan bolalarning 99,9 foizi, o’rta bo’g’ini 94,5 foizi ta’lim oladi. O’quvchilar umumiy sonining 46 foizi o’rta maktabni tamomlagach, kollej va universitetlarga kiradilar. Barcha toifadagi ta’lim maskanlarida 58 million yosh, shu jumladan, ta’limning oliy bosqichida 12 million yigitqiz tahsil oladi. AQShda har 10 ming aholiga 307 talaba to’g’ri keladi. Bu jahonda yuksak ko’rsatkichlardan biridir.

Bulardan tashqari AQShda har yili 33 million kishi uzluksizta’lim va malaka oshirish tizimlarida bilim oladilar. Mamlakatda million o’qituvchi mehnat qiladi. Har yili o’rta maktabni 3 million o’quvchi, bakalavr darajasidagi oliy ta’lim bosqichini 932 ming kishi, magistr darajasida esa 300 ming kishi tugallaydi, yiliga 30 ming kishi doktorlik ilmiy darajasini oladi.

Maktabgacha tarbiya

AQShda bolalar uch yoshga to’lgunlaricha onalarga turli moddiy imtiyozlar berish ko’zda tutilmagan.

Farzandlarga qarab uyda o’tiradimi yoki enaga yollab ishga tushadilarmi, bu onalarning ishi. O’zbekistondagi kabi keng va shinam, ikki qavatli, o’ynaydigan, uxlaydigan, ovqatlanadigan alohida xonalari bo’lgan bog’cha va yaslilar Amerikada odob tusiga kirgan emas. Enaga yollash oila uchun haftasiga 200 dollardan kamga tushmaydi. Bu mamlakatda 30-40 bolaga mo’ljallangan xususiy va davlat tasarrufidagi bog’chalar mavjud. Ular enaga yollashdan biroz arzonroqqa tushadi. Lekin har ikki holda ham, uydan olib borgan ovqatlarni edirishadi, krovatchalar, ko’rpa, to’shak, yostiqni ota-onalar olib borishadi. Amerikada bizdagidek taomnomalar, o’quv dasturlari yo’q. Bolalar yozda atrofdagi ko’kalamzorlarda o’ynab dam oladilar.

Bu bog’chalarda ham bolalar yoshlariga qarab turli guruhlarda tarbiyalanadilar, ularga tarbiyachi-mutaxassis qaraydi, ular ovqatni tayyorlab beradi, turli qo’shiqlar, she’rlar o’rgatadi, quvnoq o’yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o’z uslubiga muvofiq ishlaydi, umumiy qoidalar, o’quv dasturlari joriy qilinmagan.

Lekin bolalar uchun haqiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni ular 5 yoshga to’lganlaridan keyin boshlanadi. Ana shu yoshda ular «Kinder garden» deb ataluvchi tayyorlov bog’chalariga jalb etiladilar. Ular hukumat tasarrufida bo’lib, bog’chalar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus «maktab avtobusida» uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar yo’l-transport hodisalaridan to’la muhofaza etilgan: sariq rangga bo’yalgan, uning signallari barcha transport vositalari itoat etishga majburdirlar. Maktab avtobuslarini boshqa transport vositalari quvib o’tishimumkin emas, tartibni buzganlar qattiq jazolanadilar.

Ko’chalarda, maktabga ketayotganda yoki qaytayotganda alanglab yurgan, o’ynab futbol tepib yurgan bekorchi bolalarni uchratish amrimahol. Bolalarni maktabda ham, uyda ham shaxsiga tegilmaydi, do’pposlanmaydi, u erkin o’smog’i kerak. Agar biror bola «meni urdi» deb ota-onasidan shikoyat qilsa, ma’lum muddatga ana shu ota-onalar ayrim hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinadilar. Maktabga bolalar o’zlari xohlagan kiyimlarda boradilar. Bolalarni 5 yoshidan maktabga tayyorlash ota-onalarning, bog’cha va maktabning, ommaviy axborot vositalarining ishi.

AQSh televideniesining alohida kanalida «Sezam ko’chasi» deb nomlanuvchi ko’rsatuvlar dasturi mavjud, u o’quvchilarga ingliz tili, alifbo, arifmetik amallarni bajarish, sanash, o’qish, koinot, tabiat, jug’rofiya, tarix bo’yicha bilimlarni o’ta qiziqarli tarzda singdirishga harakat qiladi.

Amerika ko’pmillatli mamlakat. Lekin har bir millat o’z farzandiga milliy urfodatlarini, tilini o’rgatishga jiddiy ahamiyat beradi. Ko’pincha bu vazifalarni katta avlod amalga oshiradi.

Besh yoshli bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning asosini ularni maktabga tayyorlash tashkil etadi. Olti yoshlilar bog’cha guruhlarida bo’lsalar-da, lekin bu guruhlardagi ta’lim boshlang’ich sinfdagi ta’limga yaqin turib, amalda uning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining ta’lim dasturi ko’p jihatdan ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishga mo’ljallangan, u pirovard natijada bolalarni boshlang’ich maktablarga puxta tayyorlab berishga xizmat qilishi kerak. Shuningdek maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarning aqliy va jismoniy, umuminsoniy hislatlarini, bolalar jamoasi ichida o’zini tutish, samimiylik, mehnatsevarlik, foydali xatti-harakatlarning ilk shakllanishiga erishmoqlarini, tozalik, ozodalik va pokizalikka o’rganishlarini ta’minlab berishi lozim.

Amerikada xususiy bogchalar endigina davlat dasturiga kiritilgan. Xususiy bog’chalarda o’quvchilarning o’z fikrini so’zda mukammal, aniq ifodalab bera olishiga, o’zligini anglash, o’zining qadr-qimmatini e’zozlash, shaxsiy qobiliyatini ro’yobga chiqarish tuyg’ularini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. Bolalarda ana shu histuygularini shakllantira borish ilk yoshdanoq boshlanadi.

 

Boshlang’ich maktab

Boshlang’ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarga to’laqonli bilim, berish, ularning umuminsoniy, axloqiy xislatlariga ega bo’lib shakllanishini ta’minlashdan iboratdir.

Boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan o’quv predmetlari va dasturlari bolalarning yoshi, muhitiga moslashgan bo’lib, ular o’quvchilarning umumiy savodxonligini ta’minlab berishdan tashqari ma’lum darajada kasb yo’nalishiga ham ega qiladi.

Sinfdan-sinfga ko’chirish o’quvchining o’qish tezligi, yozuvi, husnixati, arifmetika, tarix, geografiya, musiqa va san’at kabi predmetlarni boshlang’ich sinf dasturi hamda darsliklari doirasida qanday o’zlashtirib olganligiga qarab belgilanadi.

Amerika maktablarida o’quv-tarbiya ishlari bilan bog’liq masalalarni to’laligicha har bir shtat o’ziga mustaqil belgilab olish huquqiga ega. Shu boisdan boshlang’ich maktablarda o’quv davomiyligi shtatlarda turlicha bslgilangan. Ya’ni boshlang’ich ta’lim 4, 5, 6, 8 yillik bo’lishi mumkin. O’quvchilar shu davr ichida ingliz tili, ijtimoiy fan, tabiat va gigiena, matematika, hunarmandchilik va san’at, badantarbiya va sport predmetlaridan saboq oladilar. AQSh maktablarida o’qish har bir o’quvchi uchun faxriftixor bo’lishiga, o’quvchi o’z bilimi, imkoniyati, nuqtai nazariga ishonch hissini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. O’quvchilarni maktabdan bezdirish, ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo’lib qolishlari favqulodda salbiy holat hisoblanadi.

Boshlang’ich ta’lim bosqichidanoq o’quvchilar uchun turli to’garaklar, sayohatlar tashkil etiladi, xilma-xil ko’ngil ochar tadbirlar o’tkaziladi. Lekin ular pullik bo’lib, unga oila byudjetining 10-16 foizi sarflanadi. Qurbi etmaydigan oilalar farzandlariga bu borada ba’zi imtiyozlar beriladi.

O’rta maktab

Amerika Qo’shma Shtatlarida to’laqonli o’rta maktab sirasiga 10, 11,  12-sinflar kiradi. Binobarin, 7, 8, 9-sinflarni aksariyat holda quyi o’rta maktab deb ham yuritiladi. Quyi o’rta maktab kursini muvaffaqiyatli o’taganlar yuqori bosqichga — to’laqonli o’rta maktabga qabul qilinadilar.

Ma’lum darajada 9-sinfni bitirganlar yuqori o’rta maktablarga tanlov yo’li bilan qabul qilinadilar. Lekin yuqori o’rta maktablar o’quvchilarning bilimiga qarab tabaqalashtirilganligi tufayli 86,4 foiz o’quvchi ularga qabul qilinadi.

Amerikalik yoshlarning ko’pchiligi o’rta maktablarni tugatgach, tegishli diplom va maxsus kurslarni bitirganliklarini isbotlovchi hujjatlar oladilar. O’quvchilar odatda ma’lum bir sinfni, kurs yoki maktabni yakunlashda test sinovlariga jalb etiladilar.

O’quvchilar bilimi quyidagicha baholanadi:

A – 95-100 ball;

V – 85-92 ball;

S – 71-80 ball;

D – 65-70 ball;

G – 0-64 ball (qoniqarsiz).

Test natijalariga ko’ra qoniqarsiz baholangan o’quvchilar yil davomida ma’lum vaqt o’tkazib sinovdan qayta o’tkaziladilar. Bu sinovlarga o’quvchilarning sinf muloqotida qatnashganligining natijalari, ogzaki va yozma vazifalarning echimlari ham ilova qilinadi. AQSh maktablarida chorak va o’quv yili natijalariga ko’ra ham o’quvchilar test sinovlaridan o’tkaziladilar.

Ba’zi shtatlarda, shuningdek, Nyu-Yorkda ta’lim departamenti tomonidan belgilangan imtihonlar ham o’tkaziladi.

AQSh maktablarida odatda o’quvchilar o’quv yili davomida ikki marta o’zlashtirish tabeli oladilar. Ayrim okruglarda bunday tabellar har bir fan bo’yicha 6 martagacha beriladi.

Har bir maktab o’quv yili boshlanishidayoq o’z o’quv tartibini oldindan belgilab oladi. U quyidagicha bo’lishi mumkin:

7 seityabr — o’quv yilining boshlanishi;

12 oktyabr — Kolumb kuni munosabati bilan bayram;

21 oktyabr — o’quvchilarning aqliy qobiliyatlarini aniqlovchi test sinovlari;

10 noyabr — insholar konkursi; 22-27 noyabr — dastlabki ta’tillar;

2 dekabr — kollejga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi;

22 dskabr — Rojdestvo ta’tili;

13 yanvar— kollejga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi;

26 yanvar — o’quv yili ikkinchi yarmiga o’tish imtihonlari;

24 fsvral — yaxshi o’quvchilarni aniqlovchi milliy imtihonlar;

2 mart — kollejlarga kirish imtihonlarining uchinchi bosqichi;

5 aprel — 3-davraga o’tish imtihonlari;

12-20 aprel — bahor ta’tillari;

4 iyun — kollejlarga kirish imtihonlarining to’rtinchi bosqichi;

30 may — Xotira kuni;

12 iyun — bitirish kechasi; 20 iyun — yozgi ta’tilga chiqish kuni.

O’rta maktablarda o’quvchilarga o’zlari tanlagan yo’nalishlariga mos holda predmetlar tanlashda ma’lum erkinliklar bor. Masalan, ingliz tili, ijtimoiy fanlar, matematika, fizika predmetlari asosiy fan bo’lib, chet tillari, nafis san’at, kasb ta’limi predmetlari o’quvchilarning xohish, istaklariga qarab qo’yilishi mumkin.

O’rta maktab o’quvchilari kundalik faoliyatida yarim vaqtni o’quv sinflarida, k,olgan vaqtni esa laboratoriya, maydonlar, tajriba uchastkalari, amaliyot uchun mo’ljallangan joylarda o’tkazadilar. 10, 11, 12-sinflarda maktab-oila hamkorligi, ayniqsa, mustahkam bo’ladi. Chunki ayni shu bosqichda o’quvchilarning kasb-korlarga moyilligi to’la qaror topadi.

O’quvchilar va ota-onalarning istaklariga muvofiq, kasb-kor yo’nalishiga mos keladigan predmetlardan olinadigan saboqlarni ko’paytirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, o’quvchi kslajakda qaysi sohaga o’z hayotini bag’ishlashga ahd qilgan bo’lsa, aynan o’sha yo’nalishdagi predmetlarni ustun darajada o’rganib, tayyorgarlik ishlarini olib boradi.

Yuqoridagilardan xulosa shuki, AQSh o’rta maktablari o’z o’quvchilariga uch yo’nalishda: akademik, kasb-kor, umumiy yo’nalishlarda bilim beradilar. Ayni paytda o’quvchilarga to’rt yo’nalishda hunar, kasb-kor asoslarini berib boriladi. Bular quyidagilar:

Birinchisi, qishloq xo’jalik kasblari ta’limi hisoblanib, unda tinglovchilarga fermerlik asoslari o’qitiladi va unda qishloq xo’jaligi bo’yicha menejmentlar etishtirib beriladi. Bunday ta’lim Amerikaning bo’lg’usi fermerlari dasturi asosida ish olib boradi.

Ikkinchisi, biznes ta’limidir. Unda o’quvchilarga tijorat, tijorat iqtisodiyoti, ichki iqtisodiyot mutaxassisligi o’rgatiladi, bunday o’quv yo’nalishlarida o’quvchilarda muruvvat, bsmorlarga g’amxo’rlik qilish, insonparvarlik tuygularini tarbiyalash masalalariga ham jiddiy ahamiyat beriladi.

Uchinchisi, savdo va sanoat ta’limi bo’lib, unda yoshlarga mahsulot ishlab chiqarish va mexaniklik kasbi o’rgatiladi.

To’rtinchisi, qurilish ta’limi bo’lib, bu ta’lim tizimi orqali turli qurilish kasblari bo’yicha bilim va ko’nikmalar beriladi.

Bu kasb dasturlari o’quvchilarni ana shu kasblarga tayyorlashi ham, ularni shu kasb-korni yanada chuqurroq o’rganish bo’yicha o’qishni davom ettirishga ham tayyorlashi mumkin. Bundan tashqari, dasturniig uchinchi turi ham mavjud bo’lib, bu umumiy ta’lim (akademik) dasturidir. Bu dastur kasblar yuzasidan umumiy tushuncha beradi va o’quvchilarga kasblarning o’ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.

AQShda har bir o’quvchining fanlar bo’yicha olgan bilimlarini jamlovchi attestatlar mavjud. O’quvchilarning oliy o’quv yurtlariga kirishlarida ana shu attestat nusxalari topshiriladi. Kollejlarda o’qish istagida hujjat topshirgan o’quvchilar yuqori o’rta maktabning so’nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan o’tkaziladilar. Test sinovlarini amalga oshirish maxsus ta’sis etilgan ta’lim test xizmati hamda Amerika kollejlari test sinovlari xizmati tomonidan ado etiladi.

Test sinovlari tegishli bilimlar bo’yicha o’quvchilarning saviyasini belgilab berishdan tashqari o’g’il-qizlarning tanlagan kasbiga layoqatini va qobiliyatini ham aniqlaydi.

Chunki o’quvchi tanlagan kasb uning tabiatiga, sog’lig’iga, dunyoqarashiga mos kelmay qolishi mumkin. Test sinovlarida attestatda ko’rsatilgan ballar umumlashtiriladi va o’quvchilar tomonidan berilgan tavsifnomalar e’tiborga olinib, kollejga kiruvchining taqdiri belgilab beriladi.

Odatda, o’quvchilarga dastlabki 6 yil davomida barcha o’quv predmetlari bo’yicha bir o’qituvchi bilim beradi. Keyingi 6 yil ichida esa har bir predmet bo’yicha alohida o’qituvchi belgilanadi.

Ayrim maktablar o’quvchilarining o’quv predmetlarini o’zlashtirishda eng yangi o’quv vositalarini qo’llash va o’rganilayotgan darsliklarni programmalashtirish tufayli katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdilar.

Maktablarda qo’llanishi mumkin bo’lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kolligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar), ta’lim televideniesi, qo’lda ko’tarib yuradigan elektron tilla boratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat.

Maktablar ishini tashkil etishdagi yana bir o’ziga xoslik shundaki, o’quv binolaridan butun yil davomida foydalanib turiladi. 1970 yillarda Amerika maorifchilari tomonidan ilgari surilgan «Maktab eshiklari doimo ochiq bo’lsin» degan chaqiriq hozir ham amalga oshirilayotir. Yozgi ta’til kunlarida ham maorifchilar yoshlarga turli mashg’ulot va o’quvlar taklif qiladilar, maktab o’quvchilari bilimini chuqurlashtirish, ular uchun kollejlarga tayyorlov kurslariii tashkil qilish bilan band bo’ladilar.

Oliy ta’lim Amerika Qo’shma Shtatlarida oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi: kichik mutaxassis, bakalavr, magistr, doktor. Oliy ta’limdagi bosqichlar o’z oldiga qo’ygan maqsadi va o’quv dasturlari jihatidan bir-biridan qat’iy chegaralangan. Birinchi bosqich garchi AQSh oliy ta’lim bosqichi deb yuritilsa-da, ularni vazifasiga ko’ra bizdagi maxsus o’rta o’quv yurtlariga tenglashtirish mumkin. Bu bosqich 2 yillik kollej shaklida amalga oshirilib, bitiruvchilarining uchdan ikki qismi 4 yillik kollejlarning III kursiga qabul qilinadilar. Qolgan bir qismi esa kichik mutaxassis guvohnomasini oladi. Ikki yillik kollejlarning 87 foizi davlat ixtiyorida, qolgan 13 foizi esa xususiydir.

Bunday kollejlarga o’rta maktabni tugatganlar o’z iqtidori, qiziqishi va maktabda olgan kasb yo’nalishiga ko’ra turli yo’nalishdagi ixtisoslik bo’limlariga qabul qilinadilar. Bu o’quv yurtlarida o’qish eng yuqori saviyada olib boriladi. Chunki bu toifadagi o’quv asosan dorilfununlar qoshida tashkil etilgan. Ikki yillik kollsjlar deyarli barcha shtatlarda bo’lib, tayyorlangan mutaxassislar o’sha shtatlardagi kadrlarga bo’lgan ehtiyojni qondiradi. Bunday kollejlar asosan kam ta’minlangan, nochor oilalarning farzandlari uchun mo’ljallangandir. Shuningdek, bunday kollejlar yoshlar o’rtasida ishsizlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

I bosqich oliy ta’limni tugallagan talabalarga II bosqichdagi to’rt yillik kollej va universitetlarga kirish imkoniyati beriladi. Bunday oliy o’quv dargohini bitirganlarga 1 darajali bakalavr unvoni beriladi. II bosqich oliy o’quv yurtini bitirganlarning bir qismi nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash uchun to’rt yil ishlab chiqarishga borib ishlaydilar. Chunki bunday kollejlarda talabalar uchun amaliy ko’nikma ko’zda tutilmagan. Bitiruvchilarning eng layoqatlilari aspirantura va doktoranturada o’qiydilar. III bosqich – magistr maktabi hisoblanib, unda o’qish muddati 1-2 yildan iborat. IV bosqich doktorantura bosqichidir. Tinglovchilar unda 3-4 yil ta’lim oladilar.

Oliy ta’lim saviyasining yuqori bo’lishida o’quvchilarni tanlab olish «Iqtidorlilarni izlash» harakatining ahamiyati katta. Bolalarni saralash bilan nafaqat ta’lim boshqarmalari, balki katta-katta ishlab chiqarish korporatsiyalari ham shug’ullanadilar.

Ular iqtidorli bolalar, ularning ota-onalariga katta miqdorda mablag’ sarf qiladilar. Bu borada «Vestixauz» firmasining faoliyati jahonga ma’lum va mashhurdir. Mamlakatdagi «Nobel» mukofoti sovrindorlarining uchdan bir qismini aynan shu firma tanlagan iqtidorli kishilar tashkil etadi.

Ko’rinib turibdiki, oliy ta’lim zamini o’rta maktablarda tayyorlanadi. Shuning uchun ham AQSh maktablarida o’quvchilarning boshlang’ich ta’lim bosqichidayoq tabaqalashtirish keng rusumga kirgan.

AQSh ta’lim tizmmining oliy bosqichi to’g’risida gap ketar ekan, uning ikki an’anaviy yo’nalishi mavjudligini qayd etmoq kerak. Birinchisi, bu ta’limni individuallashtirish bo’lsa, ikkinchisi, talabalarning mustaqil ishlashlarini amalga oshirishdir. Ta’lim individualligining ma’nosi shuki, bunda u yoki bu mavzuni o’zlashtirishda qat’iy o’lchov yo’q. Masalan, talaba mavzuni o’z layoqatiga ko’ra boshqalardan tezroq o’zlashtirishi mumkinligi; berilgan mavzuni o’zlashtirmay turib keyingisiga o’tmaslik; talabaning kompyuter yordamida mustaqil ta’limiy dasturlarni tuza olishi; ma’ruzani to’liq axborot berish vositasi sifatida emas, balki ta’limga yo’naltiruvchi usul sifatida qo’llash; yozma ishlar ahamiyatini oshirish; bilimni tekshirishning ko’p tarmoqli uslublarini joriy etishdan iboratdir. Bunda o’qituvchi talabaning mavzularni o’zlashtirish sifatidan doimo xabardor bo’lib turadi. Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa shuki, Amerika pedagogikasida ta’limning bosh maqsadi intellektni mashq qildirish, xulosalash, mantiqan fikrlash qobiliyatini o’stirishdan iboratdir. Mustaqil shug’ullanish, esa, ta’lim olish erkinligini, xohishiga ko’ra uslub tanlashni ta’minlaydi.

Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.

Mavzular.

manba