Hozirgi o‘zbek adabiy tilining unli fonemalari haqida.

0
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining unli fonemalari haqida.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining unli fonemalari haqida.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining unli va undosh fonemalari. Unli fonemalar haqida.

Vokalizm o`zbek adabiy tilining unlilari tizimidir. U 6 ta fonemani – i, e, a, u, o`, o tovushlarini o`z ichiga oladi. Fonemalar miqdori bilan harflar (grafemalar) miqdori o`rtasidagi bunday har xillik ularning boshqa-boshqa hodisalar ekanligidan dalolat beradi.

Unli fonemalar undoshlardan quyidagi belgilariga ko`ra farqlanadi: a) fizik-akustik jihatdan: unlilar ovozdan tarkib topadi, unda shovqin qatnashmaydi. Undosh tovush tarkibida esa shovqinning bo`lishi shart; b)anatomik-fiziologik jihatdan: unli tovushlar talaffuzida nutq a’zolari to`siq (fokus) hosil qilmaydi, bu hol o`pkadan kelayotgan havo oqimining og`iz bo`shlig`ida to`siqqa uchramay o`tishini ta’minlaydi.

Undoshlar artikulyatsiyasida esa, albatta, to`siq (fokus) hosil qilinadi, havo oqimi shu to`siqdan portlab, sirg`alib yoki titrab o`tadi, bu jarayon undosh tovush uchun kerak bo`lgan shovqinni yuzaga keltiradi; c) lingvistik-funksional jihatdan: unlilar ham, undoshlar ham so`z va morfema tarkibida «qurilish materiali» sifatida (shakllantiruvchi funksiyada) qatnashadi; shakllantirilgan fonetik so`z yoki morfemalarning tovush qobig`ini bir-biridan farqlaydi, shu orqali ularning ma’nolarini tafovutlash imkonini yaratadi.

Yana: unlilar bo`g`in hosil qiluvchi asosiy tovushdir, undosh fonemalar esa unli bilan birga qatnashadi, o`zicha bo`g`in hosil qilmaydi (sonantlar bundan mustasno, chunki ularda bo`g`in hosil qilish xususiyati bor). Shuning uchun bo`g`in tarkibidagi unli shu bo`ginning cho`qqisi («vershina sloga») sanaladi. Bundan tashqari, unlining yolg`iz o`zi leksik yoki morfologik birlik statusiga ko`tarilishi mumkin: uchinchi shaxs, birlik ma’nosidagi «u» olmoshining, shuningdek, «a?» so`roq yuklamasining ifoda plani —moddiy-material asosi bir unlidan iboratligi buning dalilidir. Undoshlarda esa bu xususiyat yo`q.

O`zbek tilshunosligida unli fonemalar quyidagi uch belgi asosida tasnif qilinadi:

1.Lablarning ishtirokiga ko`ra: a) lablashgan unlilar (u,o`,o). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shaklida bir oz cho`ziladi; b) lablashmagan unlilar (i,e,a). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shakliga kirmaydi va cho`zilmaydi.   Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «lablanish-lablanmaslik oppozitsiyasi» talablaridan kelib chiqadi.

2.Tilning vertikal harakatiga ko`ra: a) yuqori tor unlilar (i,u). Bu unlilarni talaffuz qilishda og`iz tor ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham tor bo`ladi; b) o`rta keng unlilar (e,o`). Bu unlilarni talaffuz qilishda og`iz o`rta darajada ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham o`rtacha kenglikda (yuqori ko`tarilish bilan quyi ko`tarilish orasida) bo`ladi; v) quyi keng unlilar (a,o). Bu unlilarni talaffuz qilishda og`iz keng ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham yuqoridagi ikki holatdan ancha keng bo`ladi. Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «tilning uch darajali ko`tarilishi» oppozitsiyasiga asoslanadi.

3.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko`ra: a) old qator unlilar (i,e,a). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiraladi (demak, oldinga cho`ziladi); b)orqa qator unlilar (u,o`,o). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiralmaydi (demak, bir oz orqaga tortilgan bo`ladi).

Tasnifning birinchi va ikkinchi moddalaridagi belgilar (lablanish-lablanmaslik tilning yuqori, o`rta va quyi ko`tarilishiga asoslangan alomatlar) fonemalarning fonologik xususiyatlarini ifodalaydi. Uchinchi moddadagi belgi (yotiq harakatdagi alomatlar) esa o`zicha fonologik rol o`ynamaydi, chunki tovushlarning old qator yoki orqa qator bo`lishi lablarning ishtirokiga bog`liq: lablanmaslik tilning tish tomon siljishini, lablanish esa tilning tishdan orqaga tortilishini taqozo qiladi. Demak, old qator (i,e,a,) va orqa qator (u,o`,o) unlilarining fonologik xususiyati lablar ishtirokisiz namoyon bo`lmaydi. Tasnifning bu turi quyidagi jadval shaklida berilishi mumkin;

Tilning vertikal (tik) harakatiga ko`ra Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga va lablarning ishtirokiga ko`ra.
Old qator, lablanmagan Orqa qator, lablangan
1. Yuqori tor unlilar i u
2. O`rta keng unlilar e o`
3. Quyi keng unlilar a o

O`zbek tilshunosligida unli fonemalarning boshqacharoq tasniflari ham bor. Chunonchi, «o`zbek tilining taraqqiyot bosqichlari» (B. To`ychiboyev) nomli qo`llanmada vokalizm tizimining qadimgi turkiy, eski o`zbek va hozirgi o`zbek adabiy tillaridagi holatlari diaxron (tarixiy) planda o`rganilib, hozirgi o`zbek adabiy tili vokalizmida ham, eski o`zbek adabiy tilida bo`lganidek, 9 ta unli bor, degan xulosa beriladi (26,25-b.) Bu unlilarning sifat belgilari ham boshqacharoq baholanadi.

1.Tilning ko`tarilishi va uning tanglay tomon yaqinlashuviga ko`ra:

  1. til oldi (oldingi qator) unlilari –i (i),e;
  2. til orqa (orqa qator) unlilari – (a), a, u, o; 2.Lablarning holati va ishtirokiga ko`ra:
  3. lablangan – u,ō,o,ö;
  4. lablanmagan – (ä),a, (ã),i,.

3.Tilning ko`tarilishi va og`izning ochilish darajasiga ko`ra:

  1. tor unlilar – i(i), u, ō;
  2. o`rta keng unlilar – e,o,ö;
  3. v) keng unlilar – (ä), a, (ã).

Yuqoridagi tasnifni xulosalab, muallif shunday deydi: «Hozirgi zamon o`zbek adabiy tilida oltida unli fonema bo`lib, ularni belgilariga ko`ra jadvalda shunday ko`rsatish mumkin (4,21-b):

Tilning ko`tarilish o`rniga ko`ra Til oldi (oldingi qator) Til orqa qator
Labning holati va ishtirokiga ko`ra lablanmaganlar Lablanganlar Lablanma- ganlar Lablanganlar
Tilning ko`tarilish va og`izning ochilish darajasiga ko`ra        
Tor unlilar i ō   U
o`rta keng unlilar e Ö O
Keng unlilar e(a) a (a)  

Risoladankeltirilganbuma’lumotlarni (tasnifvajadvalni) quyidagichasharhlashmumkin: o`zbekadabiytilivokalizmi 6 unlidaniborat, ammoularningnutqdagirealko`rinishlari (demak, ottenkalari) anchako`p.

«Ularnibelgilarigako`rajadvaldashundayko`rsatishmumkin» deyilgandaaynishuottenkalarnazardatutilganbo`lsakerak.

Prof. M. Mirtojiyevning «O`zbektilifonetikasi» o`quvqo`llanmasidahambumasala o`zgachayoritilgan. Unda tor unlilarga i, i, u, u, o`rta keng unlilarga e,e,o keng unlilarga esa e,a, tovushlari kiritilgan. Tilning yonlama harakatiga ko`ra ular old qator (i, i, u, e, o) va orqa qator (u, o, a) tiplarga, lab ishtirokiga ko`ra esa lablangan (u, u, , o) va lablanmagan (i, i, e) tiplarga bo`lingan. Bu tasnifda ruscha o`zlashmalarda qo`llanadigan i, fonemalarining o`zbek tili vokalizmi tarkibida berilganini ko`ramiz (16,16-20).

Shunday qilib, o`zbek adabiy tili vokalizmining tasnifi va tavsifi masalalari hozircha ancha munozarali bo`lib qolayotganligini anglash qiyin emas. Bunday munozaralarga sabab bo`layotgan omillar qatorida quyidagilar bor: 1) eski o`zbek adabiy tili vokalizmiga xos 9 unlili tizimning hamda shu tizimga xos kontrast juftliklarning (i-, u-u, -a, -o kabi oppozitsiyalarning) hozirgi o`zbek adabiy tili vokalizmida ham saqlanganligini asoslashga intilish; 2) qipchoq lahjasi shevalari vokalizmiga xos fonologik xususiyatlarning hozirgi o`zbek adabiy tili vokalizmida borligini asoslash harakati; 3) fonemalar o`rnida ularning ottenkalarini (allofonlari, variatsiyalarini) ko`rsatish holatlarining mavjudligi; 4) quyi keng «a» fonemasining lablanish-lablanmaslik belgisiga berilayotgan tavsiflarning har xilligi va boshqalar.

Ayrim unlilar tavsifi:

«i» fonemasi- yuqori tor, old qator, lablanmagan unli. Bu fonema so`zning barcha bo`g`inlarida uchraydi; ikki ( birinchi va oxirgi bo`g`inlarda), birinchi (birinchi,ikkinchi va oxirgi bo`g`inlarda) kabi. U chuqur til orqa q, g`, x undoshlari bilan yonma-yon kelganda yo`g`on (orqa qator) unli tarzida, boshqa barcha pozitsiyalarda esa ingichka (old qator) unli sifatida talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: kir va qir, tarkib va targ`ib, himmat va xilvat kabi. Urg`usiz bo`g`inda kuchsizlanadi: biroq, bilan (b’r q, b’l n) kabi. So`zning oxiridagi ochiq bo`g`inda bir oz kengayadi; bordi>borde, ketdi > kette kabi:

«e» fonemasi – o`rta keng, old qator, lablanmagan unli. Bu fonema bir bo`g`inli so`zlarda (men,sen,besh kabi), ko`p bo`g`inli so`zlarning birinchi bo`g`inida (beshil, etik, telpak kabi) ko`proq qo`llanadi.

Tobe, tole, voqe, foye, telefon, televizor kabi o`zlashma so`zlarda qo`llangan «e» unlisi etimologik jihatdan o`zbekcha»e» ning o`zi emas.

O`zbekcha “e” ekin, eshik so`zlarining boshidagi to`la ochiq bo`g`inda, shuningdek, ertak, ellik kabi so`zlar boshidagi berkitilmagan bo`g`inda ochiqroq talaffuz etiladi, begzod, mergan kabi so`zlar boshidagi to`la yopiq bo`g`inda yumuqroq bo`ladi; xez, xezlamoq kabi so`zlarda (chuqur til orqa x undoshi bilan yonma-yon kelganda) esa orqa qator, yo`g`on unli tarzida aytiladi;

“a” fonemasi – quyi keng, old qator, lablanmagan unli. So`zning barcha bo`g`inlarida kela oladi: anor (birinchi bo`g`inda), telpak (ikkinchi,oxirgi bo`g`inda), nafaqa (so`zning uchala bo`g`inida) kabi.

Bu fonema ham, boshqa unlilarda bo`lganidek chuqur til orqa q,g`,x undoshlari bilan yonma-yon qo`llanganda orqa qator, yo`g`on unli tarzida talaffuz qilinadi, sayoz til orqa q, g, ng, til o`rta y va faringal h undoshlari bilan yondosh bo`lganda esa sayoz til orqa, ingichka ottenka bilan aytiladi. Qiyos qiling: kasal va qasam, kamar va qamar, taka va taqa, mahal va shag`al, so`gal va nag`al, nasihat va tilxat, dangal va dag`al kabi;

“u” fonemasi – yuqori tor, orqa qator, lablashgan unli. So`zning barcha bo`g`inlarida qo`llanadi: uka (birinchi bo`g`inda), uzum (birinchi, ikkinchi bo`g`inlarda), ko`zgu (oxirgi ochiq bo`g`inda) kabi. Urg`uli bo`g`inda kuchli, bir oz cho`ziq; urg`usiz bo`g`inda esa qisqa, kuchsiz talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: butun, uchun, tuzuk (birinchi bo`g`inlar – urg`usiz, oxirgi bo`g`inlar- urg`uli) kabi. Bu unli ham q, g`, x bilan yondosh qo`llanganda yo`g`onlashadi (orqa qator ottenkaga aylanadi), q, g, ng, y, h kabi undoshlar bilan yonmayon kelganda esa old qator, ingichka ottenka bilan aytiladi. Qiyos qiling: kul va qul, tugun va turg`un, ko`zgu va qayg`u, buyuk (buy uk)va urug`, hukm va xulq, guv va g`uv, mangu va urg`u kabi;

“o`” fonemasi – o`rta keng, orqa qator, lablashgan unli. Sodda so`zning birinchi bo`g`inida qo`llanadi: o`n, bo`r (bir bo`g`inli so`zlar), o`tin, to`lqin (ikki bo`g`inli  so`zlar) kabi. Birinchi bo`g`indan keyin qo`llanish holatlari ayrim qo`shma so`zlarda (gultojixo`roz, Go`ro`g`li kabi) yoki tojikcha o`zlashmalarda (obro` so`zida) uchraydi. Bu unli ham q, g,h,y undoshlari yonida ingichkalashadi (old qator ottenka bilan qo`llanadi), q, g`,x undoshlari yonida esa yo`g`on talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: ko`l va qo`l, go`l va g`o`r, ho`l va xo`r (“xo`r bo`lmoq), yo`l va xo`sh kabi;

“o” fonemasi –quyi keng, orqa qator, kuchsiz lablashgan unli. Bu fonema ham so`zning barcha bo`g`inlarida uchraydi: ota (birinchi bo`g`inda), bahodir (ikkinchi bo`g`inda), baho (oxirgi bo`g`inda), bobo (har ikkala bo`g`inda) kabi; q, g, y, h undoshlari yonida ingichka (old qator unli tarzida), q, g`, x undoshlari yonida esa yo`g`on (orqa qator unli tarzida) talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: komil va qobil, gov va g`ov, yosh (yosh) va qosh, hol va xol kabi.

IZOH: yer, bayon, tayoq, yaxshi,yurak kabi so`zlar tarkibidagi unli fonemalarga tavsif berilganda ye,yo,yu,ya grafemalarining ikkitadan tovushni (y+e, y+o,y+u,y+a fonemalarini) ifodalayotganligi hisobga olinadi, shunga ko`ra “y” undoshi alohida “e”, “o”, “u”, “a” unlilari ham alohida tavsiflanadi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining unli fonemalari haqida.

Mavzular.

manba