Hujum texnikasi va uning tasnifi.

0
Hujum texnikasi va uning tasnifi.

Hujum texnikasi va uning tasnifi.

Hujum texnikasi va uning tasnifi.

Holatlar. Voleybol o‘yinida o‘yinchilar to‘p bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu o‘yin Sharoitida o‘yinchi to‘p bilan o‘ynaishi uchun Yuqori tayyorgarlik ko‘rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallash kerak.

Hujum zarbasini berish va to‘siq qo‘yishda – baland, o‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishda – o‘rta, hujum zarbasini yoki to‘siqdan pastlab qaytgan to‘pni qabul qilishda – past (3-rasm) holatlar egallanadi.1 Bunda UOM (umumiy og‘irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, o‘yinchining bo‘yi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati Shunday bo‘lishi kerakki, bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini bera olsin.

Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo‘llanilish xususiyatiga qarab statik (o‘yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazish bilan to‘pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to‘siq qo‘yishni kutishda) holatlarda bo‘ladi. Bu turish holatlarida qo‘llar bel barobarida, barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bo‘ladi. Gavda erkin holatda bo‘lishi kerak.

Harakatlanish. O‘yinchi ma’lum bir texnik usulni bajarish uchun maydon bo‘ylab harakatlanadi. Bunda usul va o‘yinning vaziyatiga bog‘liq holda, qadam tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, sakrab, yugurib, yiqilib turli harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlaish va yugurish bilan qilinadigan harakatlar birmuncha yumShoq (UOM tebranishining sustligi sababli) bo‘ladi. Yon tomonga qadamlaishdan ko‘p hollarda katta bo‘lmagan masofani bosib o‘tish bilan to‘siq qo‘yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki to‘siqdan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib qaytgan to‘pni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli harakat yo‘nalishiga Yaqin bo‘lgan oyoqdan boshlanadi. Sapchib, sakrab, yugurish bilan bo‘ladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qo‘llaniladi. Ko‘rib chiqilgan harakatlardan ko‘p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi.

Dastlabki holatlar. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga tayyorgarlik fazasini

belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay Sharoitni va harakatlanishni ta’minlaishi darkor.

Bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay Sharoit yuzaga

keltiriladi. To‘pni: tayanch holatdan ikki qo‘llab, sakrab ikki qo‘llab, sakrab bir qo‘llab, orqaga yiqilib turib ikki qo‘llab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi.

Yo‘nalishi bo‘yicha to‘p uzatishlar (to‘p uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha bo‘ladi: oldinga, o‘z ustiga, orqaga.

Uzunligi bo‘yicha: uzun – zonalar osha; qisqa – zonadan zonaga; qisqartirilgan – zona doirasida.

Balandligi bo‘yicha: baland – 2 m dan Yuqori, o‘rtacha – 2 m gacha, past – 1 m gacha. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda to‘pga  sekin, tez va katta tezlanish beriladi. To‘pni to‘rga Yaqin – 0,5 m gacha va uzoq – 0,5 m dan ortiq masofada berish mumkin.

To‘pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qo‘lning to‘pga qarama-qarshi harakati, amortizatsiya va to‘pni yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi. Dastlabki holatdan to‘p tomon harakatlangandan so‘ng voleybolchi  vertikal holatda, oyoqlarining bukilish darajasi to‘p yo‘nalishining balandligiga va uchish tezligiga bog‘liq holda, oyoq kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qo‘lga nisbatan qarama-qarshi) bir oz oldinda bo‘ladi. Qo‘llar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan bo‘ladi

Qo‘llar to‘p bilan yuz tepasida to‘qnaishadi. Bunda bosh barmoq asosiy nagruzkani qabul qiladi,

ko‘rsatkich barmoqlar esa zarba berishda asosiy bo‘ladi. O‘rta barmoq kamroq ravishda, nomsiz va jimjiloq asosan to‘pni yon tomondan ushlab turishga xizmat qiladi. To‘pga yo‘nalish berishda qo‘l, oyoq va gavda muShaklarini kuchlanishi o‘zaro birgalikdagi Yaxlitlik bilan izohlanadi. Bunda gavdaning UOM birmuncha Yuqoriga–oldinga ko‘chadi va gavdaning og‘irligi ikki oyoqning uchiga tushadi. Qo‘llar to‘pni uzatish oxirida to‘liq to‘g‘rilangan holatda bo‘ladi.

Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda, to‘p baland berilganda yoki to‘pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to‘p uzatish usulidan foydalaniladi. Bu holatda qo‘llar bosh ustidan birmuncha baland ko‘tariladi va qo‘llarning faol ishlaishi hisobiga sakraishning Yuqori nuqtasidan to‘p uzatiladi. Xuddi Shu holatda qisqa to‘p uzatishda asosiy harakat qo‘l barmoqlarining faol ishlaishi hisobiga amalga oshiriladi (6-rasm).1

To‘pni orqa tomonga (mo‘ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda o‘yinchi to‘pning

tagiga kirib boradi. Bunda qo‘lning orqa kaft qismi bosh orqasigacha ko‘tariladi. To‘p uzatish qo‘llarni tirsak qismida bukib-yozish hisobiga bajariladi, gavda orqaga-Yuqoriga harakatlanadi, bunda harakat umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel qismlarining bukilishi hisobiga bo‘ladi (7-rasm).2  Sakrab orqaga to‘p uzatish xuddi tayanch holatda orqaga to‘p uzatish kabi bajariladi. To‘p uzatishning eng murakkab usuli bu sakrab bir qo‘l bilan to‘p uzatishdir. Bu usul to‘p to‘r ustiga kelib qolgandagi murakkab Sharoitda bajariladi. Bu holda qo‘l tirsaklarda bukilib, oldinga chiqariladi (8-rasm). Kaftlar oldinga qaratiladi, barmoqlar bukilib, tarang holga keltiriladi. To‘p uzatish tirsak bo‘g‘inining bukib-yozilishi hisobiga bajariladi.

Muallif: R.N.Ro`zmetov

Mavzular.

manba