Hujumda ijro etiladigan guruhli taktik harakatlarga O’rgatish.

0
Hujumda ijro etiladigan guruhli taktik harakatlarga O'rgatish.

Hujumda ijro etiladigan guruhli taktik harakatlarga O'rgatish.

Hujumda ijro etiladigan guruhli taktik harakatlarga O’rgatish.

Birinchi» to‘p uzatishda qo‘llaniladigan tayyorlov va yondaishtiruvchi mashqlar.

  1. Shug‘ullanuvchilar 4,3,2-zonalarda hujum chizig‘i bo‘ylab joylaishadilar. 4-zonada turgan o‘yinchi qo‘lida to‘ldirma to‘p bo‘ladi, u o‘z ustiga to‘pni irg‘itadi. Shu vaqtda uning qolgan ikki Sherigidan biri to‘r oldiga chiqadi. 4-zonadagi o‘yinchi o‘z ustiga: irg‘itgan to‘pni ilib olgandan so‘ng, to‘pni to‘r oldiga chiqqan o‘yinchiga tashlaydi.
  1. 1 ta o‘yinchi orqa zonada to‘pni qabul qilish joyida, uchtasi 4,3,2-zonalarda joylaishadi. Qarshi maydonchada turgan o‘yinchi to‘ldirma to‘pni to‘r ustidan qarama-Qarshi tomonga tashlaydi. Shu vaqtda to‘r oldida turgan uch o‘yinchidan biri to‘pga chiqadi. To‘pni ilib olgandan so‘ng, uni to‘r ustidan Yana qaytaradi.
  2. Shu maishq, faqat voleybol to‘pi bilan ijro etiladi.

Texnikaga oid mashqlar.

  1. 1 ta o‘yinchi 6 (5,1)-zonada joylaishadi va to‘pni qabul qilishga hozirlanadi, uchta o‘yinchi 4,3,2-zonalarda joylaishadi. 6 (5,1)-zonada turgan o‘yinchi kiritilgan to‘pni qabul qiladi va oldingi chiziqda turgan o‘yinchilarni kuzatadi, ularning qaysi biri qo‘lini ko‘tarsa, to‘pni o‘Sha o‘yinchiga yo‘llaish kerak bo‘ladi.
  2. Shu maishq, faqat orqa zonalardan oldinga chiqadigan o‘yinchi harakati asosida bajariladi. Taktikaga oid mashqlar. Mashqlarning asosiy yo‘nalishi – o‘yin vaziyatiga mos holda harakat

usulini tanlaishdan iborat.  Masalan, to‘pni qabul qilishda o‘yinchilarning o‘zaro harakatini to‘r oldiga orqa chiziqdan chiquvchi o‘yinchi harakati bilan bog‘lab, Yuqorida qayd etilgan mashqlarni bajarish. «Ikkinchi» to‘pni uzatishda tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar.  Bunday mashqlar to‘ldirma to‘p (uloqtirish va ilib olish) yoki voleybol to‘pi (o‘z ustiga irg‘itganidan so‘ng to‘pni uzatish)dan foydalangan holda bajariladi.

Texnikaga oid mashqlar.

  1. To‘p uzatuvchi to‘r oldida 3 va 2-zonalar chegarasida joylaishadi, ikkinchi o‘yinchi 3-zonada, uchinchi – 4-zonada joylaishadi. Ikkinchi o‘yinchi 3-zonadan past berilgan to‘pga zarba berish uchun chiqadi, to‘p uzatuvchi 4-zonaga to‘p yo‘llaydi, 3-zonada turgan o‘yinchi hujum zarbasini taqlid qiladi.
  2. Shu maishq, faqat 3-zonada 1 ta to‘siq qo‘yuvchi qo‘Shilgan holda bajariladi. To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi qaysi tomonga harakat qilsa, to‘p uzatish Qarshi tomonga yo‘naltiriladi.

Taktikaga oid mashqlar. Ushbu mashqlarni texnikaga oid mashqlardan farqi Shuki, bunda ijro etiladigan mashqlar turli o‘yin vaziyatlariga binoan joy tanlaish va harakat usulini tanlaish bilan bog‘liqligidir. Taktik vazifalar asta-sekin murakkablaishtirilib boriladi. Oldingi va orqa chiziq o‘yinchilarining o‘zaro harakati asosida taktik vazifalar hal etiladi.

Taktik mashqlar to‘siqsiz va to‘siqlar ishtirokida bajariladi. «Birinchi» va «ikkinchi» to‘p uzatish elementlarini birga qo‘Shgan holda taktik mashqlarni qo‘llaishda ham tayyorlov, yondoshtiruvchi, texnika va taktikaga oid maishqladan foydalaniladi.

Hujumda qo‘llaniladigan guruhli taktik mashqlar to‘siqlar ishtirokida o‘zlashtiriladi. Bunda favqulodda ro‘y beradigan turli o‘yin vaziyatlari Yaratiladi. Taktik mashqlar turli signallar (tovush, Qarsak, ko‘rsatma, buyruq, ishora) asosida amalga oshiriladi.

Hujumda qo‘llaniladigan jamoa taktik  harakatlariga O‘rgatish O‘rgatish jarayonida jamoa taktik harakatlari pirovard maqsad qilib olinadi.

Hujumda qo‘llaniladigan jamoa taktik harakatlarining samaradorligi Yakka va guruhli taktik  harakatlar samaradorligi bilan belgilanadi. Shuning uchun: 1. Dastavval jamoani qaysi taktik tizim bo‘yicha o‘ynaishi aniqlanadi;  2. Shu asosda eng samarali guruhli taktik harakatlar tanlanadi; 3. Keyingi bosqichda Yakka taktik harakatlarga o‘yin vaziyatini Yakunlovchi elementi sifatida ustuvorlik beriladi.

Hujumda qo‘llaniladigan jamoa taktik harakatlariga O‘rgatishda avvalambor o‘yinni oldingi chiziq o‘yinchi (uzatuvchi)si orqali uyushtirish tizimi so‘nggi bosqichda o‘zlashtirilishi tavsiya etiladi. Jamoa taktik harakatlariga O‘rgatish 6 o‘yinchi – «jamoa» ishtirokida tashkil etiladi.

Hujumda    qo‘llaniladigan    jamoa    taktik    harakatlariga    O‘rgatishda    ham    tayyorlov, yondoshtiruvchi, texnika va taktikaga oid mashqlar qo‘llaniladi.Jamoa taktik harakatlari voleybol maketlarida fishkalarni turli taktik rejalar va tizimlar bo‘yicha joylaishtirish, ularni turli o‘yin vaziyatlarini yuzaga keltirgan holda to‘g‘ri joylaishtirish vazifalarini hal qilish orqali nazariy (taktik fikrlaish) jihatdan o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, mashg‘ulotlarda turli jamoa taktik harakatlarini maydonda taqlid qilish, to‘ldirma to‘p, gandbol to‘pi, tennis to‘pi va voleybol to‘pi yordamida jamoa oldiga qo‘yilgan turli taktik vazifalar hal etiladi.

Jamoa taktik harakatlari maydonda joylaishgan 6 ta o‘yinchining o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi,har bir o‘yinchini va har bir guruhli harakatni jamoa taktik rejasiga bo‘ysunishi, ularni o‘yin vaziyatiga qarab bir-birini to‘g‘ri va vaziyatga mos taktik vazifani amaliy hal qilishi asosida o‘zlashtirilib boriladi.

Hujumda qo‘llaniladigan jamoa taktik harakatlarini o‘zlashtirishda «ichki» (charchaish, haYajonlanish, xavotirlanish va h.k.) va «tashqi» (harorat, namlik, atmosfera bosimi, «kuchli raqib», tomoshabinlar olqishi va h.k.) muhit omillari ta’sirlarini modellaishtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Muallif: R.N.Ro`zmetov

Mavzular.

manba