Ichki cho’ntaklarni tikish usullari.
Ichki cho’ntaklarni tikish usullari. Ichki cho’ntaklar konstruktsiyasi turli tuman bo’lib, erkaklar va o’g’il bolalar ustki kiyimining old bo’lagi astarida, ayollar ustki kiyimining esa adip bilan astarning ulaniSh choklarida tikiladi va qirqma, choqtsagi turlariga bo’linadi. Korxonaning tovar belgisi ko’pincha ko’rinma ustiga bostirib tikilgan yoki ko’rinmani cho’ntakxaltaga tikish chokiga qo’yilgan bo’ladi. Ko’pincha erkaklar kiyimi ichki cho’ntaklarining tugma va izmali taqilmasi bo’ladi.
Ichki cho’ntaklarning astar gazlamadan listochka qo’yilgan, avra gazlamadan listochka qo’yilgan, ikki mag’izli ramkali, yaxlit bichilgan astarning old bo’lagida, yaxlit bichilgan cho’ntak xalta bilan tikilgan turlari bor. Bu cho’ntaklarning tikiliShi 3 bosqichdan iborat:
Cho’ntak og’zini bezatadigan listochka yoki mag’izni tayyorlash;Cho’ntak xaltani tayyorlash; Cho’ntakni tikib yig’ish.Astar gazlamadan listochka qo’yilgan ichki cho’ntaklarni tikish. Old bo’lakka cho’ntak o’rni 3 ta chiziq bilan belgilanadi.
Ichki cho’ntaklarni tikish usullari.Listochka tayyorlash uchun cho’ntak xalta ustiga astarlik gazlama parchasi bostirib tikiladi . So’ngra cho’ntak xaltaning yuqori qirqimi bu bo’lak bilan o’ralib listochka hosil qilinadi. Cho’ntak xalta o’nga qotirma bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi cho’ntak xaltaga ko’rinma bostirib tikiladi . Tayyor listochka old bo’lakka belgilangan chiziqbo’ylab ulanadi . Ulangan listochka etak tomon qayrilib, cho’ntak xaltaning ko’rinma ulangan qismi listochka ulangan chokdan tayyor listochka eniga teng masofaga ulanadi .
Baxyaqatorlar orasida old bo’lak astari cho’ntak uchlariga 1,5 sm yetkazmay qirqiladi va baxyaqator tomonga 0,1 sm. yetkazmay qiyalatib qirqiladi. Cho’ntak xaltalar teskari tomonga ag’darilib, listochka uchlari teskari tomonga o’tkaziladi. Cho’ntak xaltaning uchala tomoni tikiladi. Cho’ntakning yon va ust tomoniga uning pishiqligini oshirish uchun 2 mm. naridan baxyaqator yuritiladi. Avra gazlamadan listochka qo’yilgan ichki cho’ntaklarni tikish Cho’ntak xaltaga ko’rinma pastki chetlari 0,7 sm. bukilib, bostirib tikiladi.
Ichki cho’ntaklarni tikish usullari.Cho’ntak o’rni 3 ta chiziq bilan belgilanadi. Avralik gazlamadan olingan listochka o’rtasidan buklanib dazmollanadi. Belgilangan chiziq bo’ylab listochka qirqimi yuqoriga qilinib, ustiga cho’ntak xaltaning bir qismi o’ngi pastga qilinib, old bo’lak astariga ulanadi . Ko’rinma ulangan cho’ntak xaltaning ikkinchi qismi tayyor listochka kengligiga teng masofada old bo’lakka ulanadi. Baxyaqatorlar orasida old bo’lak astari qirqiladi. Cho’ntak xaltalar teskari tomonga ag’darilib to’g’rilanadi va uchala tomoni cho’ntak og’zi uchlarini puxtalab tikiladi . Pishiq bo’lsin uchun listochka yon tomonlariga va ko’rinma ulangan chok ustiga baxyaqator yuritiladi.
Muallif: Raximova G.P ,Dushamov S. X.







