ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKTSIONAL AHAMIYATI.

0
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKTSIONAL AHAMIYATI.

ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKTSIONAL AHAMIYATI.

ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKTSIONAL AHAMIYATI.

Organizmdagi har xil a`zolarning unumli kelishib ishlashida asosiy o`rin tutadigan xususiyati, bu a`zolarning bir-biri bilan kimyoviy bog`liqligidir. Bu bog`liq butun hayvonot olamiga ta`aluqli bo`lib, organizmning ma`lum bir qismlarida ishlab chiqarilgan kimyoviy  moddalarning qon tomirlari orqali qonga o`tib, a`zolarning bir me`yorda ishlashini ta`minlab turilishi, albatta, nerv sistemalarining  ta`siri ostida boradi. O`z ta`sirlari orqali a`zolarning ish faoliyatini bir me`yorda boshqarilishini ta`minlab turuvchi asosiy kimyoviy qurol, ya`ni odam va hayvon organizmdagi maxsus bezlarga ishlab chiqariladigan modda, garmon deyiladi.

ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKTSIONAL AHAMIYATI.Garmon grekcha so`zdan olingan bo`lib, «harmao»  ya`ni, «harakatga keltiraman, qo`zg`ataman» degan ma`noni bildiradi. Garmonlar maxsus hajmi jihatdan uncha katta bo`lmagan a`zolardan, ya`ni ichki sekretsiya bezlaridan ishlab chiqariladi. Ular to`g`ridan- to`g`ri qon tomir va limfa kapilyarlari orqali qonga o`tib, organizmda sodir bo`ladigan bir qancha jarayonlarda ishtirok etadi.

Garmonning maxsus xususiyatlari

  1. Garmonlar har bir a`zoning funktsiyasiga alohida ta`sir qiladi va shu bilan birga butun organizmga bo`ladigan jarayonlarda ishtirok etadi.
  2. Garmonlar yuqori biologik faolligi bilan ajralib turadi: masalan: 1 gr adrenalin 1000 ta baqa organzmiga kiritilsa ularda yurak ish faoliyatini tezlashtiradi, 1 gr insulin 125000 ta quyon qonidagi qand moddasini pasaytiradi.
  3. Garmonlarning masofada ta`mir etishi, ya`ni qon orqali borib, a`zolarning ishlash jarayonini faollashtiradi yoki susaytiradi.
  4. Garmonlar juda kichik molekulyar tuzilishga ega bo`lib, to`qimalarda oson va tez o`tish xususiyatiga ega.
  5. Garmonlar doimiy ishlab chiqariladi, chunki ular hujayralarda tez ta`sir etish xususiyatiga ega.
  6. Garmonlar tur tanlamaydi, shuning uchun ham ular hayvonlar organizmidan olinib, kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

Garmonning  umumiy xususiyati

  1. Garmonlar organizmni o`sishini faollashtiradi va uning belgilariga ta`sir qiladi.
  2. Organizmdagi barcha modda almashinuvlarga ishtirok etadi.
  3. Nerv sistemasining qo`zg`aluvchanligiga ta`sir etib, uning faoliyatini oshiradi.
  4. Garmonlar hujayralarda sodir bo`ladigan jarayonlar va uning tizimiga ta`sir etadi.
  5. Garmonlar ishlab chiqariladi va organizmning ichki holatiga tashqi muhitdagi o`zgartirishlariga bog`liq bo`ladi.

Garmonlar ishlab chiqarilishi nerv oxirlari, bo`rtiq osti yadrolar ta`siri ostida murakkab nerv gumoral yo`l bilan boshqariladi. Ularning ta`siri ostida gipofiz qo`zg`aladi va undan ishlab chiqariladigan garmonlar olgan bezlarning ish faoliyatini doimiy ravishda nazorat qiladi.

Demak, bezlarda garmonlar ishlab chiqarilishi o`z holicha boshqarilmasdan, nerv tizimi bilan uzviy bog`liq holda, ya`ni nerv gumoral yo`l bilan boshqarilar ekan.

Qalqonsimon bez

Qalqonsimon bez toq bez bo`lib, bo`yin sohasida xiqildoqning qalqonsimon tog`ayi bilan kekirdakning yuqori 3-4 tog`ay halqalari oldida joylashgan.

Qalqonsimon bezning o`ng va chap qismlari bo`yin orqali birikadi. 30-40 % odamlarda bezning buynidan tepaga qarab joylashgan piramidasimon bo`lagi uchraydi. Bezni o`rab turgan fibroz pardadan o`sib turgan o`simtalar bez chiqarishini bo`lakchalarga ajratadi. Bez bo`lakchalari pufakchalardan iborat bo`lib, uning ichki yuzasi kubsimon hujayralar bilan qoplangan. Folikulalar tarkibida quyuq kolloid moddasi bo`lib, uning tarkibidan yodga boy bo`lgan aminokislotalar, oqsil bo`ladi. Bez tarkibida yod, qon plazmasi tarkibiga nisbatan 300 marta oshiq bo`ladi. Bezning yuzasi qon tomir to`rlari va nerv chigallari qoplagan.

ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKTSIONAL AHAMIYATI. Ayrisimon bez

Bu bez o`ng va chap bo`laklardan iborat bo`lib, biriktiruvchi to`qimalar yordamida o`zaro qo`shilgan. Bez ko`krak qafasining teppa qismida  to`sh suyagi orqasida joylashgan. Ayrisimon bez tashqaridan yupqa nozik biriktiruvchi to`qimadan  iborat kapsula bilan o`ralgan, undan bez ichiga bir qancha to`siqlar o`tadi va parenximasini mayda bo`lakchalarga bo`ladi. Har bir bo`lakchaning tashqi qismi po`stloq moddadan iborat bo`lib, to`q rangda, magiz moddali orasi och rangda. Bo`lakchalar asosini ikki xil to`r epitileal va retikulyar to`r hosil qilish  ayrisimon bezning farqli belgilaridan biridir. Bu to`rda limfositlar bo`lib po`stloq qismida ko`proq joylashgan. Shu sababl u to`q rangda bo`ladi.

Ayrismion bez embrion taraqqiyotida 3- jabra cho`ntaklaridan juft o`siqlar sifatida rivojlanadi.

U embrionning 5 oyida ayrismion bez bir qancha bo`lakchalardan iborat ekanligini ko`rish mumkin. Bez massasi: chaqaloqda 12 g, 20 yoshda 30-40 g, voyaga etgandan so`ng bez massasi yana kamaya boradi.

25 yoshda 25-30 g gacha, 60-70 yoshda 6-15 g bo`lib, yog to`qimada aylanadi.

Gipofiz.

Oval shaklida 0,3-0,5 g li bez bo`lib, miya asosidagi kulrang do`mboqqa varonkasimon oyoqchasida osilib turadi. Bez kalla ponasion suyagining turk egari chuqurchasida joylashgan. Miyaning pastki ortigi old va orqa bo`laklardan tashkil topgan. Bezning oldingi bo`lagi bez epiteley hujaylaridan tuzilgan adenogipofiz deyiladi. Bezning orqa bo`lagi old miyaning ostidan 3 qorincha tubidan burtib o`sib chiqadi.

Shu uchun bezning orqa qismida nerv to`qima elementlari uchraydi. Oldingi qismidan chikuvchi garmonlar organizmni turli funktsiyalariga  ta`sir qiladi. Bezning oldingi bo`lagi orqa tomonida joylashgan hujayralardan ajralgan garmon odam terisi rangiga ta`sir kiladi. Bezning orqa bo`lagidan ajralgan garmonlar aslida ko`rish dumbog`ining ostki qismidan ajralib, varonkasimon oyoqcha orqali pastga tushadi va bezda to`planadi. Garmon qonga o`tib, siydik qayta so`rilishi (reabsorbtsiya), bachadon qisqarishini, sut ajralishini kuchaytiradi.

Epifiz

U bosh miyadagi turk do`mbog`ining yuqorisida, 2 ta do`mboq o`rtasida joylashgan 0,2 g li bez bo`lib, ko`rish do`mbog`ida yuganchalar yordamida tutashib turadi. Bezni o`rab turgan parda o`siqlari bilan bo`lakchalarga ajralgan.

Bez yangi tugilgan bolalarda 7-10 mg, 10 yoshda uning massasi 2 baravar oshadi.

Qarilik davrida bez tarkibida oxak modda to`planadi. Epifiz garmoni jinsiy bezlarning rivojlanishini me`yorida ushlab turadi. Bez faoliyati susaysa, jinsiy bezlar tezroq rivojlanib, qiz va o`g`il bolalar ertaroq balog`atga etadi.

Buyrak usti bezi

Bu bez qalpoq shaklida buyrak ustida joylashgan. Unda old va orqa, pastki yuzalar mavjud. Ogirligi 3-5 g, usti gadir-budir. Bezni qoplab turgan pardadan chiqqan o`simtalar uni bir nechta bo`laklarga ajratadi. Bez ogirligi chaqaloqlarda 3-4 g, 8-10 yoshgacha 1-1,5 marta kattalashadi, 20 yoshda 11-13 g bo`ladi. Karilikda bez kichraya boradi. Po`stloq qismi mezodermadan rivojlanib, turli garmonlar ishlab chiqaradigan qon tomir va nervlarga boy epitiliy hujayralardan paydo bo`lgan 3 soxadan iborat. Bu qismdan chiquvchi aldosteron garmoni suv, tuz almashinuvini gidrokardizon esa oqsil, yog` va uglevod almashinuvini yaxshilaydi, immunitetni kuchaytiradi.

Bezning miya qismi ekdodermadan rivojlanadi, bu qismga adrenalin va noradrenalin garmonlari ishlanib chiqadi. Adrenalin yurak qisqarishini oshiradi, qon tomirini toraytiradi, bironxlarni kengaytiradi.

Me`da osti bezi

Me’da osti bezining dum qismida bir millionga yaqin yumaloq shaklli bez hujayralari bo`lib, ular ishlab chiqargan garmonlar qonga shimiladi, shuning uchun bir xildagi bez to`plami inkretor funktsiali me’da osti bezi orolchasi deb ataladi. Orolcha bezlari insulin va glyukagon garmonlarni ishlab chiqaradi. Orolcha hujayrasining insulin ishlab chiqarish qobiliyati kamaygan taqdirda siydik bilan ko`p miqdorda gulyukoza tashqarga chiqadi. Bu hol qand kasalligi kelib chiqishiga sabab bo`ladi.

Jinsiy bezlarning endokrin qismi

Erkaklar urug` bezi (moyak)dagi urug` ishlab chiqaradigan kanalchalar oralig`ida joylashgan to`qimada testosteron garmoni ishlab chiqaradigan hujayralar bo`ladi. Garmon ta`sirida ikkilamchi jinsiy belgilar, jinsiy a`zolarning normal rivojlanishi ta`minlanadi. Urug` bezi olib tashlanganda yuqorida ko`rsatilgan belgilar rivojlanmaydi. Ayollar tuxumdonidan folekulalarda folekulin garmoni ishlanib chiqadi. Folikulin jinsiy organlarining normal rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy belgilari hosil bo`lishini va nerv tizimi qo`zg`alishini ta`minlaydi. Tuxumdonda yetilgan tuxum hujayra pardasini yorib chiqadi va bachadon nayi kipriklari yordamida naychaning ichida o`tadi. Tuxum hujayra otalanib, homiladorlik boshlangan paytda tuxumdon pardasining yirtilgan joyida chin sariq tana yoki aksincha, otilib chiqqan tuxum hujayra otalanmasa, soxta sariq tana paydo bo`ladi.

Chin sariq tana butun homiladorlik davrida saqlanadi. Undan chiqqan garmon homilaning normal rivojlanishini ta`minlab, yangi tuxum hujayra yetilishini to`xtatadi va sut bezlarini rivojlantiradi. Homiladorlik vaqtida chin sariq tana olib tashlansa homila o`sishdan to`xtaydi. Soxta sariq tanada ishlanib chiqqan garmon esa yangi tuxum hujayrani yetilishiga ta`sir etadi.

ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKTSIONAL AHAMIYATI.

Mavzular.

manba