Ilk paleolit davri va uning o‘rganilishi.

0
Ilk paleolit  davri va uning o‘rganilishi. 
Biface Cintegabelle
Ilk paleolit  davri va uning o‘rganilishi. 
Ilk paleolit  davri va uning o‘rganilishi.

Ilk paleolit  davri va uning o‘rganilishi.

Ilk paleolit  davri va uning o‘rganilishi.  Insoniyat taraqqiyotida eng uzoq davom qilgan davr qadimgi tosh davri – paleolit hisoblanadi.  “Paleolit” so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “paleos”– “qadimgi”, “litos”–“tosh”, ya’ni qadimgi tosh davri degan ma’noni beradi. Paleolit davri xronologik jihatidan milloddan avvalgi 3 million yillikdan to 12 ming yillikkacha davom qiladi va uch davrga– ilk, o‘rta va so‘nggi davrlarga bo‘linadi.

Paleolitning uch davri xam o‘zining rivojlanish darajasiga qarab,  mexnat qurollaridagi o‘zgarishlar asosida  turli davrlarga bo‘linadi. Ilgari ilk paleolit davri  shellgacha, shell, ashel davrlariga bo‘lingan edi. Lekin keyingi davrlarda qilingan tadqiqotlar natijasida,  uni olduvay va ashel davrlariga bo‘lish muvofiq deb topildi. Chunki ilgarilari olduvay davri yodgorliklari kam bo‘lib, uni davr tariqasida ajratish imkoni bo‘lmagan. Shuning uchun   shell va ashel davrlari  qo‘lcho‘qmorlaridagi  vazn jihatidan farqini e’tiborga olib ularni davrlarga ajratishgan. Keyingi yillarda esa,   olduvay davri mehnat qurollarining ko‘plab topilishi uning davr sifatida ajratib ko‘rsatishga imkon to‘g‘dirdi.

O‘zbekiston xududining geotektonik va geomagnit xodisalarini tadqiq qilish natijasida  uning o‘ziga xos jihatlari aniqlandi. Bu esa  paleolit davri xronologiyasida o‘zgarishlar qilinishiga olib keldi.  Ilk  paleolit  davri jahon tarixida 3 mln yillikdan to  – 100 ming yilliklargacha davom qilgan. O‘zbekistonda  ilk  paleolit  davri  miloddan  avvalgi  1  million  yildan  100  ming  yillikkacha  davom  etgan deb hisoblanar edi. Lekin keyingi davrlarda olib borilgan tadqiqotlar bu sanani yanada qadimiylashtirdi. Arxeologik davrlashtirishning yangi metodi asosida uni 2 mln yillikdan 200 mingginchi yillargacha davom qilganligi aniqlandi.  Shu paytgacha O‘zbekiston xududida  olduvay  davri  manzilgohlari  topilmagan deb kelinar edi, lekin keyingi yillarda arxeologiyada  qilingan yangiliklar Selungur makonidan topilgan tosh qurollarining Olduvay makondan topilgan tosh qurollar bilan o‘xshash tomonlarini aniqlanib, uni 1,2 mln yillarga mansub deb topdilar.  

O‘zbekiston xududidan ashel  davriga  oid  ko‘plab  makonlar  topilib  tadqiq  qilindi va  qilinmoqda. Bunda  U.Islomov, K.A.Kraxmal,  M.Qosimov,  R.Sulaymonov,  T.Omonqulovlarning  tadqiqotlari  diqqatga  sazovordir.

Ilk  paleolit  davrida  mehnat  qurollari  tosh,  suyak  va  shoxlardan  yasalgan.  Ulardan  faqat  tosh  qurollargina  bizgacha  etib  kelgan.  Olduvay bosqichida odamlar eng primitiv usulda yasalgan qo‘l cho‘qmorlari (ruchnoe rubilo)lardan foydalanganlar.  Mazkur qurollarni yasash uchun dastlab, odamlar  qulay shaklga ega bo‘lgan (ko‘proq yapaloq shakldagi) qayroqtoshni topib, tosh boltalar yordamida uning bir uchiga urib, uchirib ishlov berganlar. U paytning tosh bolg‘alari (otboyniklar) og‘irligi 0,5 kgdan oshmagan oddiy qayroqtosh bo‘lgan. Bu xildagi tosh bolg‘alar yordamida qo‘l cho‘qmorlariningina emas, balki tosh o‘zaklarini ham yasay bilishgan. Qo‘l cho‘qmorlari odatda bir tomoni bodomga yoki yurakka o‘xshab, to‘mtoq bo‘lgan, lekin uni qo‘l bilan ushlash qulay bo‘lgan. Ikkinchi, qarama–qarshi tomoni esa, o‘tkir uchli bo‘lib, bu tomoni kesish, chopish, kovlash kabi vazifalarni bajargan. Ajdodlarimiz  shu  qurollar  yordamida  ov  qilganlar,  ildiz  kovlaganlar,  go‘shtni  maydalaganlar,  terilarni  shilganlar. Odamning qo‘li esa dasta vazifasini bajargan. Ibtidoiy davrlarda  mexnat qurollarning yasalish uslublari  A.A.Semenyonovning 1964 yilda nashr qilingan “Ibtidoiy texnika” (Pervobыtnaya texnika) kitobida keng taxlil qilib berilgan. Tadqiqotchilarning fikricha qo‘l cho‘qmorlari 3 mln yil ilgari paydo bo‘lgan.  Bular insonning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ilgari davrlarda insonning paydo bo‘lishi 1 mln yil deb belgilangan edi. Lekin keyingi davrlarda Efiopiyaning  Vest–Gona yodgorligining ingliz arxeologlari tomonidan o‘rganilishi natijasida arxantroplarning (arxantroplar deyilganda ilk paleolit davrida yashab o‘tgan odam zoti ajdodlari tuchuniladi.) suyak qoldiqlari va mehnat qurollari tarixi 3 mln yil deb belgilandi. Bu  arxeologiya sohasida amalga oshirilgan katta yutuqlardan biri edi.

Paleoantropologiya qadimgi odam qoldiqlarini o’rganib, muayyan davrdagi odam¬larning faziologik tiplari haqida tasavvur hosil qilishda, mazkur fiziologik tiplarning o’rgarishida turli ijtimoiy va tabiiy sharoitlarning ta’siri masalalariga oydinlik kiritadi. Umuman olganda, bugungi kunda olimlar odamning paydo bo’lishini ilk paleolit davridan boshlab, so’nggi paleolitga kelib odamning antropologik va tarixiy rivojlanishi nihoyasiga yetib, zamonaviy qiyofadagi odamning (Homo Sapiens) qaror topishi bilan tugagan. Odamning paydo bo’lishi tarixiga qiziqish qadimdan, antik davrdan boshlanganligini ko’rish mumkin. Aristotel mazkur masalani yechishga harakat qilgan olimlardan biridir. Aynan «antropologiya» atamasini ham Aristotel ilk marta odamning kelib chiqishini o’rganuvchi fanga nisbatan ishlatgan, lekin «Antropogen» so’zini birinchi bo’lib 1922 yilda A. P. Pavlov fanga kiritgan.

XVIII asrdan boshlab odamning kelib chiqishi masalalarga qiziqish orta borgan. Fransuz tabiatshunos olimi Jorj Lui Leklerk Byuffon (1707-1788) inson bilan hayvonot olami o’rtasida qandaydir o’tib bo’lmas to’siq borligini taxmin qilgan. 1735 yilda shved tabiatshunos olimi Karl Linney (1707-1778) o’simlik va hayvonot olamini sistemasini tuzgan va insonni «Birinchi qator» ga qo’ygan. 1758 yilda u o’z sistemasiga o’zgartirish qilib, unga primatlar guruhini – Ordo primates (ya’ni birinchi yoki boshlang’ich ma’nosida) kiritib, ularni to’rt qismga bo’ladi: 1) Homo – odam; 2) Simia – maymun; 3) Lemur – lemur (primatlar guruhiga kirivchi chala maymunlar oilasi); 4) Vespurtilio – ko’rshapalak. Homo guruhini u yana ikki guruhga bo’ladi: 1) sapiens – «kunduzgi odam» o’zining «joyiga nisbatan» madaniyati bilan ajralib turgan. 2) Troglodytes (troglodit) – «kechki odam», «o’rmon odami», «Orangutang»

Shu tariqa ilk marta hayvonot olamida odam o’ziga xos o’ringa ega bo’lib, «Homo sapiens» (aql-idrokli odam) atamasi paydo bo’lib, bugungi kunda ham fanda ilmiy termin sifatida ishlatib kelinmoqda.

Karl Linneydanda aniq isbotni frantsuz olimi Jan Batist Lamark (1744¬1829) bergan. Uning fikriga ko’ra, o’ta rivojlangan maymunning bir turi o’sha davrda qandaydir tabiiy ta’sir ostida daraxtda yashash qobiliyatini yo’qotib, ikki oyoqda tik yura boshlagan. Ular o’zlari uchun yemish izlab tanlagan holda oziqlanishgan. Biroq uning bu fikri o’sha davrda o’z tasdig’ini topmaydi.

Evolyutsion nazariyaning tan olinishi Charlz Darvin (1809-1882) nomi bilan bog’liqdir. 1859 yilda Darvin o’zining «Tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarning kelib chiqishi» asarida antropogenez jarayoni haqida fikr yuritadi. 1871 yilda «Odamning paydo bo’lishi va jinsiy tanlanish» asarida esa yanada aniq dalillar bilan vaqt, davrlar o’tishi bilan bosqichma-bosqich odam bugungi ko’rinishga kelganligini ta’kidlaydi. Uning fikriga ko’ra, Afrika ilk odamzod paydo bo’lgan hudud hisoblanadi.

Umuman olganda Ch.Darvin ilgari surgan g’oya bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.

Antropologik topilmalar XIX asrning 40-yillaridan topila boshlangan. 1848 yilda Ispaniyaning Gibraltar qoyasidan ishchilar odam bosh chanog’ini topib oladilar. Biroq bu topilma haqidagi ilk ma’lumot 1864 yilga kelibgina G.Besk tomonidan matbuotda e’lon qilinadi.

1856 yilda Germaniyaning Dyusseldorf hududiga yaqin Neander vodiysidagi (Neandertal) g’ordan Gibraltardan topilgan suyakka o’xshash bosh chanog’i topiladi va tezda butun jahonga ma’lum bo’ladi. Uni paleontolog Fulrod o’rganadi.

1868 yilda Fransiyaning Kro-Manon g’oridan so’nggi paleolitga mansub odam suyagi qoldiqlari topiladi (yevropeoid irqiga mansub xususiyatlar mavjud).

Golland vrachi va anatomi Ernest Dyubua 1890-1892 yillarda Yava orolida antropoid va neandertallar oralig’ida mavjud bo’lgan odam turiga mansub suyak qoldiqlarini topadi. Skeletini top’liq topib, qayta tiklashga muyassar bo’lgan olim uni tik ikki oyoqda yurgan eng qadimgi odam ekanligini ta’kidlaydi va uni «Pitekantropus erektus » – «Tikyuruvchi maymunsimon odam » deb ataydi.

1901 yilda Italiyaning Grimaldi g’oridan odam suyagi qoldig’i topiladi (negroid irqiga mansub xususiyatlar mavjud).

Keyingi tadqiqotlar jarayonida pitekantropga tegishli suyak qoldiqlari ko’plab topila boshlandi.

1907 yilda Germaniyaning Mauer qishlog’ida, Geydelbergdan 10 km janubda ishchilar qazilma odam suyagi qoldiqlarini topib olishadi. U fanda geydelberg odami nomi bilan mash’hur. Olimlar uni pitekantrop va neandertal turlari oralig’idagi tipiga mansub odam, deb hisoblaydilar.

1927 yilda Pekin shahri yaqinidagi Chjoukoutyan degan joydan sinantrop suyagi qoldiqlari topiladi. Bu manzilgoh kanadalik olim D.Blek tomonidan o’rganilgan. 25-30 m qalinlikdagi madaniy qatlamga ega yodgorlikda arxantroplar bo’lib, ular pitekantroplarga nisbatan ancha rivojlangan, bir necha mingyillar davomida shu yerda yashashgan va buni ular yasagan ov va mehnat qurollari, ulardagi o’zgaruvchanlik hamda bir necha o’n metrlik kul qatlami ham buni tasdiqlaydi (mongoloid irqiga xos xususiyatlar mavjud).

1935 yilda Angliyaning Svanskomb degan joyidan (Kent) Mareton ayol jinsiga mansub odam suyagi qoldiqlarini topadi. Mazkur topilmani maxsus o’rganish uchun Qirollik qo’mitasida Antropologiya instituti tashkil etiladi. Olimlar ushbu topilmani Homo sapiensga yaqin odam tipii ekanligini tasdiqlaydilar.

1938 yilda O’zbekistonda Teshiktosh g’ori arxeolog A.P. Okladnikov

tomonidan tadqiq etilib, neantertal tipiga mansub odam suyagi qoldiqlarini topadi. Uni

qiyofasini antropolog olim M.M. Gerasimov tiklagan.

1954-1955 yillarda fransuz olimlari K.Arambur va R.Xofshtetter Ternifin (Jazoir) dagi qazuv ishlari jarayonida sinantropga yaqin odam suyagi qoldiqlari topiladi. Bu topilma atlantrop (Afrikaning shimoli-g’arbidagi Atlas tog’i nomidan) deb nomlanadi. Suyak qoldiqlari bilan birga shell va ilk ashel davriga oid tosh qurollari ham topiladi.

1960 yildan ingliz antropologi Luis Liki Tanganikadagi (Sharqiy Afrika) Olduvay g’orida shell davriga oid tosh qurollarni topish bilan birga odam suyagi qoldiqlarini ham topadi. Olim uni pitekantropning zamondoshi sifatida ko’rib, «zinjantrop» (avstralopitek – janub odami) deb ataydi. Homo habilis deb atalgan bu odam tipi bundan 2,5-3 mln. yil avval yashagan.

1963 yilda Xitoy olimi Vu Xuanxe daryosi o’rta oqimida Lyandyan manzilidan qadimgi odam qoldig’ini topadi. Uning sinantropga nisbatan ancha qadimiy bo’lganligi aniqlandi. Fanda u «Lyandyan arxantropi» deb nom oldi.

1963 yilda Toshkent viloyati Ohangoron tumanida Mingbuloqdan hozirgi kunimizdan 400500 ming yillar muqaddam yashagan sinantrop turiga oid qazilma odam qoldiqlari topilgan.

Shunday qilib, antropologik topilmalarni izlash va ularni o’rganish bugungi kungacha ham davom etib kelmoqda. 2000-2004 yillar davomida Qashqadaryo vohasi Kitob tumani tog’li hududlarida olib borilgan tadqiqot ishlari jarayonida (o’zbek-amerika qo’shma ekspeditsiyasi) Oyoqchisoy vodiysida Angilak g’ori tadqiq etilib neandertal tipiga mansub odamning oyoq suyagi topildi. Bu viloyatimiz tarixidagi eng diqqatga sazovor topilma bo’ldi.

Demak,

  1. Odamzod tabiatning ajralmas bir bo’lagi sifatida Yer tarixining ma’lum bir bosqichida hayvonot olamidan ajralib chiqdi. U jonivor fanda eng oliy tipdagi «odamsimon maymun» deb atalmoqda.
  2. Ajdodlarimizning hayvonot olamidan odamzod dunyosiga qo’ygan birinchi qadami

avstralipiteklar davrida sodir bo’ldi.

  1. Odamzodning ilk ajdodlari zinjantrop va pitekantroplar toshni toshga urib mehnat qila boshlaydilar. Mehnat odamzodni hayvonot olamidan ajratdi.
  2. Odamzod o’zining ajdodi – sinantroplar davrida olovni kashf etdi va shu tufayli ajdodlarimiz go’shtni olovda chala pishirgan holda iste’mol qila boshladilar. Pishirilgan go’shtni iste’mol qilish natijasida ularning fikrlashida o’zgarish yuz berdi va odamning biologik, jismoniy tuzilishida hozirgi zamon odami tomon ijobiy o’zgarishlar sodir bo’la boshladi.

Kramonon odami zamonasiga kelib ilk ajdodlarimizning biologik, jismoniy tuzilishi hozirgi zamon odamidan farq qilmaydigan holatga kirdi. Kramon’onlar davri urug’chilik jamoasining boshlanishi birinchi jamoachilik kurtagining tugilishidir. Bu o’zgarishlarning barchasiga inson o’z mehnati tufayli erishdi.

Yuqorida ko’rdikki, tabiiy tanlanish va jinsiy saralanish, shuningdek birinchi navbatda mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofadagi odamlar hozirgi qiyofadagi kishilarga aylana bordilar. Ular ham aqliy, ham jismoniy jihatdan kamol topib, uzoq vaqt davom etgan rivojlanish jarayonida hozirgi qiyofadagi kishilarni shakllantirdi va shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga etdi. Huddi shu davrda evropoid, negroid va mo’g’ul deb nomlangan dastlabki irqlar vujudga keldi. Insoniyat o’zining hozirgi qiyofasiga yetib kelguncha 2-3 million yillik katta tarixiy davrni bosib o’tdi. Bu kishilar fanda «homo sapines» – «aql-idrokli odamlar», deb ataladi.

Mavzular.

manba