Individual hayot uslubini shakllanishi. Yoshlik davri inqirozi.

0
Individual hayot uslubini shakllanishi. Yoshlik davri inqirozi.

Individual hayot uslubini shakllanishi. Yoshlik davri inqirozi.

Individual hayot uslubini shakllanishi. Yoshlik davri inqirozi.

Individual hayot uslubini shakllanishi. Yoshlik davri inqirozi.Inson uchun psixologik mexanizm rolini bajaruvchi yana biro mil ulfatlar davrasidir.
Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi, intilishi, orzu-istagi, maqsadi, qarashlari, yoshi va xulqi bir-biriga mos tengdoshlardan iboratdir. Ko’ngilchanglik, do’stlar rayiga qarshi bormaslik tufayli yoshlar xarakterida o’zgarishlar yozaga keladi.

Yuksak hislar, barqaror e’tiqod, ilmiy dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik va tashabbuskorlik tuyg’ulari paymol bo’ladi, y`ani “Do’sting uchun zaxar yut” qabilida ish tutiladi. Natijada mas`uliyatsizlik, yuzakilik, loqaydlik, ikkiyuzlamachilik, bevafolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi Yoshlik davri insonnig kuch – quvvatga, orzu- havasga, ijodiy rejalarga, izlash kiradi.

Individual hayot uslubini shakllanishi. Yoshlik davri inqirozi. ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to’la safarbar qila oladi. Erkak va ayollarning bu
davrda mehnat va ijtimoiy faoliyatida muayyan tajribaga egaligi ularni istiqbol sari etaklaydi. Yetuk shaxsning boshqalarga munosabati, ularni baholashi, dinamik stereotipda sezilarli o’zgarishni yuzaga keltiradi.

U endi faqat o’zining xatti-harakati uchun emas, balki boshqa odamlarning qilmishlari, uchun ham javobgarligini anglay boshlaydi, ayniqsa, hayot tajribasiga ega bo’lmagan yoshlarning o’z farzandlarining xulq-atvori, yurish-turishi uchun ham kuydiradi, ularga imkoniyat boricha yordam berishga intiladi. Yetuklik, kattalik, donishmandlik, rahnamolik, g’amxo’rlik, xomiylik davridir.

Boshqa yosh davrlaridagi kabi mazkur davrda ham muayyan darajada inqiroz bo’ladi. Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, qaysi imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar,tushunmovchiliklar sababli, ko`ngilsizliklar vujudga kelganini anglay boshlayli. O`ziga o`zi xisob berish shu davrning muhim psixolgik xususiyatidir.

Organizmdagi ayrim o`zgarishlar, umrning tez
o`tishi, kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi. U bundan keyingi hayotning har bir
daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi. Ayrim orzu istaklarini amalga oshirish uchun
jismoniy va ruhiy imkoniyatlari yetishmasligini anglash uning psixikasida «turg’unlik» tuyg’usini vujudga keltiradi. Buning asosiy sababi 33-35 yoshlarda mnemologik-attension majmua tubdan qayta qurilishidir. Yaxlit mnemologik markazning mnemik (xotira) va mantiqiy (tafakkur)qismlariga ajralishi ro’y beradi.

Attensional xolatning omilari saqlanib qoladi, lekin katta yoshdagi inson intellektida xotira va taffakur muhim o’rin tutadi. Biroq o’zgarishlar uning ruhiy dunyosida, kechinmalarida, his-tuyg’ularida chuqur iz qoldirmaydi, yetuk shaxs xotirasida illyuzion xususiyatga ega bo’lgan tasavvur obrazlari (yoshlik tuyg’usi, kayfiyati, orzusi, xom xayoli) saqlanib qoladi. Yetuklik bosqichida jismoniy va aqliy imkoniyatlardan to`laroq foydalanish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Bu xol butun kuch-quvvat, aqliy, zo’riqish, iroda kuchi, asab taranglashuvi xisobiga emas, balki muayyan ko’nikma, malaka va mahorat asosida ro’y beradi.

Yetuklikning turli davrlarida kamol topish jabhalarining o’zaro munosabatini tadqiq qilgan B.G. Anan`ev laboratoriyasida xodimlari 29-32 yoshlarda funksional darajaning oshishi 46,2 barqarorlashuvi 15,8 funksional darajaning pasayishi 38,0, 33-35 yoshlarda 11,2, 33,3%, 55,5% tashkil qilishni
aniqlashgan. Yu.N.Kulyutkin tadqiqotining natijasiga qaraganda, 30-35 yoshlarda diqqat 102,8, xotira 99,5, tafakkur 102,3 birlikka barovardir.

Individual hayot uslubini shakllanishi. Yoshlik davri inqirozi.Yetuklik davri faoliyatining maxsuldorligini o’rgangan G.Leman uning cho’qqisi kimyogarlarda 30 yosh, matematiklarda 30-34, geologlarda 30-35 yosh ekanligini va o’rtacha maxsuldorlik cho’qqisi 37 yoshda bo’lishni qayd qilgan. Psixofiziolog S.V.Kravchkov ko’zning farqlash sezgirligi yoshga qarab o’zgarishini 4 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan odamlarda tekshirib, sezgirlikning ortishi 25 yoshgacha, sezgirlikning barqarorlagshuvi 25-50 yoshgacha davom etishi mumkinlini aniqlagan.

Z.F.Esarova oliy maktab o’qituvchilari aqliy faoliyatining maxsuldorligi muammosini tadqiq qilib, kandidantlik dissertatsiyasini yoqlashni matematiklar- 26, psixologlar-32, filologlar-34, tarixchilar-31, fiziklar30, biologlar-32 yoshida amalga oshirish mumkinligini aniqlagan.

Mavzular.

manba