Injenyer qidiruv ishlarining turlari.

0
Tarixiy yodgorliklarning xolatini urganishda geodezik usullarni kullash.

Injenyer qidiruv ishlarining turlari.

Injenyer qidiruv ishlarining turlari. Injenerlik  inshootlarni  qurishda  bajariladigan  geodezik  ishlar  quyidagi  bosqichlarda  olib boriladi:

  1. Qidiruv ishlari (izlanishlar)
  2. Loyihalash ishlari
  3. Loyihani joyga ko‘chirish ishlari
  4. Qurilish davrida bevosita bajariladigan geodezik ishlar
  5. Ijroiya plan tuzish
  6. Deformatsiyani kuzatish

Injener-geodezik izlanish ishlari:

a) Injenerlik ishlari quriladigan joyda geodezik tayanch shaxobchalarini barpo etish.
b) Plan olishni o‘tkazish

v) Topografik plan olish.

g) CHiziqli inshootlarni trassalash.

d)Injener-geologik,  gidrologik,  gidrometereologik  va  boshqa  texnikaviy  qidiruv  ishlarida geodezik ishlarni o‘tkazish
Injener-geodezik loyihalash ishlari:

  1. a) Inshootlarni qurilish pasportini injener-geodezik qismini ishlab chiqish.
  2. b) Bosh planni joyga ko‘chirish, ish chizmalarini ishlab chiqish.
  3. v) Vertikal planlashtirish planini ishlab chiqish.
  4. g) Inshootlarni bevosita qurish loyihasini ishlab chiqish.

Loyihani joyga ko‘chirish ishlari:

  1. a) Binolar quriladigan joy chegarasi va qizil chiziqni belgilash.
  2. b) Inshootning asosiy o‘qlari va gorizontlarini joyda belg

Inshootni qurishda bevosita bajariladigan geodezik ishlar:

  1. a) Territoriyani injenerlik jihatdan tayy
  2. b) Inshootning yer osti qismini qurishda bajariladigan geodezik ishlar.
  3. v) Inshootning yer usti qismini qurishda bajariladigan geodezik ishlar.

Inshoot  qurilishning  barcha  etaplarida  va  qurilish  bitganidan  so‘ng  ijroiya  plan  olish  hamda ijroiya plan tuzish.  Inshootning deformatsiyasini ekspluatatsiyadavrida tekshirib borish.Qurilish xududida tayanch geodezik to‘rlarini barpo etish. Hozirgi vaqtda qurilishda geodezik ishlarni tashkil qilishni to‘rt shakli uchraydi:

1) Barcha geodezik ishlarni subpodryad yoki qurilishda tashkil qilingan geodezik gruppa tomonidan  bajariladi.  Bunday  tartib  yirik  inshootlar  (shahar  gidrotexnik,  sanoat  korxonalari)  qurilishida uchraydi. Bunday qurilishda injener-quruvchini vazifasiga geodezik ishlarni bajarilishi,  plan va smetasini tasdiqlash, hamda uning ustidan nazorat qilib turish kiradi.

2) Inshoot qurishda murakkab geodezik ishlar maxsus geodezik tashkilot, yoki qurilishdagi  gruppa  tomonidan,  ikkinchi  darajali  geodezik  ishlar  esa  injener-quruvchi  tomonidan  bajariladi.  Injener-geodezik ishni tashkil qilishni bunday tartibi shaxarlarda uy-joy qurilishida uchraydi.

3) Murakkab geodezik ishlar maxsus geodezik tashkilot yoki geodezik gurux ikkinchi darajali  geodezik  ishlarda  esa,  shu  qurilishga  yuborilgan  injenyer  yoki  texnik-geodezist  tomonidan  bajariladi. Bunday tartib karkas-panel uy-joy qurilishida foydalaniladi.

4)  Barcha  geodezik  ishlarni  injener-quruvchi  bajaradi.  Bunday  tartib  uncha  murakkab  bo‘lmagan  inshootlar,  masalan,  bir,  ikki  qavatli  uy-joy  qurish,  qishloq  qurilishi,  jamoat  va  madaniyat binolarini qurishda qo‘llaniladi.

Injenyer quruvchi qanday vazifada ishlashiga ko‘ra quyidagi geodezik ishlarni bajaradi:

– geodezik ishlar plani va smetasini tasdiqlash;

– tashkiliy ishlarni bajarish;

– bajarilgan geodezik ishlarni tekshirish va uni qabul qilib olish;

– inshoot qurilish uchun ajratilgan joyning planini olish;

– chiziqli inshoot trassasi bo‘ylab niverlash ishini bajarish;

– boshqa kishilar tomonidan bajarilgan loyihani joyga ko‘chirish ishlarini tekshirish;

– qurilish maydonida va chiziqli inshoot trassasida loyihani joyga ko‘chirish;

– yer va beton ishlarini hajmini aniqlash.

5). Injener-geodezik izlanishlar.

Hozirgi ishlab chiqarish va fuqarolar qurilishlarida asosiy tashkiliy ishlardan biri geodezik ishlar  bo‘lib,  u  qurilish  ishlarini  montaj  qilishdagi  texnologik  protsess  hisoblanadi,  Bular  proektlash, qurilish va foydalanishga topshirish davrida barobar xizmat qiladi.

–  birinchi  (proektlash)  bosqichda  injener-geodezik  ishlar  bajarilishi  talab  qilinadi.  Uning  vazifasi  karta,  plan,  profil  sifatida  ma’lumotlar  yig‘ish,  loyihalanayotgan  ob’ektlarga  qurilish  inshootlarini to‘g‘ri joylashtirish hamda qurilish maydonlarini joriy qilishdan iboratdir.

Izlanishlar ikki bosqichda bajariladi (taxminiy va haqiqiy) xomaki va butkul.Loyihalash ishi
olib borilayotganda ko‘pincha qurilish bo‘ladigan uchastkaning injenerlik loyihasi tuziladi, bundaplan  va  balandlik  bo‘yicha  inshootlarni  joylashtirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  geodezik  hisoblar  bajariladi.

–  ikkinchi  bosqich  –  qurilish  bosqichida  loyiha  joyga  ko‘chirilib,  inshootlar  joyi  aniq  ko‘rsatiladi.  Imorat  qurilishi  davomida  qurilish-montaj  ishlarini  bajarish  jarayonida  geodezik  xizmatlar ko‘rsatiladi.

Qurilishi  tugallangan  ob’ektni  foydalanishga  topshirish  davomida  ishlar  bajarilishi  plani,  foydalanish davomida esa imorat va inshootlarni deformatsiyasi tekshirilib turiladi.

1) Injener-geodezik izlanishlarga quyidagilar kiradi:

2) Bo‘lajak qurilish maydonini topografik sharoitini o‘rganish;

3) Ilgari o‘tkazilgan geodezik ma’lumotlar – triangulyasiya, poligonometriya, nivelirlash va

plan olish shaxobchalari, topografik plan olish kabi ma’lumotlarni yig‘ish va muhokama qilish.

4) YAngi planli va balandlik shaxobchalar barpo qilish.

5) Planga olish asosini tuzish.

6) Topografik plan olish.

7) Trassalash ishlari.

8)Boshqa  izlanishlar:  injenyer  geologik,  gidrologik  va  boshqalar  davomida  bo‘laklarga

bo‘lish va plan olish.

Injenyer qidiruv ishlarining turlari.

Muallif: A.Ganiyev.

Mavzular.

manba