Iqtisodiy geografik o’rin tushunchasi haqida.

0
Iqtisodiy geografik o'rin tushunchasi haqida.

Iqtisodiy geografik o'rin tushunchasi haqida.

Iqtisodiy geografik o’rin tushunchasi haqida.

Iqtisodiy geografik o’rin — iqtisodiy geografiyaning aniq tushunchasi, uning«kalitidir». Chunki, ushbu tushuncha orqali korxona, shahar yoki boshqa hududiy ob’yektlarning nima uchun xuddi shu joyda qurilganligi va nima sababli shu darajaga yetganligini anglab olinadi. Shu naqtai nazardan iqtisodiy geografik o’rin iqtisodiy geografik bilimning o’ziga xos usulidir (iqtisodiy rayonlashtirishga ham xuddi shunday metod sifatida qarash mumkin.

Iqtisodiy geografik o’rin — bu ma’lum bir hududiy ob’yektning, ya’ni korxona, shahar, viloyat, yoki mamlakatning o’zidan tashqarida yotgan geografik ob’yektlarga (tog`, daryo, dengiz, chegara, konlar, yo’l va h.k.) nisbatan joylashuvi va ularning ko’rilayotgan ob’yektning iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri demakdir.

Bu yerda quyidagilarga e’tibor bermoq lozim:

— iqtisodiy geografik o’rin tushunchasida ko’rilayotgan ob’yekt bitta, yagona, uning tashqarisidagi, atrofdagilar esa bir nechta;

— markaz va tashqi ob’yektlar o’rtasida hududiy-iqtisodiy aloqa va munosabatlar bo’ladi va ular bir tomonga, ya’ni ko’rilayotgan joyga nisbatan tahlil etiladi;

— iqtisodiy geografik o’rin tarixiy tushunchadir, chunki ma’lum bir joyning o’rni vaqt o’tishi bilan qulay yoki noqulay bo’lishi mumkin;

— iqtisodiy geografik o’rin turli bosqichli (mikro, mezo va makro o’rin) va har xil tarkibiy qismlarga ega (gidrogeografik, agrogeografik, transport-geografik o’rin va h.k.);

— iqtisodiy geografik o’rin davlat darajasida ko’rilganda u siyosiy mazmunga, ya’ni siyosiy geografik o’rin ma’nosini oladi.

Qator misollarga murojaat qilaylik: Toshkent viloyatidagi Bekobod shahrida respublikamizda yagona qora metallurgiya korxonasi qurilgan. Nima uchun ushbu korxona aynan shu shaharda joylashtirilgan? Sababi — Bekobodning iqtisodiy geografik o’rni qulay: u Toshkent, Mirzacho’l hamda Farg’ona iqtisodiy rayonlariga yaqin joylashgan; shahar yaqinida Farhod GES, qurilish bazasi-sement zavodi ham mavjud; korxona mahsuloti asosan Toshkent sanoati uchun kerak.

Nima sababdan Chust, Nurota, G’ijduvon, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlar juda qadimiy, boy tarixga ega bo’lishiga qaramasdan hamon katta markaz emas, yaqindagina vujudga kelgan Navoiy esa tez orada katta shaharlar qatoriga kirdi? Bu savolga ham javobni ko’proq ularning iqtisodiy geografik o’rnidan qidirish kerak.

Yer yuzidagi aksariyat yirik shaharlar ularning qulay geografik o’rni orqali mashhurdir. Masalan, Istanbul, Singapur, AIeksandriya, Volgograd, Novosibirsk, Shanxay, Sankt-Peterburg, London, Rim, Rio-de-Janeyro va h.k.

Jahon geosiyosiy xaritasida va hamjamiyatida Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSH kabi davlatlarining yuqori darajada taraqqiy ekanligi va, ayni vaqtda, Afg’oniston, Nepal, Butanga o’xshash mamlakatlarning nisbatan sust rivojlanganligini, qoloqligi ko’p jihatdan ularning geografik o’rni bilan izohlanadi.

Vatanimiz — O’zbekiston bir vaqtlar «Buyuk ipak yo ‘lida, katta karvon yo`li»da joylashganida juda qulay geografik mavqega ega edi. Keyinchalik jahon madaniyati va savdosida dengiz hamda okeanlar ahamiyatining oshishi natijasida bu qulaylik o’z kuchini yo’qotdi. Hozirgi kunda esa yurtimizning iqtisodiy geografik o’rnini yana yaxshilashga katta e’tibor berilmoqda.

Iqtisodiy geografik o’rin katta harbiy va siyosiy mazmunga ega. Bunga misol qilib, Ikkinchi Jahon urushida Gitler qo’shinlarining Moskva va Staliningradga jon-jahdi bilan hujumi yoki Misr Arab Respublikasidagi Aleksandriyadagi bo’lgan janglarni keltirish mumkin. Napoleon: «Agar Kiyevni olsam Rossiyani oyog’idan ushlayman, Peterburgni zabt etsam uni bo’g’izlayman, Moskvani egallasam

Rossiyaning yuragini majoqlayman», — degan edi. Mashhur rus olimi N.N. Baranskiy; «Dnepr Rossiyani O’rta dengiz mamlakatiga Volga esa uni Osiyo mamlakatiga aylantiradi», — deb yozgan edi.

O’zbekiston Respublikasining geosiyosiy va geostrategik mavqei, uni yaxshilash va undan samarali foydalanish masalalari mamlakat Prezidenti I.A.

Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (T., 1997) kitobida keng yoritib berilgan.

Iqtisodiy geografik o’rin mamlakat va mintaqalar xo’jaligining tarkibiy tuzilishi, ixtisoslashuvi hamda ularning istiqbolda rivojlanish yo’llarini ham ma’lum darajada belgilab beradi. Shu bilan birga u qulay investitsiya makonini vujudga keltirishda, qo’shma korxonalar qurishda, erkin iqtisodiy mintaqalarni shakllantirishda ham muhim, ba’zan hal qiluvchi omil sifatida xizmat qiladi.

Tayanch tushunchalar

  1. Hududiy mehnat taqsimoti – — iqtisodiy geografiyaning asosiy, fundamental tushunchasi hisoblanadi. Chunki ushbu fanning qolgan barcha tushunchalari, hududiy mehnat taqsimoti bilan bog’liq.
  2. Iqtisodiy rayon – mamlakat xalq xo’jaliginining hududiy jihatdan bir butun qismi bo’lib, uni hosil bo’lishi bir qancha omillarga bog’liq. Bu omillar tabiiy boyliklar, mehnat resurslari, hududning yaxlitligi, yirik rayon hosil qiluvchi markaz yoki markazlarning mavjudligi va, albatta, iqtisodiy geografik o’rin hamda ixtisoslashgan xo’jalik tarmoqlarining shakllanganligidir.
  3. Hududiy ishlab chiqarish majmuallari deb ma’lum bir hududida yoki iqtisodiy rayonda ishlab chiqarish korxonalari va aholi punktlarini bir-biri bilan bog’liq holda rivojlanishi va joylanishiga aytiladi. 

Mavzular.

manba