Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish.

0
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish.

Iqtisodiyotda optimal soliq yuki darajasini amalda ushlab turish orqali soliq to‘lovchilarning iqtisodiy faolligini oshirishga, ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishga, bu orqali esa mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga erishish mumkin. Soliq imtiyozlaridan foydalangan holda, kichik korxona o‘z faoliyatini kengaytirishga, ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga hamda oxir-oqibat o‘zining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga erishmas ekan, taqdim etilgan soliq imtiyozlari faqatgina ular sonini ko‘paytirishga xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalda bo‘lgan soliq imtiyozlarining soni, hajmidan tashqari, ularning mazkur sub’ektlar faoliyati davomidagi samaradorlik ko‘rsatkichini ham tahlil qilib borish zarur.

Bugungi globallashuv jarayonlari jadallashayotgan sharoitda mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan sohalardan yana biri bu xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro moliya bozori institutlari bilan aloqalarni kengaytirishni talab etadi.

Etakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish orqali:

xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag‘larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan

investitsiyaviy loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan:

2020 yillar davomida 27 ta loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki kreditlarini jalb

etish;

2019 yillar davomida 20 ta loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish.

Islom taraqqiyot bankining 1 milliard dollardan kam bo‘lmagan miqdordagi kreditlarini jalb qilishni ko‘zda tutadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqittt orqali 2017-2019 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish.

Ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, infratuzilmaviy va boshqa loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan chet el hukumat tashkilotlarining (Xitoy eksport-import banki, Koreya eksport-import banki, EOSG‘ Fondi, Yapon xalqaro hamkorlik agentligi (LSA), Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (K01SA), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (012), Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (ShTHA), Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA), Evropa hamkorlik komissiyalari va hokazo) imtiyozli kredit hamda grant mablag‘larini jalb qilish imkonining yaratilishi Harakatlar strategiyasida keltirib o‘tilgan.

Harakatlar strategiyasidan o‘rin olgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun quyidagi sarf-xarajatlarning qilinishi rejalashtirilgan:

2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida muhim o‘rin egallaydi.

 

  1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini ragbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor karatilgan.

Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq va demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat ekan, bu boradagi asosiy shartlardan biri iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish hisoblanadi. Milliy taraqqiyot modelimizning asosiy tamoyillaridan biri davlatning bosh islohotchilik roli hisoblanib, mavjud iqtisodiy salohiyatdan to‘liq foydalangan holda, barcha kuchlarni yagona maqsad sari yo‘naltirishda davlatning tartibga soluvchi vazifasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Zamonaviy bozor tizimini davlatning aralashuvisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biroq, aralashuvning o‘z chegarasi bo‘lib, uning mazkur chegaradan oshib ketishi bozor jarayonlarining izdan chiqishiga ta’sir etib, ishlab chiqarish samaradorligi pasayadi. Natijada iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, xo‘jalik yuritishni tashkil etish va boshqaruv jarayonlarida davlatning me’yoridan ortiq ishtirokini pasaytirish masalasi maydonga tushadi.

Davlat aralashuvi miqyosini tartibga solish uchun muhim cheklovlar mavjud. Masalan, davlat tomonidan bozor mexanizmini izdan chiqaruvchi har qanday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi (umumiy direktiv rejalashtirish, narxlar ustidan yalpi nazorat va boshkalar.

Iqtisodiyotga davlatning aralashuvini kisqartirish, eng avvalo, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini ragbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishni taqozo etadi.

Shunga ko‘ra, Harkatlar strategiyasida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan tamoyilni amalga oshirish borasidagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, 2017 yilning I choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman)ni tashkil etish belgilandi.

Huquqshunoslar xalqaro assotsiatsiyasi fikriga ko‘ra, ombudsmen instituti bu konstitutsiya yoki qonunchilik hokimiyati hujjatlarida ko‘zda tutilgan hamda mustaqil jamoatchilik asosidagi yuqori darajadagi mansabdor shaxs tomonidan boshqariluvchi xizmat. Mazkur shaxs davlat boshlig‘i oldida mas’ul bo‘lib, tadbirkorlardan davlat idoralari, xizmatchilarining noqonuniy xatti-harakatlari bo‘yicha shikoyatlarni qabul qiladi hamda tadbirkorlik sub’ektlari huquq va qonuniy manfaatlarini namoyon etish, ta’minlash va himoya qilish maqsadida harakat qiladi.

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil lavozimining tashkil etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimidagi asosiy yangiliklardan biri sifatida ta’kidlash mumkin.

Davlat boshqaruvining mazkur usuli ko‘plab xorijiy mamlakatlarda tadbirkorlar o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida to‘qnash keluvchi byurokratik muammolarni hal etishdagi samarali vosita sifatida ijobiy rol o‘ynamoqda.

Hozirgi vaqtda ombudsmen instituti boshqaruvning turli shakllari prezidentlik respublikasi (Finlyandiya, Fransiya, AQSh), parlament respublikasi (Shveysariya, Avstriya, GFR), konstitutsiyaviy monarxiya (Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Ispaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Kanada) hukmron bo‘lgan 50 dan ortiq mamlakatda mavjud.

Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutining joriy etilishi bu boradagi faoliyatning jahon andozalariga muvofiqligini ta’minlash borasidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasining ishlab chiqilishi ko‘zda tutilib, unda yangi tashkil etiladigan ombudsmanga quyidagi vakolatlarni berish nazarda tutiladi:

tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va

talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganini o‘rganish; davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

Shuningdek, 2017 yil iyunga qadar xususiy mulkni himoya qilish va xususiy mulk ob’ektlaridan samarali foydalanishni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida quyidagi tartiblarni o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda:

mulkdan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli sifatida foydalanishda mulkdorning aybi bo‘lmagan hollarda mulkni musodara qilish yoki olib qo‘yishni (vaqtinchalik olib qo‘yish bundan mustasno) taqiqlash; davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan

tadbirkorlik sub’ektlariga etkazilgan zararni oldindan qoplab berish; tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan er uchastkalaridan foydalanilmayotgan, jumladan, ajratilgan er uchastkalarida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan olingan majburiyatlar bajarilmayotgan hollar yuzaga kelgan taqdirda er solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalarini uch barobar mikdorda qo‘llash.

Bu borada qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi xususiy mulk kafolatlari va uni himoya qilishni kuchaytirish, qurilishi tugallanmagan ob’ektlar savdosini tartibga solish, tadbirkorlik faoliyati er uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha belgilangan tadbirlardan yana biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza kiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish hisoblanadi.

Mazkur tadbir, birinchi navbatda, nazorat qiluvchi organlarning kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvini va ular tomonidan o‘tkaziladigan rejali tekshirishlar sonini yanada qisqartirish, bunda 2017 yilning I choragida tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviyxo‘jalik faoliyatiga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni avtomatlashgan axborot tizimi orqali tahlil qilib, xavf-xatarlarni baholash asosida tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviyxo‘jalik faoliyatini tekshirish bo‘yicha reja-jadvalni ishlab chiqishni taqozo etadi. Tekshirishlar reja-jadvalini shakllantirishda xavf-xatarlar avtomatlashtirilgan holda baholanadi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bir gektardan ortiq er maydonni ajratish tizimini takomillashtirish maqsadida 2017 yilning II choragida tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirokisiz «yagona darcha» tamoyili asosida er maydonlarini tanlash va ajratish materiallarini tayyorlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish, tadbirkorlik sub’ektlariga arizani ko‘rib chiqish jarayonini interaktiv kuzatish imkoniyatini yaratish tadbirlari belgilangan.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi PF4725-son Farmoni bilan tasdiqlangan Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish choratadbirlari dasturini amalga oshirish, qurilishning barcha bosqichlarida shaharsozlik hujjatlarini tayyorlashdan boshlab ob’ektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan bosqichlarda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartiblari doirasida yagona qoida va talablarni belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida er uchastkalari berish tartibotlarini va qurilish uchun ruxsatnomalar olish tartibini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi 285-son qarori qabul qilingan edi.

Qaror asosida 2016 yil 1 yanvardan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalari faqat tanlov asosida beriladi. Aholi punktlarida joylashgan bunday erning maydoni 1 gektargacha va 1 gektar etib belgilandi. Tanlov asosida beriladigan er uchastkalarining ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan shakllantiriladi.

«Yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga tanlov asosida er uchastkalari berish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga 1-ilovada yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga tanlov asosida er uchastkalari berish sxemasi ifodalab berilgan.

Shuningdek, «Tanlov asosida berilgan er uchastkalaridagi ob’ektlarning loyihasmeta hujjatlarini kelishish, qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish, shuningdek ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga 1-ilovada tanlov asosida berilgan er uchastkalaridagi ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish, qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish, shuningdek, ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish sxemasi tasvirlab berilgan.

Tanlov asosida beriladigan er uchastkalari ro‘yxatini shakllantirishda ulardan foydalanishning maqsadi, ularning maydoni va joylashgan joyi ko‘rsatiladi. Bu erdan oqilona, maqsadli foydalanishni ta’minlab, uni haqiqiy egasiga berishni kafolatlaydi

Endilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bir gektardan ortiq er maydonlarini ajratish tizimini takomillashtirish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirokisiz «yagona darcha» tamoyili asosida er maydonlarini tanlash va ajratish materiallarini tayyorlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish, tadbirkorlik sub’ektlariga arizani ko‘rib chiqish jarayonini interaktiv kuzatish imkoniyatini yaratish tadbirlarining amalga oshirilishi tadbirkorlik subektlariga er maydonlarini ajratish tartibotlarining oshkoraligini ta’minlash, vakolatli davlat organlaridagi axborot almashinuvi tizimini yaxshilash, hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi.

Qonunga ko‘ra, agar oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs ko‘rinishida tashkil etilsa, u oilaviy korxona deb yuritiladi. Qonunda u «Oilaviy korxona» deb nomlanib, uning asosiy mazmuni va belgilari bayon etilgan. Ya’ni, oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek, oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik sub’ektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy huquqiy shakllaridan biridir.

Oilaviy biznes va hunarmandlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish tadbirlarni amalga oshirish natijasida aholi tomonidan o‘z xonadonlarida milliy hunarmandlik asosida tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladi va qo‘shimcha daromad manbai yaratiladi.

2017 yilning III choragida mamlakatimizda raqobatdosh kompaniyalarni yaratish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari yiriklashishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqish orqali o‘rta biznes sub’ekti toifasini joriy etish va unga imtiyozlarni belgilash ko‘zda tutilmoqda.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kichik biznes tarkibiga kiruvchi korxonalarning chegaralarini aniqlash o‘ziga xos tadrijiy rivojlanish bosqichlari orqali amalga oshirilib kelmokda. Har bir muayyan bosqichda belgilangan miqdoriy chegaralar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asoslanib, bularning barchasi mazkur soha rivojining mamlakat ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotidagi yuksak ahamiyatidan darak beradi. Jadvaldan ko‘rinadiki, mustaqillikning ilk davridanoq mamlakatimizda kichik biznes sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini davlat tomonidan samarali tartibga solish maqsadida alohida soha sifatida belgilab olishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Iqtisodiyotning rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay muhitiing yaratilishi natijasida kichik biznes sub’ektlarining sifat va mikdor jihatdan taraqqiy etib borishi bilan ularning mikdoriy chegaralari ham takomillashtirib borilmokda.

Kichik tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini to‘laroq ta’minlash uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 2003 yilning 30 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga o‘zgartish va qushimchalar kiritish haqida»gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon mamlakatimizda kichik biznes sub’ektlari chegaralarini aniqlash borasida navbatdagi bosqichni boshlab berdi. Unda mikrofirma va kichik korxonalarda band bo‘lgan xodimlar o‘rtacha yillik sonining tarmoqlar bo‘yicha yanada aniqlashtirilgan holda belgilab berilishi mazkur bosqichning xususiyatli tomoni hisoblanadi.

Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2003 yil 11 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinib, unda kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlariga tegishli bo‘lgan korxona va tashkilotlar klassifikatsiyasi tasdiqlandi. Mazkur hujjat mikrofirma va kichik korxonalar miqdoriy chegaralarining sezilarli ravishda kengayishiga olib keldi. Kichik korxonalar miqsoriy chegaralarining bu davrga qadar amal qilib kelgan o‘rta korxonalar miqsoriy chegarasiga qadar kengayishi endilikda mamlakatimizda o‘rta biznes tushunchasining ilmiy muomaladan chiqarilishiga olib kelgan edi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha to‘plangan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, korxonalarning raqobatdoshlik darajasini oshirish ularning o‘z faoliyatlari davomida kengayib, yiriklashib borishini taqozo etadi. Lekin, kichik biznes sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida belgilangan imtiyoz va engilliklarga ega bo‘lish imkonini beruvchi korxonalarning mikdoriy chegaralari ayrim hollarda ushbu jarayonlarga to‘sqinlik qilishi mumkin. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining yuksalishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida iqtisodiy salohiyati ortgan ko‘plab korxonalar mazkur imtiyozlardan foydalanishni davom ettirish maqsadida o‘z xodimlari sonini belgilangan miqdoriy chegara doirasida saqlab qolishga harakat qilmokdalar. Bu esa, ularning yiriklashish jarayoniga to‘sqinlik qilmoqda.

Shunga ko‘ra, mamlakatimizda raqobatdosh kompaniyalarni yaratish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari yiriklashishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqish orqali o‘rta biznes sub’ekti toifasini joriy etish va unga alohida imtiyozlarning belgilanishi kichik biznes sub’ektlarining o‘rta biznesga o‘tishi va shu tariqa sohaning jadal rivojlanishi uchun zamin yaratadi.

Mavzular.

manba