Bosh sahifa mavzular Isituvchi qatlami tugmalanadigan kiyimlarni tikish.

Isituvchi qatlami tugmalanadigan kiyimlarni tikish.

0

Isituvchi qatlami tugmalanadigan kiyimlarni tikish.

Isituvchi qatlami tugmalanadigan kiyimlarni tikish.

Isituvchi qatlami tugmalanadigan kiyimlarni tikish.Yeng astariyaing old chokida tikilmay qoldirilgan joy orqali ort bo’lak astaridagi tikilmagan joy biriktirib tikiladi. SHundan keyin yeng astarining old chokida tikilmay qoldirilgan joy orqali yeng astarining o’tqazma choki yeng avrasining o’tqazma chokiga tikiladi.Eng astarining old chokidagi tikilmay qolgan joyi o’ngi tomonidan 1 sm. kenglikda ichkariga bukilib, bukilgan ziydan 0,1 sm. narida baxyaqator yuritib biriktirib tikiladi.

Isituvchi qatlami tugmalanadigan kiyimlarni tikish.Yeng o’ngiga ag’darilib tekislanadi.Tugmalanadigan isituvchi qatlamning o’ngi kiyimning astariga qo’yiladigan gazlamadan bo’ladi. Bunday isituvchi qatlam yengli yoki yengsiz bo’ladi. Uning
yengi kiyim yengidan 5 sm kaltaroq, umumiy uzunligi esa kiyim etak uchiga 510 sm yetmaydigan yoki kiyim bel chizig’idan 2030 sm pastroq tushadigan bo’ladi.

Isituvchi qatlami tugmalanadigan kiyimlarni tikish.Tugmalanadigan isituvchi qatlam tayyorlaSh uchun, kiyim astaridan boShqacha astarlik gazlamadan bichilgan detalning teskarisiga vatin solib, ustiga doka yopiladi va uzunasiga qaviladi — bunda baxyaqatorlar orasi 10 sm. bo’ladi. Andaza qo’yib, detallar to’g’rilab qirqiladi hamda yon va yelka qirqimlari biriktirib tikiladi.

Kiyim astari gazlamasidan bichilgan detal qavilgan astarga soliShtirib tekShiriladi va ularning o’ngi birbiriga qaratib qo’yiladi va bort qirqimi yoqa o’mizidagi, etagidagi belgi chiziqlar to’g’ri keltirilib, asosiy astar tomondan pichoqli maShinada 0,7 sm. kenglikda ag’darma chok bilan tikiladi. Ularning yon choklari o’zaro universal maShinada ulanadi. Isituvchi qatlam yeng o’mizi orqali o’ngiga ag’dariladi.

o’mizi, bort chetlari, etagi ziyidan kant hosil qilib, ziyidan 0,4 sm. masofada baxyaqator yuritiladi. Yeng o’miziga mag’iz qo’yib tikiladi. Ort bo’lak o’rta chokining yoqa o’miziga yaqin joyida va bort chetlari bo’ylab tugmalar qadaladi. Tugmalanadigan isituvchi qatlam yengli bo’lsa, yeng o’mizlariga mag’iz qo’yib  tikilmaydi, balki yeng o’mizidagi asosiy astar qavilgan astarga universal maShinada o’miz qirqimidan 0,5 sm. masofada baxyaqator yuritib tikiladi.

Keyin isituvchi qatlamning yengi o’tqaziladi. Isituvchi qatlam yengi uchidan 1 sm. masofada 2 ta izma yo’rmalanadi, kiyim yengiga esa uning ichki tomonidan ikkita tugma qadaladi. Kiyim adipi old bo’lakka ulaniShidan oldin uning ichki qirqimlariga astar gazlamadan 5 sm. kenglikda mag’iz qo’yiladi va 0,4 sm. kenglikda ag’darma chok bilan ulanadi. Mag’iz adip teskarisiga ag’darib o’tqaziladi va adip o’ngidan ag’darma chok yonginasidan bostirib tikiladi. Adipda maxsus maShinada izmalar yo’rmalanadi.

Muallif: Raximova G.P , Dushamov S. X.

Mavzular.

Manba