Islom dinining yoyilishi (Qur’oni-karim, hadislar va ularning mohiyati).
Islom dinining yoyilishi (Qur’oni-karim, hadislar va ularning mohiyati). Abu Muslimning tarjimai holi to’g’risida bir-biriga qarama-qarshi ma’lumbtlar bor. Jumladan, Taboriyning yozishicha Kufaning Savad yaqinidaga Xutorniyn degan joyda tavallud topgan. U yoshligida bir boyning uyyda gumashta bo’lib ishlagan, sarrojlik qilgan.
Dinovariy esa, Abu Muslim yigitlik chog’ida Isfaxon atrofidagi bir qishloqda qul bo’lgan, degan ma’lumotni berada. Biroq Abu Muslim to’g’risida batafsilroq va to’laroq ma’lumotni Taboriy yozganligidan Dinovariy bergan ma’lumotlarga qaraganda Abu Mulum kuchlari safi va geografik doirasi tobora kengayib bordi. Uning qal’asi atrofida Xirot, Bushang, Marvirud, Talikon, Marv, Niso, Obivard, Tus, Nishopur, Seraxs, Balx, Chog’aniyon, Tohariston, Xuttaliyon, Kesh, Nasaf va boshqa viloyatlardan 100 mingdan ortiq lashkar to’plangan edi. Yetarli miqdorda kuch to’planganligiga ishonch hosil qilgan Abu Muslim 747 yilda o’zining qora rangli libos kiygan qo’shinlarini ummavyaylarga qarshi ochik kurashga da’vat etdi.
Abu Muslim erishgan muvaffaqiyat uning obru etiborining arab xalifaligidagi keng yoyilishiga sabab bo’li. Unin qo’shini tobora yangi kuchlar hisobidan ko’payib bordi. Tez orada qo’zg’olonchilar Xurosonni egallab oldi va 749 yilda Iroq va Jazoirda ummaviylar qo’shinlariga bir necha bor qaqshatkich zarbalar berdalar. Shundan so’ng Abu Muslim lashkarlari poytaxt Damashqqa tomon yurish qildi va xalifa Marvon II ni taxtdan ag’dardi. Bu janglarda lashkarboshi sifatida arab Kaxtaba va xurosonlik Xolid ibn Barmo o’zlarini ko’rsatdilar. Xalifalik taxti abbosiylar qo’liga o’tdi. Ular 750- 1258 y. davomida xalifalikni o’z qo’llarida saqladilar. Taxtga birinchi bo’lib Muhammadniig amakisi avlodlaridan bulgan Abul-Abbos as-Saffoh (749-754) o’tirdi. Xalifalikning hamma hududlarida ummaviylar xonadonining vakillari va yaqiilari batamom qirib tashlandilar.
Abbosiylarning hokimiyat tepasiga kelishida Abu Muslim so’zsiz suratda juda katta xizmatlar qildi. U o’z davrini yirik davlat arbobi va mashhur sarkarda edi. Abu Muslim Xuroson va Movarounnahr xalqiniig ummaviylar zulmidan noroziligidan foydalanib o’z orqasidan ergashtira oldi va ularni bir maqsad yo’lida birlashtirdi.
Muqanna qo’zg’oloni. Arab istilochilari istibdodiga qarshi Movarounnahrdagi eng katta qo’zg’olon 769 yilda boshlandi. Bu tarixda “Oq kiyimlilar” (chunki qo’zg’olonchilarning asosiy jangovar guruhi oq rangdagi kiyim kiygan edilar) yoki qo’zg’olon rahbarining iomi bilan Muqanna qo’zg’oloni deb yuritiladi. Bu qo’zg’olon deyarli butun Markaziy Osiyo hududlariga tarqaldi. Muqanna ism emas, balki laqabdir. Bu so’z “niqobdor”, “pardali” ma’nolarini anglatadi. Muqannaning asli ismi Hoshim ibn Xakim bo’lib, uniig ismi va shaxsi to’g’risida yozma manbalarda turlicha ma’lumotlar mavjud. Jumladan, Ya’qubiy uni Hakim al-A’var (bir ko’zli) Xoshim deb atagan. Ibi Xallikan esa Muqannaning ismi Ota bo’lgan deydi. Muqannani yomon ko’rgan feodal zamoni tarixchisi Narshaxiy yozadi: “Hoshim ibn Hakimni Muqanna deyishlariga sabab shu ediki, u juda xunuk, boshi kal va bir ko’zi ko’r bo’lganidan hamisha boshi va yuziga ko’k parda tutib yurardi» Muqannani faoliyati to’g’risida ham har xil rivoyatlar bor.
Ba’zi birovlar uni qul bo’lganlar desalar, boshva birovlar u kir yuvish bilan shug’ullangan, yani ba’zi qismlar esa kigizchilik bilan mashg’ul bo’lgan deb rivoyat qiladilar. Manbalarda Muqannaning yoshlik chog’larida kundugarlik (ya’ni matolarga ohor beruvchi) bilan shug’ullanganligi ham qayd qilinadi. Narshahiy Muqannani yomon ko’rganligini sir saqlamagani holda uni aqlli va o’qimishli bo’lganini tan oladi. Darhaqiqat, u savodli va nihoyatda bilimdon bo’lgan. Muqanna Abu Muslim (750-755) qo’shinida kichik lashkarboshi edi va Abduljabbor Azdiy davrida (757-759) esa vazirlik darajasigacha ko’tarilgan.
“Oq kiyimlilar” ga qarshi arablarning kurashi yangi davrga kiradi. 780-783 yillarni o’z ichiga olgan bu kurash davrining bosh maqsadi “oq kiyimlilar” qo’zg’olonining bosh rahbari Muqannani tor-mor keltirishdan iborat edi. Bu davrga kelib mahalliy oqsuiyaklar va zodagon dehqonlar ozodlik va erk uchun olib borilgan kurash manfaatilariga xiyonat qilib, sotqinlarcha arablar tomoniga o’tadilar. Ular Said Xaroshiy lashkarlar bilan birgalashib Muqanna boshchiligidagi vatanparvar kuchlarga qarshi jang qiladilar. Kesh shahri va Muqanna qarorgohi bo’lgan nihoyatda mustahkam Som qal’asi atrofida keskin va shiddatli janglar bo’ladi. Mana shunday qaltis va nozik bir paytda Qulartegin boshchiligidagi turk suvoriylari Muqannaga yordamga keladilar.
Xalifa Mahdiy esa arab qo’mondonligiga yangi madad kuchlar yuboradi. Madad kuchlar yetib kelgach, arablar va mahalliy sotqin kuchlar birlashib, Muqannaning so’ngi tayanchi bo’lgan Som qal’asini chor atrofdan qurshovga oladilar. Qo’zg’olonchilar bu siquvga bardosh bera olmaydilar va yengiladilar. Muqannaning og’asi Qabzam 3000 va Som qal’asi
atrofida mudofaa janglariga qo’mondonlik kilgan Sarham 3300 kishilik ko’shin bilan sotqinlarcha Said Xaroshiyga taslim bo’ladi. O’zoq davom etgan kurash oqibatida Muqanna ko’shinining tinkasi qurigan edi. Shu bois qo’zg’olon yengiladi va Muqqanna halokatga uchraydi. Yozma tarixiy manbalarda Muqannaning taqdiri to’g’risida turlicha talqinlarga duch kelamiz. Tarixchi Taboriyning yozishicha, Muqanna o’z halokatining muqarrarligiga ko’ziga yetgach zahr ichgan. Som qal’asiga kirgan arablar uning jasadini tonganlar va boshini kesib o’sha davrda Halabda turgan xalifa Maxdiyga olib borganlar. Narshahiy bo’lsa afsonaga o’xshashroqk rivoyatni hikoya qiladi. Uning yozishicha Muqanna o’zini yonib turgan o’tga tashlagan.
Bu fikrni Bar Yahudiy (Abul Faroj) ham takrorlaydi. Beruniy o’zining “Xronologiya” asarida Muqannaning o’limi xususida ikki xil rivoyat keltirgan. Bu rivoyatlarga qaraganda Muqanna o’ldirilgan, ikkinchi rivoyatda esa Muqanna o’zini o’zi o’tga tashllab o’ldirgan, deyiladi. Muqannaning qachon vafot etganligi haqidagi fikr ham bir xil emas. Narshahiyning zzi Muqannaning vafoti to’g’risida bir-birini inkor etuvchi ikkita yilni tilga oladi bu 782 va 783 yillardir. Beruniy ma’lumotiga ishonsak, Muqanna 785 yilda olamdan o’tgan.
Muqanna rahbarligida “oq kiyimlilar» qo’zg’oloni yengilgan bo’lsada juda katta tarixiy iz qoldirdi va Movarounnahrda Arab xalifaligining mustamlakachilik, bosqinchilik ildizlariga bolta urdi. Bu qo’zg’olon xalq ommasining kuch-qudrati birlikda, hamkorlikda ekanligini ko’rsatdi. IX asrdan boshlab o’lkada tashkil topa boshlagan mahalliy markazlashgan feodal davlatlarning shakllanini ibtidosi ham “oq kyyimlilar” ko’zg’oloni davrlaridan boshlangan desak mubolag’a bo’lmaydi.
Muqanna qo’zg’oloni ayniqsa hozirgi sharoitda O’zbekiston fuqarolari Vatan mustaqilligini yanada mustahkamlash uchun kurash olib borayotgan bir paytda g’oyat katta ijtimoiy siyosiy va tarixiy ahamiyatga egadir. Muqanna va u bilan birga Vatan ozodligi va erki uchun kelgindi arab bosqinchilariga qarshi kurashgan fidoiy kaxramonlar timsoli ayniqsa yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida asrlar osha xizmat qilaveradi.
Muqanna qo’zg’oloni yengilgan va halokatga uchragan bo’lsa-da, “oq kiyimlilar” harakati darhol to’xtab qolgani yo’k, balki u yana bir necha o’n yillar mobaynida davom etdi va istilochi arablarning tinkasini quritib bordi. Bu albatta o’lkamiz xalqlarining erksevar, hurriyatparvar, haq va adolat uchun kurashda juda katta tarixoy an’ana ga ega bo’lgan jasur va mard xalq bo’lganliklaridan dalolatdir. Islom dinining yoyilishi (Qur’oni-karim, hadislar va ularning mohiyati).
Muallif: U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.











