Istiqloldan so’ng voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionatining natijalari.

0
Istiqloldan so‘ng voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionatining natijalari.

Istiqloldan so‘ng voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionatining natijalari.

Istiqloldan so’ng voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionatining natijalari.

1970-yildan to 1991-yillargacha o‘zbek voleybolchilari talaygina halqaro rasmiy va o‘rtoqlik musobaqalarida ishtirok etib kelishgan. O‘tgan davr ichida Yuqori malakali voleybolchilar doirasi kengaYa bordi. Bular qatoriga Olimpiada chempionlari V.Duyunova, L.Pavlova, yoshlar o‘rtasida Ovrupa chempionlari L.Ishmayeva, L.Suleykina, O.Belova, L.Lepilina, O.DubYaga, S.MYachin kabilar kiradi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki,

Respublikamizning erkaklar va ayollar jamoalari qator nufuzli musobaqalarda – chempionatlar, halqlar spartakiadasi, maktablararo spartakiada va Yoshlar sport o‘yinlarida ishtirok etib, Sharafli o‘rinlarni olishga sazovor bo‘lishgan.

Jumladan, 1967-yil – halqlar spartakiadasi – erkaklar 6-o‘rin; 1971-yil – ayollar 5-o‘rin; 1972-yil – maktablararo spartakiada – qizlar jamoasi chempionlik unvoniga sazovor bo‘lishdi, o‘g‘il bolalar – 8-o‘rin; 1973-yil – Yoshlar sport o‘yinlari – qizlar 4-o‘rin, o‘g‘il bolalar 6-o‘rin; 1975-yil – halqlar spartakiadasi – erkaklar 8-o‘rin, ayollar – 5 o‘rin; 1978-yil – Kubok musobaqalarida Toshkentning «Dinamo» jamoasi 3-fahrli o‘rinni egallashga sazovor bo‘lgan; 1979-yil – halqlar spartakiadasi – ayollar 6-o‘rin; 1983-yil – erkaklar 8-o‘rin, ayollar 7o‘rinni egallashgan. Ushbu davr ichida erkaklar, ayollar va o‘smirlar jamoalari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ustoz-murabbiylar V.Shnurov, G.Keshishev, A.Izrailov, V.Shveduks, L.Gurfinkel, M.Gal’perin, A.Lopatin, A.Mansurov, G.Bagirov, V.Kinshakov va A.Koneevlar rahbarligida mahalliy va horijiy musobaqalarda ishtirok etishgan.

Muvofiq yillarda ushbu natijalarga binoan o‘zbek voleybolchilari mamlakatimiz tarixida ilk bor sport ustalari unvoniga sazovor bo‘lishdi: bular – G.Xudyakov, G.Bagirov, Yu.Simonov, V.Kucherov, V.Ananich va R.Xusainovlardir.

Ayollar o‘rtasida esa L.Velichko, T.Sklyarova, M.Katasonova, L.Ishmayeva, L.Raxmanqulova,

S.Gapirdjanova va boshqalar birinchi bor sport ustasi degan nomga sazovor bo‘ldilar.

Vatanimizning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi o‘zbek voleybolining halqaro miqYoshdagi o‘rniga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, 1993-yil 24–31-iyulida Shanxay (XXR) Shahrida o‘tkazilgan Osiyo Chempionatida mustaqil O‘zbekistonning ayollar milliy terma jamoasi voleybol tarixida birinchi bor ishtirok etib, faxrli 6-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur chempionatga qadar ushbu musobaqalarga tayyorgarlik maqsadida Amerika Qo’shma Shtatlarining bir necha shaharlarida bo‘lib, turli universitetlar voleybol jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishdi va o‘yinlarda muvafaqqiyat qozonishgan edi.

1994-yilda Taylandda o‘tkazilgan «Prinsessa Kubogi» musobaqalarida L.AyrapetYants rahbarligida tashkil etilgan «SKIF-Interkross» klubi qoshida tarkib topgan ayollar voleybol jamoasi ishtirok etib, maqtovga loyiq o‘yin namoyish etishdi.

1997-yil 21–28-sentabrda Manila Shahrida o‘tkazilgan Osiyo Chempionatida ayollar terma jamoasi 6-o‘rin, 1998-yilda o‘tkazilgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Kubogi halqaro turnirida 3o‘rin, Shu yili Taylandda o‘tkazilgan IX «Prinsessa Kubogi»da 6-o‘rin, 1998-yil 24–28-mayda Vetnamda o‘tkazilgan X Osiyo Klublararo Chempionatida 3-o‘rin, 1999-yil Vetnamda Janubi-Sharqiy Osiyo Chempionatida 2-o‘rin va Shu yili Toshkentda o‘tkazilgan «Kubok Mikasa» halqaro turnirida 1-o‘rinlarni olishga sazovor bo‘lgan.

E’tiborga loyiq joyi Shundaki, istiqloldan so‘ng o‘zbek voleybolining taraqqiyoti respublikamizda yangicha yo‘nalishda davom etishi ko‘zga tashlanayotir. Jumladan, 1992-yildan boshlab muntazam o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Chempionati voleybolning yanada rivojlanishiga va ravnaq topishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda tadbiq etilgan o‘quv muassasalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan 3 bosqichli musobaqalar: «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» voleybolni o‘quvchitalaba yoshlar o‘rtasida keng rivoj topishiga muhim turtki bo‘lmoqda.

Shuni ta’kidlash o‘rinliki, so‘nggi yillarda respublika miqyosida o‘tkazilayotgan musobaqalarda professional jamoalar doirasi kengayib bormoqda. Bular qatoriga «Kinap» (Samarqand Sh.), «Viktoriya» (Navoiy Sh.), MHSK (Chirchiq Sh.), «SKIF» (Toshkent Sh., O‘zDJTI) va hokazo jamoalar kiradi. Mazkur voleybol jamoalarining a’zolari bo‘lmish o‘yinchilar, sport ustalari A.Sovich, Sh.Muslimov, I.Vlasov, A.Popovkin, S.Juravlev, I.Tambiyev (hammasi «Viktoriya» jamoasidan), S.Banov, A.Ribalkin,

A.SerebrYannikov, S.MYachin (Toshkent-Samarqand jamoasidan), A.Kolesnikov, K.Pak, A.Jirnov,

V.Petrov, M.Mamatyuk, F.Bavatov, D.Sultanov, S.Siddiqov, («SKIF»), A.Qosimov, R.KnYazev, I.Ermish («MHSK»), V.Domnidi (Qo‘qon) barcha musobaqalarda o‘zlarining Yuqori saviyadagi mahoratlarini namoyish etganlar. Ayollar jamoalaridan «SKIF» (Toshkent) o‘yinchilari E.Shmitova, P.Kibardina, S.Aishurkova, O.Xujayeva, M.Martinenko (halqaro toifadagi sport ustalari), E.Shpachuk, Ye.Korchagina, S.Grigoryeva va boshqalar «O‘zbekiston sport ustasi» degan nomga sazovor bo‘lishdi.

Bu borada murabbiy-mutaxassis va tashkilotchilarni ham xizmati hurmatga sazovordir. Jumladan, A.Kim (Samarqand), T.Abramova (Toshkent), G.Ponomarev (Toshkent), A.Asqarov (Qo‘qon), M.Domnidi (Farg‘ona), Yu.Kulakov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), A.Kazakov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), L.AyrapetYants (Toshkent) va boshqalarni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.

Musobaqa o‘yinlarining mazmunli, qiziqarli va shu bilan bir qatorda talab doirasida o‘tkazishda O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining bosh kotibi, halqaro toifadagi hakam L.AyrapetYants, milliy va respublika toifasidagi hakamlar V.Shnurov, V.Bardin, N.Yaparov, A.Pulatov, I.Zoxidov, N.Mamajonov, Sh.Isroilov va Shu kabi ko‘pgina mutaxassislarning xizmati katta.

O‘zbekiston voleybolini yangicha yo‘nalishda taraqqiy ettirishda uni viloyatlarda «harakatga»

keltirish, xorijiy davlatlarni voleybol jamoalari bilan aloqa bog‘laishda, ular bilan rasmiy musobaqalarni tashkil qilishda O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining Prezidenti E.M.G‘aniyev hamda Federatsiyaning barcha a’zolari ibratli faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Istiqloldan so‘ng o‘tkazilgan O‘zbekiston milliy chempionatlari va «Universiada» natijalari 6, 7-jadvallarda keltirilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, O‘zbekiston voleyboliga oid tarixiy lavhalar mazkur o‘yinni qanday yo‘nalishlarda Shakllantirishga, uning ommaviyligini Yanada oshirishga hamda istiqbolini ta’minlaishga katta yordam beradi.6-jadval

Istiqloldan so‘ng voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionatining natijalari

Erkaklar
T/r Yillar I o‘rin II o‘rin III o‘rin
1 1993 «Avtomobilchi» (Qo‘qon) «SKIF» (Toshkent) «Kanop»

(Samarqand)

2 1994 «Avtomobilchi» (Qo‘qon) «Kanop»

(Samarqand)

«SKIF» (Toshkent)
3 1995 «MHSK» (Chirchiq) «SKIF» (Toshkent) «Avtomobilchi» (Qo‘qon)
4 1996 «Kanop» (Samarqand) «Viktoriya» (Navoiy) «MHSK»

(Chirchiq)

5 1997 «Kanop»

(Samarqand)

«Avtomobilchi» (Qo‘qon) «MHSK»

(Chirchiq)

6 1998 «Kanop» (Samarqand) «Avtomobilchi» (Qo‘qon) «JTISI»

(Toshkent)

7 1999 «Samarqand Telekom» (Samarqand) «Avtomobilchi» (Qo‘qon) «KEsh-kristall» (Shahrisabz)
8 2000 «Samarqand Telekom» (Samarqand) «Progress»

(ZarafShon)

«KEsh-kristall» (Shahrisabz)
9 2001 «Samarqand Telekom» (Samarqand) «Avtomobilchi» (Qo‘qon) «Progress»

(ZarafShon)

10 2002 «Samarqand Telekom» (Samarqand) «Avtoyo‘lchi» (Qo‘qon) «Muhandis»

(Namangan)

11 2003 «UZI Samarqand Telekom» (Samarqand) «AGMK»

(Olmaliq)

«Dinamo-AGU»

(Andijon)

12 2004 «AGMK»

(Olmaliq)

«UZI Samarqand Telekom» (Samarqand) «Parvoz»

(Namangan)

13 2005 «UZI-Samarqand» (Samarqand) «AGMK»

(Olmaliq)

«Omad»

(Toshkent)

14 2006 «Omad»

(Toshkent)

«UZI-Samarqand» (Samarqand) «AGMK»

(Olmaliq)

15 2007 «UZI-Samarqand» (Samarqand) «AGMK»

(Olmaliq)

«Dinamo»

(Namangan)

16 2008 «UZI-Samarqand» (Samarqand) «AGMK»

(Olmaliq)

«O.Akbarov» (Yaypan)
17 2009 «Uzbektelekom» (Samarqand) «AGMK»

(Olmaliq)

«KGPU»

(Qo‘qon)

18 2010 «Uzbektelekom»   (Samarqand) «AGMK»

(Olmaliq)

«Iqtisodchi»   (Andijon)
19 2011 «Uzbektelekom»  (Samarqand) «AGMK»

(Olmaliq)

«Yujanin»  (Navoiy)
20 2012 «Uzbektelekom»  (Samarqand) «Moliyachi»  (Tashkent) «Yujanin»  (Navoiy)
21 2013 Orient Tashkent «Uzbektelekom»  (Samarqand) «AGMK»

(Olmaliq)

22 2014 Orient Tashkent «Uzbektelekom» (Samarqand) «AGMK»

(Olmaliq)

23 2015 Orient Tashkent «Uzbektelekom» (Samarqand) «AGMK»

(Olmaliq)

 

24 2016 Orient  Tashkent   «Uzbektelekom» (Samarqand) «Yujanin»  (Navoiy)
25 2017 Orient  Tashkent   «Uzbektelekom» (Samarqand) «AGMK»

(Olmaliq)

26 2018 “Оrient”

(Тoshkent)

  “АGMK”

(Оlmaliq)

So’gdiyona

NGMK(Navoiy)

27 2019 “Оrient”

(Тoshkent)

  “АGMK”

(Оlmaliq)

«Yoshlik»

(Fargona)

  Ayollar
T/r Yillar I o‘rin II o‘rin III o‘rin
1 1993 «SKIF»   (Toshkent) Andijon Farg‘ona
2 1994 «Avtomobilchi»  (Toshkent) «RSHVSM»

(Toshkent)

Andijon
3 1996 «SKIF»   (Toshkent) Navoiy Farg‘ona
4 1997 «SKIF»    (Toshkent) Navoiy UzOG
5 1998 «SKIF»

(Toshkent)

Farg‘ona Navoiy
6 1999 «SKIF»

(Toshkent)

Farg‘ona Navoiy
7 2000 «SKIF»  (Toshkent) Namangan Farg‘ona
8 2001 «SKIF»

(Toshkent)

Buxoro Namangan
9 2002 «Yog‘-moy»   (Farg‘ona) Namangan Farg‘ona
10 2003 «Algoritm»   (Toshkent) «Yujanin» (Navoiy) «Yog‘-moy» (Farg‘ona)
11 2004 «To‘maris-SKIF» (Toshkent) «Samki»

(Samarqand)

«Pedkollej»

(Namangan)

12 2005 «To‘maris-SKIF» (Toshkent) «Iqtisodchi»

(Samarqand)

«Iqtisodchi»  (Namangan)
13 2006 «SKIF» (Toshkent) «Shifokor» (Navoiy) «Iqtisodchi»

(Namangan)

14 2007 «SKIF» (Toshkent) «Alanga»

(Muborak)

«SDYUSSHOR»

(Navoiy)

15 2008 «SKIF» (Toshkent) «Alanga»

(Muborak)

«SDYUSSHOR»

(Navoiy)

16 2009 «SKIF» (Toshkent) «Alanga»

(Muborak)

«Nukus ped.insitituti» (Nukus)
17 2010 «SKIF» (Toshkent) «Nukus ped.insitituti» (Nukus) «Xorazmkolledj» (Urganch)
18 2011 «SKIF» (Toshkent) «Nukus ped.insitituti» (Nukus) «Xorazmkolledj» (Urganch)
19 2012 «SKIF» (Toshkent) «Nukus ped.insitituti» (Nukus) «Xorazmkolledj» (Urganch)
20 2013 «SKIF» (Toshkent) «Nukus ped.insitituti» (Nukus) «Xorazmkolledj» (Urganch)
21 2014 «SKIF» (Toshkent) «Nukus ped.insitituti» (Nukus) BUKROT ANDIJON
22 2015 «SKIF» (Toshkent) «Nukus ped.insitituti» (Nukus) OLIMP ANDIJON KOLLEJ
23 2016 «SKIF» (Toshkent) «Nukus ped.insitituti» (Nukus) «SKIF -2»

(TOSHKENT)

24 2017 «Nukus ped.insitituti» (Nukus) «Xorazmkolledj»

(URGANCH)

«OZK»

(Navoiy)

25 2018 «SKIF»  (Сhirchik) «Nukus ped.insitituti»

(NUKUS)

«Andijon Оlimp»

(Аndijon)

26 2019 «Nukus ped.insitituti»

(Nukus)

«SKIF»  (Сhirchik) «Bo`sm»

(Namangan)

 

7-jadval Voleybol bo‘yicha «Universiada» musobaqalari natijalari

 

      Erkaklar    
T/r Yil O‘tkazilgan joyi I o‘rin II o‘rin III o‘rin
1. 2000 Namangan Toshkent  II Toshkent  I Samarqand viloyati
2. 2002 Buxoro Toshkent  I Farg‘ona  viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3. 2004 Samarqand Samarqand viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Namangan viloyati
4. 2007 Toshkent Qoraqalpog‘iston Respublikasi Toshkent Navoiy  viloyati
5. 2010 Andijon Andijon  viloyati Navoiy  viloyati Toshkent
6 2013 Buxoro Toshkent Samarkand Xorazm
7 2016 Farg`ona Toshkent Qoraqalpog‘iston Respublikasi Namangan viloyati
       

Ayollar

   
1. 2000 Namangan Toshkent  I Farg‘ona  viloyati Namangan viloyati
2. 2002 Buxoro Toshkent  I Farg‘ona  viloyati Namangan viloyati
3. 2004 Samarqand Samarqand viloyati Toshkent  I Namangan viloyati
4. 2007 Toshkent Qoraqalpog‘iston Respublikasi Toshkent Namangan viloyati
5. 2010 Andijon Toshkent Qoraqalpog‘iston Respublikasi Andijon  viloyati
6 2013 Buxoro Toshkent Qoraqalpog‘iston Respublikasi Navoiy  Viloyati
7 2016 Farg`ona Toshkent Qoraqalpog‘iston Respublikasi Namangan viloyati
Istiqloldan so‘ng voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionatining natijalari.
Muallif: R.N.Ro`zmetov

Mavzular.

manba