IX-XII asrlarda islom dini va so’fiylik. Me’morchilik va sa’nat.

0
Shunday qilib, tasawuf Movarounnahr aholisining ma'naviy hayoti bilan chambarchas bog'langan ta'limot bo'lib, o'rta asrning xalqparvar adib va mashoyixlari uni chuqur bilishga va u orqali ommaga ziyo va ma'rifat tarqatishga intilganlar.

Shunday qilib, tasawuf Movarounnahr aholisining ma'naviy hayoti bilan chambarchas bog'langan ta'limot bo'lib, o'rta asrning xalqparvar adib va mashoyixlari uni chuqur bilishga va u orqali ommaga ziyo va ma'rifat tarqatishga intilganlar.

IX-XII asrlarda islom dini va so’fiylik. Me’morchilik va sa’nat.

IX-XII asrlarda islom dini va so’fiylik. Me’morchilik va sa’nat. Me’morchilik va san’at. IX-XIII  asr boshlarida Movarounnahr va Xorazmda me’morchilik va san’at yangi rivojlanish bosqichida bo’ldi.  Awalambor, o’rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu  sohasiga  ham  kuchli  ta’sir  qildi.  Uning  tashqi  qiyofasi  va  mazmuni  tubdan  o’zgardi.  Qolaversa,  mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi natijasida uning yangi yo’nalishda ravnaq topishi uchun qulay sharoit  yuzaga  keldi.  VIII  asrda  yuz  bergan  tushkunlikdan  keyin  shaharlar  kengayib,  obodlashadi.

Asrlar  davomida to’plangan va avloddan-avlodga an’ana ravishda o’tib, tobora boyib kelgan me’morchilik yuqori  darajada rivojlanadi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O’zgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda  ko’plab saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va karvonsaroylar quriladi. Buxoro shahridagi  Ismoil Somoniy, Nomozgoh, Minorai Kalon, Vobkent va Jarqo’rg’on  minoralari va ko’pgina  boshqa  binolar    o’sha    davr    me’morchiligining    namunalaridandir.

Bu    yodgorliklar    IX-XII    asrlarda  Movarourmahrda  o’ziga  xos  me’morchilikning  g’oyat  rivoj  topganligidan  dalolat  beradi.  Bu  davrda  monumental  me’moriy  binolardan  tashqari  yo’nilgan  tosh,  pishiq  g’isht  va  suvga  chidamli  qurilish  qorishmalaridan  turli  xil  suv  inshootlari:  suv  omborlari  –  bandlar,  novlar,  ko  ‘priklar,  sardobalar  va  korizlar barpo etiladi. Qizig’i shundaki, bunday inshootlarning o’lchamlari matematika nuqtai nazaridan  g’oyat puxta ishlangan. Masalan, X asrda Nurota tizmalaridagi Past tog’ darasi to’silib, barpo etilgan

Xonbandi nomli suv omboriga 1,5 mln metr kub suv to’plangan. To’g’on granit toshi va suvga chidamli  qurilish qorishmasidan qurilgan. Xonbandining  yechimlaridan  ma’lum  bo’lishicha,  uni  bino  qilishda  X  asr  uhandislari  ovuzga  to’planadigan suvning vertikal hamda gorizontal ag’daruvchi kuchJarigina emas, balki bu hududlarda tez- tez sodir bo’ladigan zilzilalarning silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar. Bu shubhasiz, XVII asr  mashhur  fransuz  fizigi  Blez  Paskal  tomonidan  suvning  bosim  kuchi  to’g’risida  yaratilgan  qonun  kashfiyotchisidan qariyb 7 asr muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma’lum ekanligidan dalolat  beradi.

X  asrdan  boshlab  binokorlikda  sinchkori  imoratlar  keng  tarqaladi.  Yakkasinch  va  qo’shsinchli  binolarning  tagsinchlaridan  tortib,  ustunlari-yu  sarroflari  va  to’sinlarigacha  yog’ochlarni  payvandlash  uslubida  qurilib,  sinchlarning  orasi  xom  g’isht  yoki  guvalalar  bilan  urib  chiqilgan.  Bu  tuzilishdagi  imoratlarni qurish hozirgacha saqlanib keladi.

Afrosiyob,   Varaxsha,   Buxoro   va   Poykand   shahar   xarobalarida   kovlab   ochilgan   turar   joy  qoldiqlaridan ma’lum bo’lishicha, X-XI asrlarda ham paxsa va xom g’ishtdan qurilgan imoratlar shahar  me’morchiligida asosiy o’rinni tutgan.

IX-XII asr boshlarida me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o’ymakorlik san’ati ham ancha rivoj  topadi. Imoratni o’ymakor ustun va to’sinlar, devorlarini bo’yoqli yoki ganchkori naqshlar bilan bezash  keng  tarqaladi.  Bu  davrga  kelib  naqqoshlik  va  tasviriy  san’at  o’zgacha  tus  oladi.  Endilikda  jonli  mavjudotlarni tasvirlashdan murakkab geometrik va naqshlar ishlashga o’tiladi.

Naqqoshlik san’atining taraqqiyoti o’z navbatida kulolchilik, miskarlik va zargarlikning ravnaqiga  yordam beradi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlar kulolchilik, miskarlik va zargarlik  rivoj topgan markazga aylanadi. XI-XII asrlarda, ayniqsa sirli sopol buyumlar ishlab chiqarish keng  yo’lga qo’yiladi. Bu davrda xattotlik xalq san’atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Turli  uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik  zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi.

Odatda, imoratlarning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan  qoplanar edi. Shunday qilib, XIII asr boshi me’morchiligi va unda ishlatilgan me’moriy naqsh uslublari o’z  navbatida mehnatkash aholining did-nafosat va binokorlik g’oyalari bilan chambarchas bog’langan xalq  me’morlari – bannolarining sermazmun ijodini namoyish etadi.

Musiqa san’ati. IX-XSH asr boshlarida musiqa san’ati ham g’oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to’ylar,  xalq sayillari va boshqa marosimlar, shubhasiz kuy va qo’shiqsiz o’tmas edi. Mahmud Koshg’ariyning  «Devonu lug’otit turk» kitobida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, xalq orasida ayniqsa qo’shiq janri  keng tarqalgan. Bu davrda sozandalar ud, tanbur, q’o’biz, rubob, nay, surnay, karnay, qo’shnay va qonun  kabi g’oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg’u asboblaridan keng foydalanganlar.

Bu   davrda   xalq   kuylari   asosida   keyinchalik   tojik   va   o’zbek   xalqlarining   mumtoz   kuyi  «Shashmaqom»  uchun  poydevor  bo’lgan  «Rost»,  «Xusravoniy»,  «Boda»,  «Ushshoq»,  «Zerafkanda»,  «Buslik»,  «Sipohon»,  «Navo»,  «Basta»,  «Tamna»  kabi  yangi-yangi  kuylar  ijod  etiladi.  Bu  soz  va  kuylarning  ko’pi  o’zbek  va  qardosh  xalqlaming  madaniy  merosi  tarzida  hozirgi  kungacha  saqlanib  kelmoqda. Musiqa san’ati shubhasiz she’riyat hamda musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog’langan holda  taraqqiy etadi. Forobiy va Abu AH ibn Sino kabi ulug’ olimlar musiqa va musiqashunoslikka katta e’tibor  beradilar va nodir asarlar yaratadilar.

Din  va  tasavvuf.  IX-XIII  asr  ma’naviy  hayotida  islom  dini  muhim  o’rin  egallaydi.  Bu  davrda  musulmon Sharqida keng tarqalib, jahon dini darajasigacha ko’tarilgan islom dini va shariat musulmon  dunyosining mafkurasiga aylandi. Arab xalifaligining fotihlik siyosati natijasida o’zining barcha haq- huquqlaridan ajralib, madaniyati oyoq osti qilingan Movarounnahr aholisi o’z e’tiqodi va xat-savodidan  mahrum  bo’lib,  islom  dinini  qabul  qilishga,  shariat  ahkomlarini  bajarishga,  shuningdek  arab  tili  va  yozuvini o’rganishga majbur bo’ldi. Ko’p vaqt o’tmay e’tiqodli xalq o’ziga yod bo’lgan arab imlosida xat- savod chiqarishga kirishdi. Movarounnahr aholisining murakkab arab imlosini o’zlashtirib, xat-savodli  bo’lishi  uchun  arabiy  tilni  mukammal  o’rganib,  bu  o’zga  tilda  asarlar  yarata  oladigan  olim  va  mutafakkirlarning yerli xalq orasidan yetishib chiqishi uchun qariyb bir yarim asr islom ta’limotining  rivojiga  ulkan  hissa  qo’shgan  Imom  al-Buxoriy,  lso  Termiziy  va  Mahmud  Zamaxshariy  kabi  aqoid  ulamolarni kamolotga yetkazdi.

Movarounnahr va Xurosonda xalifalik hukmronligi tugatilib, mustaqil Somoniylar, Qoraxoniylar,  Saljuqiylar, G’aznaviylar va Xorazmshohlar davlati qaror topgach, islom ta’limoti, shariat ahkomlari va  ilmu ma’rifatga yanada e’tibor kuchaydi. Markaziy shaharlarda qator masjid va madrasalar qad ko’tardi.  Manbalardan ma’lum bo’lishicha, dastlabki madrasa Buxoroda X asrda shaharning Kovushdo’zlar timi  yaqinida  bino  qilingan.  U  Farjak  madrasasi  deb  yuritilgan.  XII  asrda  esa  Buxoroning  Darvoza  mahallasida hatto qonunshunoslar uchun maxsus «Faqihlar madrasasi» qurilgan. Bunday oliy dorilfunun  asosan islom dini ta’limotining asosiy manbalari: Qur’oni Karim, Hadisi sharif va arab tilini mukammal  o’rganishga katta e’tibor bergan.

Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ’ibotining kengayishida, ayniqsa Buxoro shahri markazga  aylandi. Buxoro madrasalaridan juda ko’p yetuk fiqhshunos olimlar, odil qozilar, zohid imomlar yetishib  chiqadi. Shu boisdan Buxoro IX asrdan boshlab «Qubbat ul-islom»- «Islom dinining gumbazi» nomi  bilan shuhrat topadi.

Biroq hukmdor tabaqa mamlakatni idora qilishda imkoni boricha islom dinidan mafkuraviy qurol  sifatida foydalanadi. Mafkuraning barcha sohalari islomga tobe qilinib, zardushtiylik e’tiqodi qoldiqlariga  qarshi  shafqatsiz  kurash  olib  boriladi.  Mehnatkash  aholi  ustidan  jabr-zulm  zo’rayib,  har  qanday  hurfikrlilik ta’qib ostiga olinadi. Buning oqibatida zahmatkash xalqning tashvish va azobi ortib, hayoti  g’oyat og’irlashadi, uning noroziligi bo’rtib, tug’yoni kuch oladi. Mana shunday g’oyat mushkul sharoitda  jabrdiyda xalq o’z dardu alamiga malhamni tasawufdan axtaradi.

Tasavvuf ta’limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti yotadi. Unda kishining har bir nafasida  ong, aql-idrok bo’lmog’i, bosgan har bir qadamida diqqat-e’tibor sezmog’i, u Vatan ishqi bilan band  bo’lmog’i, xalq bilan aloqada birga hayot kechirmog’i kerak deb uqtiriladi.

Tasavvufning tariqat yo’llari g’oyat keng bo’lib, turli davrlarda Turkiston va Movarounnahming turli  o’lkalarida uning turli xildagi yo’nalishlari paydo bo’ladi. Turkistonda XII asrda Yassaviya, XII asr oxirida  Xorazmda  Kubraviya,  XIV  asrda  Buxoroda  Naqshbandiya  va  boshqalar  vujudga  keladi.  XII  asrda  Movarounnahrda keng yoyilgan tasawuf Yassaviya tariqati bo’lib, unga Ahmad Yassaviy asos soladi.  Tasawufning  asoslari  Yassaviyning  mashhur  «Hikmat»  asarida  bayon  etiladi.  Ahmad  Yassaviyning  fikricha,  shariatsiz  tariqat,  tariqatsiz  ma’rifat,  ma’rifatsiz  haqiqat  bo’la  olmaydi.  Ularning  har  biri  ikkinchisini to’ldiradi va takomillashtiradi. Bu kamolot yo’li sari to’rt bosqich bo’lib, inson hayoti va  faoliyatining asl mohiyatini tashkil etadi.

Yassaviy sulukida mashaqqatli mehnat va aziyat shariat yo’lida bo’lmog’i hamda tarkidunyochilik  targ’ib  etilsa-da,  ammo  inson  zoti  sharif  darajasida  ulug’lanadi,  uning  har  qanday  mol-dunyodan  va  davlatdan ustun turishi ta’kidlanadi.

Tasavvuf  ta’limotining  buyuk  siymolaridan  yana  biri  Najmuddin  Kubro  (1145-1221)  edi.  U  Xorazmda sufiylik maktabini ochib, «Kubraviya» sulukiga asos soladi.

Yassaviy  ta’limotidan  farqli  o’laroq,  Kubraviya  ta’limoti  tarkidunyochilikni  rad  etadi.  Kamolot  yo’lida  olib  boriladigan  mashaqqatli  mehnat  jarayonida  bu  dunyo  noz-ne’matlaridan  bahramand  bo’lishning joizligi g’oyasi ilgari suriladi. Kubraviya ta’limotida xalqqa va Vatanga bo’lgan muhabbat  nihoyatda kuchli bo’lib, har qanday og’ir damlarda ham omma bilan birga bo’lish, Vatanni mudofaa qilish  va uning mustaqilligi uchun kurashga da’vat etiladi. Bunday g’oya yo’lida Najmuddin Kubro 1221-yilda  jasorat ko’rsatib, Chingizxon boshliq mo’ng’ul bosqinchilari bilan jangda shahid bo’ladi.

Tasawuf XIV asrda Naqshbandiya ta’limotida yanada rivoj topadi. Unga Bahouddin Naqshband  asos  soladi.  U  1318-yilda  Buxoro  yaqinida  qasri  Hinduvon  qishlog’ida  matolarga  naqsh  bosuvchi  hunarmand oilasida dunyoga keladi. Yoshligida o’qish va ta’lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul  bosishni puxta o’rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan, so’ngra o’z kasbida mahoratga erishib, dovruq  qozongan. Ayni zamonda o’z davrining atoqli shayxlari Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Amir Sayyid  Kulol va boshqalardan odob-tariqatdan ta’lim oladi.

Xoja Bahouddin «Hayotnoma» va «Dalil ul-oshiqin» nomli asarlar yozib, o’z tariqatini yaratadi.  Tarixda   bu   suluk   «Naqshbandiya»   nomi   bilan   shuhrat   topadi.   U   tarkidunyochilikni   rad   etib,  mehnatsevarlik,  odillik  va  bilimdonlikni  targ’ib  etadi.  Naqshbandiya  ta’limoti  taraqqiyotiga  keyingi  asrlarda Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xo’ja Ahror kabi buyuk allomalar katta hissa qo’shadilar.

Shunday qilib, tasawuf Movarounnahr aholisining ma’naviy hayoti bilan chambarchas bog’langan  ta’limot bo’lib, o’rta asrning xalqparvar adib va mashoyixlari uni chuqur bilishga va u orqali ommaga ziyo  va ma’rifat tarqatishga intilganlar.  IX-XII asrlarda islom dini va so’fiylik. Me’morchilik va sa’nat.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba