IX-XII asrlarda Movarounnahrda Toxiriylar, Somoniylar hukmronligi.

0
Shunday qilib, tasawuf Movarounnahr aholisining ma'naviy hayoti bilan chambarchas bog'langan ta'limot bo'lib, o'rta asrning xalqparvar adib va mashoyixlari uni chuqur bilishga va u orqali ommaga ziyo va ma'rifat tarqatishga intilganlar.

IX-XII asrlarda Movarounnahrda Toxiriylar, Somoniylar hukmronligi.

IX-XII asrlarda Movarounnahrda Toxiriylar, Somoniylar hukmronligi.

IX-XII asrlarda Movarounnahrda Toxiriylar, Somoniylar hukmronligi.VIII asr oxiri – IX asr boshlarida Arab xalifaligi og’ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo’ysundirilgan  xalqlarni  itoatda  tutib  turish  arablar  uchun  tobora  qiyin  bo’lib  qoldi.  Movarounnahr  va  Xuroson  aholisining tez-tez qo’zg’olon ko’tarib turishi, uzluksiz davom etgan o’zaro urush va ichki ziddiyatlar Arab  xalifaligi   hokimiyatini   zaiflashtirdi.   Bu   esa   mustaqil   davlatlarning   paydo   bo’lishiga   olib   keldi.  Movarounnahrning  shimoliy  va  shimoli  sharqiy  hududlaridagi  hali  xalifalikka  bo’ysundirilmagan  chegaradosh elyurtlarda bir nechta davlatlar tashkil topdi. Ulari Qarluqlar va O’g’uzlar davlatidir.

Tohiriylar davlati. VIII asr oxiriIX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og’ir siyosiy vaziyat  abbosiylarni Movarounnahr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o’zgartirishga majbur etdi. Mahalliy  zodagonlar  Movarounnahr  va  Xurosonni  nafaqat  o’z  tasarruflariga  o’tkazib  oldilar,  balki  xalifalik  markazida ham hokimiyatni boshqarishda tobora ko’proq rol o’ynaydigan bo’lib qoladilar. Bunga, ayniqsa,

xalifa Horun arRashid (786-809) vafotidan so’ng uning o’g’illari Ma’mun bilan Amin o’rtasida 809-813  yillarda taxt uchun bo’lgan kurash katta yo’l ochib berdi.

Xalifalikning  markaziy  qismidagi  arablar  Aminni  xalifalik  taxtiga  ko’taradilar.  Bundan  norozi  bo’lgan Ma’mun ukasi Aminga qarshi kurash boshlaydi. Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn  Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813 yilda ular Bag’dodga  yurish qiladilar.

Poytaxt qo’lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o’tiradi. Buning evaziga Tohir 821 yilda  Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Shuningdek, Ma’mun Movarounnahr zodagonlarining  ham  yordamini  unutmadi.  Somonxudotning  nabiralarini  ayrim  shahar  va  viloyatlarga  noib  qilib  tayinlaydi. Nuhga Samarkand, Ahmadga Farg’ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Hirot  tegadi. Buning evaziga akauka somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag’ini  tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. Tohir davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida  822 yilda xalifa nomini xutbadan chiqartirib tashlatadi.

Bu amalda Bag’dod bilan aloqani uzish va o’zini mustaqil deb e’lon qilish edi. Biroq ko’p vaqt  o’tmay u to’satdan vafot etadi. Tohirning o’g’illari Talxa va Abul Abbos Abdulloh otasining o’rniga birin  ketin noiblik qiladilar. Shunday qilib, Xuroson va Movarounnahr boshqaruvi tohiriylar xonadoniga meros  bo’lib qoladi. Abul Abbos Abdulloh noibligi (830-844) davrida poytaxt Marvdan Nishopur shahriga  ko’chiriladi.

Tohiriylar zamonida ham mehnat ahlining ahvoli nihoyatda og’irligicha qolaverdi. Masalan Tohiriy  hukmdorlar, ayniqsa, so‘nggi hukmdorlar: Tohir ibn Abdulloh (844 -862), Muhammad ibn Tohir (862 –  873) davrida oddiy xalq ahvoli ancha ogirlashadi. Ular haddan ziyod o ip o n va soliqlar to iash g a  majbur etiladi. Jumladan, birgina 844-yilda ulardan olinadigan soliq miqdori 48 mln dirhamni tashkil  etgan.   Bu  holatlar  tohiriylarga  qarshi  xalq   g‘alayonlarini  kuchayishiga  sabab  bolgan.  Bunday  qo’zg’alonlarga «g’oziylar» ham qo’shiladilar. Qo’zg’olonga safforiylar – akauka Ya’qub va Amr ibn  Layslar  boshchilik  qiladilar.  873  yilda  Xuroson  poytaxti  Nishopurni  egallaydilar.  Natijada  tohiriylar  hukmronligi tugatilib, hokimiyat safforiylar qo’liga o’tadi. IX-XII asrlarda Movarounnahrda Toxiriylar, Somoniylar hukmronligi.

Muallif:   U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba