Jahon tarixi fani tarixshunosligini o’rganishni rivojlantirishning asosiy tamoynlari.
Jahon tarixi fani tarixshunosligini o’rganishni rivojlantirishning asosiy tamoynlari. O`zbekistonda tarixshunoslik fanining rivojini jahon xalqlari tarixini o`rganmasdan tasavvur qilib bo`lmaydi, albatta. Shuning uchun jaxon mamlakatlari, xususan g`arb davlatchiligi tajribasi to`g`risida, uning davlatchilik an`analargi haqida gap kelganda nusxa ko`chirish emas, balki umuminsoniyat ahamiyat kasb etgan tamoyillarni milliy davlatchilik an`analari bilan uyg`unlashtirish nazarda tutiladi. Biz Angliya, Frantsiya, GFR, RF va boshqa davlatlar tarixini o`rganar ekanmiz, o`zimizning davlatchiligimiz tarixshunoslik haqida ham mushohada qilishimiz mumkin.
O`zbekiston Respublikasi siyosiy tizimlarining shakllanishi bir tomondan chuqur milliy tarixiy ildizlar asosida kechayotgan bo`lsa, ikkinchi tomondan jahon, qolaversa G`arb dunyosining eng maqbul tajribalarini o`zlashtirishning zamirida sodir bo`lmoqda. Bu jarayon ham O`zbekistonning jahon hamjamiyati bilan nechog`liq integratsiyalashuvini nanoyish etmoqda.
Jahon tarixi fani tarixshunosligini o’rganishni rivojlantirishning asosiy tamoynlari. Agar biz O`zbekiston tarixini mustaqil davlat tarixi sifatida ko`rishni istasak, unga jahon tarixi bilan bir butunlikda qarashimiz zarur. Uning uchun esa har bir tarixnavis oldigi chet el tarixshunosligini albatta bilish va undan foydalanish talabini qo`yishimiz kerak. Biror – bir muammo tadqiqi faqat mamlakatimiz adabiyotlarigagina asoslanib qolmasligi darkor. Binobarin, faqat ichki emas, balki tashqi manbalardan (masalan arxivlar, taqdir taqozosi bilan chet elda voqealarning bevosita ishtirokchisi bo`lganlarning xotira materiallaridan) ham foydalanish taqoza etiladi. Ham mahalliy, ham chet el manba va adabiyotlarini bilish tadqiqotchini eng xolis xulosalar chiqarish uchun kuchli vosita bilan ta`minlaydi.
Jahon tarixi fani tarixshunosligini o`rganishni rivojlantirishning vazifalari – tarix fani taraqqiyot yo`nalishlari va istiqbollarning aniqlash, bu taraqqiyoti ta`sir etuvchi muhim omillar, ijtimoiy-siyosiy tuzim, davlatning fanga munosabati, xur fikrlik imkoni, xukmron mafkuraning ta`sirini o`rganishdan iborat. Shuningdek tarixshunoslik tadqiqodlari muhum va dolzab muammolar haqida, fanda shakillangan ilmiy qarashlar, munozarali va mavxum masalalarni ham aniqlash imkoni beradi.
Bu esa o`z navbatida vatanimiz haqida nafaqat o`z xalqimiz yurtimizda, balki butun jahonda shakllangan tarixiy bilimlar darajasini aniqlash va taxlil etish imkoni beradi. Demak, jaxon tarixi fani tarixshunosligini o`rgarish va rivojlantirish birinchi navbatda manbalarni chuqur o`rganish, eski o`zbek yozuvi, arab, fars, tillari mutaxassislarini mujassamlashtirishni talab qilsa, ikkinchidan ingiliz, fransuz, nemis tarixshunosligiga ixtisoslashgan kadrlarni etishtirishni talab etadi.
Jahon tarixi fani tarixshunosligini o’rganishni rivojlantirishning asosiy tamoynlari.











