Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti.
Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti. Keyingi yillarda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan insonparvarlik, adolatparvarlik g‘oyalariga
asoslangan jinoyat, jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirishga, jinoiy jazolarni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari Oliy Majlisga kiritildi. Ularning qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy hayotida o‘zining samarasini bermoqda. Masalan, Respublikamiz Prezidenti tomonidan loyihasi kiritilib, 2001 yil 29 avgustda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqiqida»gi Qonun bilan jinoyatlarni tasniflash engillashtirish ma’nosida takomillashtirildi, yarashuv instituti joriy etildi. Jinoyat kodeksidagi o‘lim jazosini nazarda tutuvchi moddalar soni keskin kamaytirildi, mol-mulkni musodara qilish jinoiy jazo sifatida bekor qilindi va
shu kabi inson huquqini himoya qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qo‘llanildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi 2001 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan Qonunining 20-moddasiga muvofiq «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek, ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti hisoblanadi».
Hulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qonun ustuvorligi quyidagi uchala holat bo‘lgandagina,
o‘zining to‘liq ifodasini topadi.
Birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-hujjatlar adolat prinsipiga,
inson huquqi va manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy asoslangan bo‘lishi shart.
Ikkinchidan, barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talabi barcha davlat organlari, mansabdor shahslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan qat’iy bajarilishi zarur.
Uchinchidan, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlarga mos bo‘lishi –
qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy mehanizmlarini tashkil etadi. Demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo‘lgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir. Albatta, demokratik jamiyat qurish faqat qonun ustuvorligi bilan cheklanib qolmaydi, balki halqimizning milliy-ma’naviy negizlariga tayanishni taqozo etadi va zaruriy sharti qilib qo‘yadi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy
davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart- sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz
kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyasiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda
jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Prezidentmiz farmoni bilan tasdiqlangan “Harakatlar strategiyasi”ning “Qonun ustuvorligini
ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari” nomli ikkinchi
ustuvor yo‘nalishi ham juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni o‘zida qamraydi.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlari:
• Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish,
sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish
• Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
ta’minlash
• Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish
• Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini
takomillashtirish
• Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash
• Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud
tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish; fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash; ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish; jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish; sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash; yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish sohalariga doir ana shu dolzarb vazifalarning o‘z vaqtida, to‘laqonli, yuksak samaradorlik bilan bajarilishi bugungi kunimiz va istiqbolimiz uchun nihoyatda zarur.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu — qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iborat. Sud-huquq tizimini erkinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar mamlakatimizning demokratik qadriyatlar tarafdori ekanining yorqin ifodasidir.
“Harakatlar strategiyasi”da sudning mustaqilligi va beg‘arazligi, sud protsessi tomonlarining
tortishuvi va teng huquqliligi tamoyillarini xar tomonlama tatbiq etish, shuningdek, «Xabeas
korpus» institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish
bo‘yicha muayyan amaliy chora-tadbirlar belgilangani juda muhim. Zero, mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.
“Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalar asosida sud-huquq tizimini isloh etish
yo‘nalishidagi huquqiy echimini topishi zarur bo‘lgan qator muhim va dolzarb masalalar bo‘yicha qonunlar qabul qilinishi, ularning zarur ijro mexanizmlari, aniq dastur va tizimlar joriy etilishi aholining davlatimizda amalga oshirilayotgan oqilona siyosatga ishonchini yanada oshiradi. Shuning barobarida, bu dadil qadam hokimiyat tizimida sudlar mustaqilligini yanada mustahkamlaydi va odil sudlov darajasini xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirib, demokratik huquqiy davlat qurish hamda adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishimizga bevosita xizmat qiladi.
Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam
mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Ma’muriy sudlarni, xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyasiya sudlarini tuzish, sudya
yordamchisi lavozimini ta’sis etish orqali sudlarni kelgusida ixtisoslashtirish va ularning devoninimustahkamlash nazarda tutilmoqda.
Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho‘zib yuborilishiga
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya
sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Ushbu yo‘nalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, davlat
hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, aholi ularga erkin murojaat eta olishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaatlarning, xabarlarning o‘z vaqtida olinishini ta’minlash nazarda tutilmoqda.
Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat
tartibini saqlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek ushbu yo‘nalish 2018 — 2021 yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonun
hujjatlarini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini o‘qitish, tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini e’lon qilib borishni, advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDYO organlarini isloh qilishni ham o‘z ichiga oladi.
Mamlakatimizni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – sud tizimini
izchil demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy
normalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoevning 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-
4966-son farmoni asosida shu maqsadga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi
va nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud
hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga
ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga
tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, uning 21 nafar bo‘shayotgan ijro apparati shtat birligi Kengashga o‘tkazilsin.
3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
* sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas’uliyatli
mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga
ko‘rsatish uchun tavsiya berish yo‘li bilan sudyalar korpusini shakllantirish;
* sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi
faoliyatiga aralashishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
* sudyalarni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil etish, ularning faoliyati
samaradorligini baholash, shuningdek sudyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha tashabbus
ko‘rsatish;
* ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik olib borish, aholi bilan muloqotni yo‘lga
qo‘yish, sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
* sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining
chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish
darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish, shuningdek ularni jinoiy va ma’muriy
javobgarlikka tortishga xulosa berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish.
Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-
moddalariga tegishli o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilmoqda. Ushbu tuzatishlarga muvofiq Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sud fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ishi yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organiga – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga
birlashtirilmoqda. Mazkur konstitutsiyaviy tuzatishlarga muvofiq sud tizimida iqtisodiy va
ma’muriy sudlar tuzilmoqda.
Senatorlar qayd etganlaridek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtisodiy, ma’muriy sudlarini, shuningdek, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarini hamda tuman, shahar ma’muriy sudlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi ushbu konstitutsiyaviy o‘zgartishlar mamlakatimizda olib borilayotgan ma’muriy, iqtisodiy, bozor islohotlarini sud-huquqiy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirishning, xususiy mulk huquqini,
tadbirkorlik faoliyatini sudda ishonchli himoya qilishning muhim omiliga aylanadi. Jumladan,
ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shu jumladan, davlat organlarining harakatlariga yoki harakatsizligiga, qarorlari ustidan fuqarolarning, tadbirkorlik sub’ektlarining bergan shikoyatlarini va murojaatlarini ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan turli darajadagi ma’muriy sudlarning tuzilishi insonlarning, yuridik shaxslarning qonuniy huquqlarini va erkinliklarini, manfaatlarini sudda himoya qilish samaradorligini tubdan oshiradi.
Asosiy qonunimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarga muvofiq sud-huquq tizimida yangi
institut – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi joriy etilmoqda. Bu Kengash avval amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasini almashtirishi lozim. Majlis davomida ta’kidlanganidek, mazkur komissiya zarur konstitutsiyaviy maqomga, etarlicha vakolatlarga ega bo‘lmagan, bu esa amaldagi sudyalar korpusini shakllantirish ishlarining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatgan. Sudyalar oliy kengashi tuzilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
111-moddasining yangi tahririda Sudyalar oliy kengashining konstitutsiyaviy maqomi aniq
mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar
hamjamiyatining organi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati mustaqilligi
haqidagi konstitutsiyaviy prinsipga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashishi belgilab
qo‘yilmoqda. Kengash raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tayinlanishi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-moddasining 4-bandi), Sudyalar oliy kengashi a’zolari qonunga muvofiq davlat rahbari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yilmoqda.
Konstitutsiya Sudyalar oliy kengashiga keng vakolatlar beradi. Konstitutsiya 93-moddasi
birinchi qismi 14-bandining yangi tahririga muvofiq Prezident O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi taqdimnomasiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi.
Ayni paytda Kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda harbiy
sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislarini hamda sudyalarini mustaqil ravishda lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi. SHuni qayd etish kerakki, avval sudyalarning bu toifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanar edi.
Konstitutsiyaga sud hokimiyatining faoliyatini tubdan yaxshilashga, nufuzini oshirishga,
sudlar tuzilishini takomillashtirishga hamda sudyalarni tanlash va lavozimlarga tayinlash tizimini demokratlashtirishga qaratilgan ushbu va bir qator boshqa o‘zgartish hamda qo‘shimchalarning kiritilishi fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari sudda ishonchli himoya qilinishini ta’minlashning, mamlakatda qonun ustuvorligini, qonuniylikni mustahkamlashning muhim omiliga aylanadi.
Senatorlar “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdilar. Qonun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrda qabul qilingan “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017 yil 21 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq ishlab chiqildi. 2017 yilning 28 mart kuni Senatning 10 yalpi majlisida Senatorlar «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga, Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga kiritilayotgan o‘zgartishlar hamda qo‘shimchalar yangi tuzilayotgan ma’muriy va iqtisodiy sudlar faoliyatining tegishli huquqiy bazasini yaratishga qaratilganligini ta’kidladilar.
Xususan, Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sudning birlashtirilishi, iqtisodiy sudlar tashkil etilishi,
harbiy sudlarning maqomi qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi qonundan xo‘jalik sudlarining faoliyatini tartibga soluvchi normalar chiqarib tashlanmoqda, okrug harbiy sudlari va harbiy hay’atlar tugatilmoqda.
Oliy sud tuzilmasiga ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha hay’atlar kiritilmoqda, harbiy hay’at bekor qilinmoqda. Qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar ma’muriy sudlar tasarrufidagi ish toifalarini aniq belgilab bermoqda. Budavlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, shuningdek, ular mansabdor shaxslarining ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan harakatlari (qarorlari) yuzasidan shikoyatlar va arizalar bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzilishi munosabati bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ushbu
o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq Kengash zimmasiga sudlar faoliyatini tashkiliy jihatda ta’minlash funksiyalari yuklatilmoqda. SHunday tartib belgilanmoqdaki, unga ko‘ra sudya Sudyalar oliy kengashining xulosasisiz javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas. Kengash Raisiga Oliy sud Plenumi majlislarida ishtirok etish huquqi berilmoqda. “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq sudyalarni saylash (tayinlash), ular vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish tartibi belgilanmoqda.
Qonunda sudya lavozimga birinchi marta besh yillik muddatni, navbatdagi o‘n yillik muddatni va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davrini belgilash, umumiy sudyalik stajidan kelib chiqqan holda sudyalarning vakolat muddatini hisoblab chiqarish tartibi, sudlar raislarini 5 yilga saylash (tayinlash), ayni bir sudda ushbu lavozimni surunkasiga ikki muddatdan ortiq egallash mumkin emasligi nazarda tutilmoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari uchun sudyalik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi 70 yoshni, boshqa sudlarning sudyalari uchun 65 yoshni tashkil etadi.
Oliy sudning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi mamlakat Prezidenti tomonidan, boshqa sudlarning sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi Sudyalar oliy kengashi tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Senatorlarning fikricha, ushbu Qonunning qabul qilinishi sud hokimiyatining nufuzini yanada oshirishga, chinakam mustaqilligini ta’minlashga, jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha sudlar faoliyatining samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. SHundan so‘ng senatorlar “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdilar.
Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada islohqilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tayyorlandi. Senatorlar ta’kidlaganlaridek, ushbu qonun sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirishga va erkinlashtirishga, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan. Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslariga, “Sudlar to‘g‘risida”gi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalarda qamoqqa olish tarzidagi jinoiy jazoni bekor qilish nazarda tutilmoqda, shu bilan bir vaqtda jinoiy jazolar tizimiga
ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan engilroq jazo turi – “majburiy jamoat ishlari”kiritilmoqda. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni qamoqda saqlash muddati 72 soatdan 48 soatgacha, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek, dastlabki tergov muddatlari 12 oydan 7 oygacha qisqartirilmoqda.
Bundan tashqari, ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yishga va murdani eksgumatsiya qilishga sanksiyalar berish huquqini prokuraturadan sudlarga berish nazarda tutilmoqda. SHunday qilib, sud ishi yurituvida “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasi kengaytirilmoqda, jinoyat jarayonida sud nazorati roli va ahamiyati kuchaytirilmoqda. Qonunga muvofiq sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni rad etishda muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi berilmoqda.
Bunda sud tomonidan qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun jinoyat ishini qaytarish instituti butunlay bekor qilinmoqda, sud tekshiruvi jarayonida kamchiliklarni to‘ldirish mexanizmlari qonun bilan mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Qonunda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartirilmoqda. Qonun bilan viloyat darajasidagi jinoiy va fuqarolik ishlarini sudlar tomonidan ko‘rib chiqish institutini bekor qilishni, nazorat tartibida protest keltirish bo‘yicha sudlarning tegishli raislari va prokurorlari vakolatlarini istisno etishni nazarda tutuvchi tegishli tuzatishlar kiritildi.
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatining ishlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqishga doir bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilindi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 6 aprel kuni «O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. O‘zgarishlar Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111 va 112-moddalariga tegishli. Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sud fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud amaliyoti sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Oliy sudiga birlashtirildi. Yangi tizim — O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi joriy etilmoqda. U sudyalar hamjamiyati organi bo‘lib, O‘zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligi konstitutsiyaviy tamoyiliga amal qilinishi ta’minlanishiga ko‘mak beradi.
Sud tizimida iqtisodiy va ma’muriy sudlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahri iqtisodiy va ma’muriy sudlari, shuningdek, tumanlararo, tuman va shahar iqtisodiy sudlari hamda tuman va shahar ma’muriy sudlari tashkil etildi.Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Oliy sudini va O‘zbekiston Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish, ma’muriy hamda iqtisodiy sudlarni tashkil etish to‘g‘risidagi qoidalar 2017- yil 1 iyundan e’tiboran amalga kiritiladi. Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.












