Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish.

0
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo‘nalishi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari»ga bag‘ishlangan bo‘lib, uning 2.4-bandida «Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish» masalasi nazarda tutilgan. Unda quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berilgan:

jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni

muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish; diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi

kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish; korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va

korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish; aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklariing oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4850-son Farmoniga ko‘ra, faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni avvalo huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish masalasi belgilab berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishga mas’ul organlar o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo‘ysinib amalga oshiradilar.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyatchilikka qarshi kurash choralarini samarali bajarish va asosiy faoliyat yo‘nalishlarini kelishish asosida ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish deganda tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish nazarda tutiladi.

Shu ma’noda, mazkur vazifani bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi va jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini muvofiqlashtirishning tartibi va mexanizmlari aniq belgilab beriladi.

Jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning mohiyati, maqsadi nimalardan iborat? Uning qanday shakllari mavjud? Muvofiqlashtirish bilan hamkorlikning farqi bormi?

  • Muvofiqlashtirishning mohiyati. Umumiy maqsadga erishish yo‘lida jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini tartibga solish, samaradorligini yanada oshirish yo‘lida o‘zaro kelishib harakat qilish muvofiqlashtirishning mohiyatini belgilaydi. Modomiki, maqsad umumiy, ya’ni jinoyatchilikka qarshi kurashish ekan, demak, shu faoliyatni amalga oshiradigan organlar ishini muvofiqlashtirish shartmi? Hammasi ham yagona va umumiy maqsadga xizmat qiladi-ku? To‘g‘ri, lekin ularning har biri mustaqil holda o‘z vakolati doirasidagina o‘zlariga xos shakl va usullar bilan jinoyatchilikka qarshi kurashadi. Afsuski, jinoyat turlari shu darajada xilmaxilki, ularga qarshi samarali kurashish, oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik mavjud butun imkoniyatni bevosita ishga solishni, barcha kuchlarni birlashtirishni talab qiladi. Aynan ana shu talabni jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini muvofiqlashtirish orqaligina amalga oshirish mumkin.

Ana shu tamoyillarga va asosiy yo‘nalishlarga rioya qilgan holda, jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini ta’minlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv hamda dastlabki tergovni amalga oshirish organlarining faoliyati muvofiqlashtirilib, huquqni himoya qiluvchi va nazorat organlari hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi, davriy hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturlari, aniq yo‘naltirilgan rejalar tizimi ishlab chiqiladi, ularning to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlashga qaratilgan muvofiqlashtiruvchi kengash qabul qilgan qarorlar ijrosiga jiddiy e’tibor qaratiladi va ijrosi ta’minlanadi. Har olti oyda tezkor-qidiruv va izlov ishlarining ahvoli, natijalari muvofiqlashtirish kengashlarida muhokama qilinib, faoliyatning samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi ta’minlab boriladi.

  • Muvofiqlashtirishning maqsadi jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirishdir. Bu umumiy maqsad, tabiiy ravishda, barcha kuchlarni birlashtirishni, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida bir-birini takrorlamaslikni, biri boshqasining funksiyasini bajarmasligini, muayyan aniq maqsad yo‘lida kuch hamda imkoniyatlarni birlashtirishni, ayni paytda har biri qonunchilikka qattiq rioya etgani holda qonun doirasida o‘z vazifasini malakali bajarishini taqozo etadi.

Shundan kelib chiqib, muvofiqlashtirishning asosiy maqsadi jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmalarning o‘zaro bogliq va hamkorlikda harakat qilishini ta’minlash, jinoyatlarni tez, to‘la va har tomonlama aniqlash, tergov olib borish, jinoyatni ochish hamda vakolatli organlarga uning yuzaga kelish sabab va sharoitlarining oldini olishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish hisoblanadi.

Muvofiqlashtirish, o‘z navbatida, jinoyatchilikka qarshi hamkorlikka kirishgan har bir organdan, uning rahbari va xodimlaridan (hamkorlik ishtirokchilaridan) yuksak kasbiyprofessional malakani va amaliy teran tajribani talab qiladi. Bu, avvalo, sodir etilgan jinoyatning, uning sabablari va boshqa holatlarni mufassal o‘rganish, taxdil qila bilishda, sodir etilishi mumkin jinoyatlarni oldindan bilish. kaysi jinoyat qay darajada sodir etilishi mumkinligini bashorat qilish, bu borada tlplangan barcha tajribalarni ishga solish, jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish. ochish. ular haqida ogohlantirish, ularning oldini olish bilan bog‘liq tashkiliy jarayonlar mexanizmini puxta o‘zlashtirish, ularni tergov-qidiruv amaliyotida samarali ko‘llash maxoratiga bog‘liq, albatta. Ana shundagina jinoyatchilikka qarshi kurash kutilgan natnjani beradi. Agar mazkur faoliyat boshqa davlat organlari, ilmiy-tadkikot \g> assasalari bilan hamkorlikda olib borilsa, shubhasiz, jinoyatlarning oldi tez olnnadn. ogohlantirish kutilgan natijani beradi, eng muhimi, huquqni muhofaza kiluvchn organlar ishini, shuningdek, jinoiy xatti-harakatlarga qarshi kurash faolnyatnni hukuqiy tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirishga qaratilgan yangp-yangn taklnflar yuzaga keladi. Ularni tergov-qidiruv faoliyatida ijodiy qo‘llash, hech shubhasiz, umumiy maqsadga xizmat qiladi.

  • jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirishda quyidagilarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq:

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ular rahbarlarining birgalikda muvofiqlashtiruv kengashlarini tashkil etishlari;

Qayd etilgan organlarning jinoyatchilikka va ayrim turdagi jinoyatlarga qarshi kurash masalalari bo‘yicha o‘zaro axborotlar almashinuvi;

O‘zaro kelishilgan harakatlarni amalga oshirish maqsadida hamkorlikda mintaqalarga chiqish, quyi bo‘g‘indagi huquqni muhofaza qilish organlariga jinoyatchilikka qarshi kurashda yordam berish, mavjud ijobiy tajribalarni o‘rganish va boshqa hududlarda amaliyotga tatbiq etish;

Ko‘p epizodli va jamoatchilik e’tiborida bulgan aniq jinoyatlarni tergov qilish uchun tergov-tezkor guruhlar tuzish va tergovni tashkil etish;

Jinoyatlarni aniqlash va oldini olish maqsadida hamkorlikdagi maqsadli tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, ularning sodir etilish sabablari va sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish;

Xodimlarning     malakasini     oshirishda     huquqni     muhofaza     qiluvchi      organlarning imkoniyatlaridan foydalanish, hamkorlikda seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish;

Jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyati jarayonida ishtirok etayotgan xodimlar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zaro yordam ko‘rsatish;

Hamkorlikda buyruqlar, qo‘shma ko‘rsatmalar chiqarish, axborot xatlarini va boshqa tashkiliy-farmoyish hujjatlarini tayyorlash, hamkorlikda qullanmalar, byulletenlar (to‘plamlar) hamda boshqa axborot nashrlarini chiqarish;

Muvofiqlashtiruv faoliyatining o‘zaro kelishilgan rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ijrosini ta’minlash;

Mamlakatda amalda bo‘lgan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishga oid qonunlar va normativ hujjatlarning ijro etilish ahvoli bo‘yicha hamkorlikda hududlarga chiqib tekshirishlar tashkil etish;

Mintaqalarda jinoyatchilikka qarshi kurash dasturlariga kiritish uchun hamkorlikda takliflar ishlab chiqish.

Jinoyatchilik va sudlanganlik holati haqida o‘zaro axborot almashuv;

Jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda sud statistikasi ma’lumotlaridan va sud amaliyoti materiallaridan foydalanish;

Jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun loyihalarini hamkorlikda tayyorlash;

Hamkorlikda seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish, tegishli mutaxassislarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining malakasini oshirishdagi ishtiroki;

Hamkorlikda axborot xatlarini, ma’lumotnomalarni, sharxdarni jo‘natish va boshqalar.

Sud raislari, sudyalar jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar rahbarlarining muvofiqlashtiruv kengashlarida kuzatuvchi sifatida yoki kengash ishtirokchilarini o‘z organi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida qatnashishi mumkin.

Albatta, muvofiqlashtirishning ushbu shakllari to‘liq emas. Amaliyotda xodimlarning ish tajribasi, tashabbusi va izlanuvchanligidan kelib chiqib, hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishning yana boshka kator usullaridan foydalanish mumkin.

Yuqorida keltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, aholi, ayniqsa, YOSHlar o‘rtasida terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq yot va zararli g‘oyalar ta’siridan ogohlantirish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlari, korxona, muassasa va tashkilotlar, shu jumladan, ta’lim muassasalari doirasida targ‘ibottashviqot ishlari yanada takomillashtiriladi; terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar aksariyat hollarda Internet tarmog‘idan foydalanib sodir etilayotganini e’tiborga olib, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi samarali kurashish maqsadida milliy internet segmentini muhofaza qilish, Internet orqali terroristik va diniy ekstremistik tashviqot olib borishni cheklashni nazarda tutuvchi qopun hujjati ishlab chiqiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish.

Jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini va inson huquqlarining ishonchli himoyasini yanada takomillashtirish, xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash qonuniylikni ta’minlashning institutsional va huquqiy asoslarni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish samarali tizimini tashkil etish zaruriyatini namoyon etadi.

Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha huquqiy va institutsional asoslarni kelgusida takomillashtirish maqsadida 2017 yilning 4 yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.

Ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, vakolatli davlat organlari tizimi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlarining, fuqarolar va ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi, shuningdek, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik masalalari aks etgan.

Qonun bilan qamrab olingan chora-tadbirlar doirasi O‘zbekistonning siyosiy xohish-irodasi va korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining jiddiyligini tasdiqlaydi. Qonun yagona bir butunligicha barcha korrupsiyaga qarshi kurashish elementlarini o‘zida qamrab olgan.

Qonunga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari kuyidagilardan iborat:

qonuniylik;

fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik;

davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi: javobgarlikning muqarrarligi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unla ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiklashtnrnsh >»chun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissnyasn tashknl etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyatn tartnbn O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Shunday qilib, O‘zbekiston antikorrupsion siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish uchun institutsional bazani mustahkamlash maqsadida muhim qadamlarni tashlagan, desak, adashmaymiz.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida:

qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash;

davlat xizmati organlarining faoliyatida oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash; jamiyatda korrupsiyaga nisbatan mutlaq murosasizlik madaniyatiga erishish; xalqning davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga erishiladi.

Aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, bu boradagi choratadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish.

Huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda fuqarolarning qonunlarga va normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir.

Bunda goyat muhim jihat jamoatchilikka davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari faoliyati haqida ma’lumot berish, davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlardan, birinchi navbatda, inson huquq va erkinliklari, fuqarolarning qonuniy manfaatlariga doir qarorlardan aholini keng xabardor qilib borish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘lik.

Bugungi globallashuv zamonida jahon jamoatchiligini, xalqimizni xayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan yangilik va o‘zgarishlardan o‘z vaktida xabardor kilish, ayniqsa, fuqarolarning huquqiy axborotlar olishini keng ta’minlash, shu yo‘l bilan davlat va jamiyatga bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini xolis va xakkoniy aks ettirish talab etiladi.

Ayniqsa, YOSHlarning huquqiy axborotga bo‘lgan ehtiyojini kondnrishda zamonaviy axborot vositalari imkoniyatidan keng foydalanish zarurligini inobatga olgan holda, huquqiy yo‘nalishdagi axborot tizimlari soni va sifatini oshirish. ularning foydalanish uchun qulayligi masalalari muhim ahamiyatga ega.

Mavzular.

manba