Joyda burchak o‘lchash tamoyili. 

0
Joyda burchak o‘lchash tamoyili. 

Joyda burchak o‘lchash tamoyili. 

Joyda burchak o‘lchash tamoyili. 

Joyda burchak o‘lchash tamoyili.  Joyda  gorizontal  va  vertikal  burchak  o‘lchanadi.  Gorizontal  burchak  o‘lchash  prinsipini misolda ko‘rib chiqamiz.

Joyda A, V, S nuqtalar berilgan deylik (6.1.1.- shakl ). A nuqtadan R tekislik o‘tkazamiz. V, S  nuqtalarni R tekislikka proeksiyalaymiz. SHunda Av va  As chiziqlar hosil bo‘ladi. Av va As  chiziqlar va AA’ tik chizig‘idan o‘tuvchi M va N vertikal tekisliklar o‘tkazamiz.

Demak  A  nuqtadan  chiqqan  ikkita  yo‘nalish  AV  va  AS  ning  gorizontal  R  tekislikdagi  proeksiyalari ( Av va As) orasida hosil bo‘lgan burchak b – gorizontal burchak bo‘lib hisoblanadi.  b burchakning qiymatini topish uchun AA’ tik chiziqqa gradus va minutlarga bo‘lingan doira limb  o‘rnatilgan deb faraz qilamiz. Doirada av’ va as’ tomonlar orasidagi yoy b’c’ o‘lchanishi kerak,  ya’ni b‘ burchak.

Vertikal burchak – qiyalik burchak deb ham ataladi. Masalan: AV bilan Av orasidagi burchak  qiyalik burchagi. Qiyalik burchagi a1 , a2 ;  Joyda gorizontal burchakni o‘lchashda ishlatiladigan asbob quyidagi qismlardan iborat: limb,  alidada. Ana shunday asbob – teodolit deb ataladi.

Teodolitlar. 

Teodolit nuqtaga shtativ va shovun yordamida o‘rnatiladi. Teodolit to‘g‘ri o‘rnatilganligi –

adilak yordamida tekshiriladi. Teodolit bilan vertikal burchak o‘lchash mumkin.

Teodolitning asosiy qismlari

1 – limb                                                   11.- qarash trubasi

2 – alidada                                              12.- gorizontal o‘q

3 – aylanish o‘qi                                       13.-alidada tayanchi

4 – kovak o‘qi                                             16,14.- maxkamlash vinti  5 – taglik                                                 17,15.- yo‘nalish vinti

6 –  shtativ                                               18.- vint

7 – ko‘tarish vintlar                                19.- lupalar

8 – o‘rnatish vintlar

9 – ilgak

10 – shovun

Shtativ metall yoki yog‘ochdan yasalgan erdan birmuncha ko‘tarilib, ishlash uchun qulaylik tug‘diradi.

Shovun – oddiy va optik bo‘ladi. Oddiy shovun – og‘irligi 100 – 150 gr keladigan uchli metall  qadoqtoshdan iborat.

Taglik – teodolitning ish qismini shtativga birlashtiradi.

Adilak – geodezik asboblarning o‘qlarini gorizontal yoki vertikal holatga keltirish hamda ish  paytida asbobning holatini kuzatish uchun xizmat qiladi. Silindrik va doiraviy bo‘ladi.

Teodolitning ish qismlari:

Limb  –  metall  yoki  shishadan  ishlanadi.  Limb  –  teng  qilib  shtrixlarga  bo‘linadi.  Limb  bo‘laklarining har 10o, 5o , yoki 1o qiymati soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha 0o dan 360o gacha  raqamlar bilan belgilangan.

Alidada – doira, o‘qi limb vtulkasi ichiga kirib turadi. Gorizontal va vertikal burchaklarni  o‘lchashda bu burchaklar teodolitining gorizontal va vertikal doiralariga proeksiyalanadi va limbdan  alidada ko‘rsatkichi yordamida sanoq olinadi.

Vernyer limbdan sanoq olish aniqligini oshirish uchun alidadaga chizilgan shkaladan iborat.  Vernyer aniqligi t = l/n+1.

l – limb bo‘lak qiymati.

n – bo‘laklar soni.

Limb va vernerdan sanoq olishda lupadan foydalaniladi.

Qarash trubasi – asosiy ish qismidan biridir, nuqtani aniq nishonga olish uchun xizmat qiladi.
Teodolitlar tuzilishi, aniqligi va boshqa xususiyatlari jixatidan bir necha xil bo‘ladi.

Limbning taglikka biriktirilishiga qarab – oddiy va takroriy teodolitlarga bo‘linadi. Oddiy

teodolitlar – limb taglikka aylanmaydigan qilib biriktirilgan.

Takroriy teodolitlar – limb taglikka aylanadigan qilib biriktiriladi, bu teodolitlar bilan aniqroq vo‘lchash mumkin. SHuning uchun ko‘proq takroriy teodolitlar ishlab chiqarilmoqda.

Teodolitlar limbi shishadan yoki metalldan ishlab chiqiladi. Shisha limbli teodolitlar – optik teodolitlar deyiladi. Metall limbli teodolitga nisbatan ixcham, engil va ishlatilishi osondir. Keyingi  yillarda ko‘proq optik teodolitlar ishlab chiqarilmoqda. 

Aniqligi  jixatidan  teodolitlar   aniq,  juda  aniq  vatexnikaviylarga  ajratiladi. Masalan,  gorizontal burchak o‘lchashda juda aniq teodolit bilan – 2²,0 gacha, aniq teodolit bilan 2²,0 –10»,0  gacha, texnikaviy teodolit bilan – 15² – 30². Masalan: T-2 bilan 2² gacha xato, T-10 – 10² gacha; T- 30 bilan 30² gacha xato bilan o‘lchash mumkin. Texnikaviy teodolitlarni ko‘rib chiqamiz:  Plan olish va injenerlik ishlarida – metall limbli teodolitlar ishlatiladi. TM-1 – boshqa metall  limbli teodolitlardan ixcham va engil. buteodolit injener-qidiruv ishlarida juda qulaydir. Limbning  bo‘lak qiymati – 20¢.

TT-% – teodolitning asosiy qismlari engil va chidamli alyuminiy qotishmasidan yasalgan. Bu  teodolit plan olish va qurilish ishlarida keng qo‘llaniladi. Ish qismi taglikdan ajratiladi. Vertikal  doirasiga bussol o‘rnatish mumkin. Teodolitning shtativ bilan og‘irligi 3,2 kg.

TN – teodolit-nivelir, tuzilishi bo‘yicha TT-5 ga o‘xshaydi. Faqat uning qarash trubasi ustiga  silindrik adilak o‘rnatilgan, shu sababli uni nivelir sifatida ham ishlatish mumkin. Og‘irligi (shtativ  bilan) 3,2 kg.

TTP – loyihalash teodolit taxeometr. TN teodolitga o‘xshaydi. Unda ham qarash trubasi ustiga  silindrik adilak o‘rnatilgan.

 

Texnikaviy optik teodolitlar: 

Optik teodolitlar ixcham, engil. Bular bilan burchak o‘lchash nisbatan osonroq. Faqat tuzilishi  murakkabroq. Limbli shishadan ishlangan. Vertikal va gorizontal doiralardan sanoq olish uchun  qarash trubasi okulyari yoniga maxsus mikroskop o‘rnatilgan.

TOM – bu kichik teodolit takroriy teodolit bo‘lib, burchakni 30» aniqlikda o‘lchaydi. Plan  olish  shaxobchalarini  barpo  etishda,  injener-qidiruv  ishlarida  va  qurilish  ishlarida qo‘llaniladi.  Teodolitning  asosiy  qismlari  engil  va  chidamli  qotishmalardan  ishlangan. Teodolitga  bussol  o‘rnatib yo‘nalishlar magnit azimutini o‘lchash mumkin. Og‘irligi 2 kg.

OMT-3  –  bu  teodolitning  qarash  trubasining  vizir  o‘qi  maxsus  kompensator  yordamida  avtomatik  ravishda  to‘g‘rilanadi.  Bu  teodolitning  gorizontal  va  vertikal doiralarining  limbi  shishadan yasalgan bo‘lib, diametri 80 mm. Limb bo‘laklar qiymati 1°. Teodolitning og‘irligi 2,8  kg.

Joyda burchak o‘lchash tamoyili.

Muallif: A.Ganiyev.

Mavzular.

manba