JOYLARDAGI CHIZIQLARNI ORIENTIRLASH.
Joylardagi chiziqlarni orientirlash.2.1. Orientirlash haqida tushuncha. Joydagi biror chiziqning boshlang‘ich deb qabul qilingan chiziqqa nisbatan yo‘nalishini aniqlash – shu chiziqni orientirlash deyiladi. Har qanday chiziqning yo‘nalishi, shu chiziq bilan boshlang‘ich yo‘nalish deb qabul qilingan chiziq orasida hosil bo‘lgan burchak yordamida aniqlanadi. Bu burchak orientirlash burchagi deb ataladi. Masalan: OX – boshlang‘ich yo‘nalish. OS chizig‘ining OX ga nisbatan yo‘nalishi orientirlash burchagi yordamida aniqlanadi.
Am – OS chizig‘i magnit azimuti. A – OS chizig‘ining haqiqiy azimuti. – OS chizig‘ining direksion burchagi. Haqiqiy azimut bilan magnit azimut bir-biridan ga farq qiladi. – Bu burchak magnit strelkasining og‘ish burchagi deyiladi. Haqiqiy azimut bilan direksion burchak bir-biridan burchakka farq qiladi. Bu burchak – meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi.
2.3. Azimutlar, direksion burchaklar varumblar. Rumb – boshlang‘ich yo‘nalishning shimoliy va janubiy tomoni bilan, chiziq yo‘nalishi orasidagi burchakdir. Rumb 0 dan 90 gacha o‘zgaradi. Rumb burchakni qiymatini oldiga koordinata choragini nomi yoziladi. SHSHq, SHG‘, JSHq, JG‘
Yer yuzidagi har bir chiziqning to‘g‘ri va teskari orientirlash burchagi bo‘ladi. MN chiziqning M nuqtadan boshlangan yo‘nalishi direksion burchagi – to‘g‘ri direksion burchak N nuqtadan boshlangan yo‘nalishning direksion burchagi teskari direksion burchak. To‘g‘ri direksion burchak bilan teskari direksion burchak bir-biridan 180 ga farq qiladi. Xuddi shunday rumb burchaklari ham to‘g‘ri va teskari bo‘ladi; r – to‘g‘ri rumb burchak teskari rumb burchak; r va r’ larni qiymatlari teng, faqat nomlari o‘zgaradi – SHSHq – JG‘bo‘ladi. JG‘ – SHSHq- bo‘ladi. Joylardagi chiziqlarni orientirlash.











