Joyni vertikal planirovka qilish uchun yuza niverillash.
Joyni vertikal planirovka qilish uchun yuza niverillash. Vertikal planirovka qilish loyihasi general planning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Odatda, tabiiy rel’ef loyihalanadigan inshootlarni bevosita unda joylashtirish uchun yaroqli bo‘lmaydi, shuning uchun vertikal planirovka qilishga oid maxsus loyiha asosida yer qazish ishlarini bajaribrel’efning shakli o‘zgartiriladi.
Vertikal planirovka Qilish loyihasini ishlab chiqishda yuza nivelirlash natijasida tuzilgan topografik plan eng yaxshi asos bo‘ladi. Uncha aniq ko‘rinmaydigan joy rel’efini s’yomka qilishda yuza nivelirlashdan foydalaniladi. Nivelirlash yo‘li bilan qilingan s’yomkaning mohiyati joyda nuqtalar to‘ri yasash, ularning planaviy holatini aniqlash va shu nuqtalar otmetkalarini topish uchun geometrik nivelirlash o‘tkazishdan iboratdir.
Nuqtalar to‘ri yasash usuliga qarab yuza nivelirlash ham har xil usulga: kvadratlar yoki to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakliklar uchlarini nivelirlash, uchastka chegarasi bo‘ylab o‘tilgan yopiq teodolit yo‘li ichida yasalgan ko‘ndalang chiziqlardagi nuqtalarni nivelirlash; gorizontal s’yomkaning tayyor planiga asosan nivelirlash usullariga bo‘linadi. Joyni vertikal planirovka kilish uchun yuza niverillash.
K v a d r a t l a r (to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakliklar) u s u l i ochiq territoriyalarda qo‘llaniladi. Dastlab uchastkaning markaziy nuqtasi orqali o‘tkaziladigan ikkita o‘zaro perpendikulyar to‘g‘ri chiziq asosida asosiy kvadratlar yasaladi: buning uchun shu chiziqlarda markaziy nuqtadan boshlab to‘rt tomonga bir xil uzunlikda chiziqlar o‘lchab qo‘yiladi. Bunda to‘g‘ri burchaklar teodolit yordamida yasaladi, masofalar o‘lchash lentasi bilan o‘lchanadi.
Asosiy kvadratlar ichida ularning tomonlari asosida to‘ldiruvchi (kichik) kvadratlar yasaladi. Bunda har 10 yoki 20 m da belgi-birkasi bo‘lgan 100 m uzunlikdagi trosdan foydalaniladi. To‘ldiruvchi kvadratlar uchlarini nivelirlashda reyka tarang tortilgan tros belgisi yonida bevosita erga qo‘yiladi.
Asosiy kvadratlarning uchlari etarli darajada mustahkam belgilar bilan belgilanadi va kasr son bilan nomerlanadi. Kasrning surati shu uch absissaning yuz metrlar soni, maxraji esa ordinatasining yuz metrlar sonini ko‘rsatadi. Masalan, markaziy nuqta O=O deb belgilanadi, undan o‘ng tomondagi uchlar 0=+2; 0=+4; 0=+6 va shunga o‘xshash ifodalar bilan nomerlanadi . Joyni vertikal planirovka qilish uchun yuza niverillash
Xar qaysi asosiy kvadrat ichidagi to‘ldiruvchi kvadratlar to‘ri o‘z nomeratsiyasiga ega bo‘lib, gorizontaliga va vertikaliga ikkita arab raqami bilan nomerlanadi, ulardan birinchisi vertikalning, ikkinchisi esa gorizontalning tartib nomerini ko‘rsatadi (masalan 32, 52, 88). Bular rasmda krestlar bilan belgilangan.
Nivelirlash to‘rini to‘ldiruvchi kvadratlar tomonlarining kattaligi plan masshtabida 2 sm ga teng, asosiy kvadratlarniki esa o‘n marta yirik qilib olinadi. Masalan, masshtabi 1:500 li plan uchun kvadratlar kattaligi tegishlicha 100 va 10 m buladi.
Tomonlari 100 m li asosiy kvadratlarning uchlari aloxida nivelirlanadi. Bunda nivelir taxminan kvadrat markaziga o‘rnatiladi. Nivelirlashni uchastkaning tashqi chegarasi bo‘ylab joylashgan asosiy kvadratlarning tutashgan qatoridan boshlab, keyin o‘zaro parallel bo‘lgan ichki qatorlar qator oralatib nivelirlanadi. To‘ldiruvchi kvadratlarning uchlari aloxida nivelirlanadi va reykadan olingan sanoqlar kvadratlarning dala sxemasiga, tegishli uchlar yoniga yozib boriladi.
Nivelir kvadrat I ning o‘rtasida joylashgan bo‘lsin. CHiziqlar to‘ri nomeratsiyasini xisobga olgan xolda 2a va 2b bog‘lovchi nuqtalarga qo‘yilgan ikkita reykadan tegishli a1 va b1 sanoqlar, stansiya II ga o‘tilgandan keyin esa o‘sha nuqtalarning o‘ziga qarab a2 va b2 sanoqlar olinadi. Busanoqlardan
h=b1-a1, h=b2-a2, bulardan b1-a1= b2-a2= a2+ b1 bo‘ladi. Oxirgi ifodalar reykalardan olingan sanoqlarni kontrol qilish uchun kerak bo‘ladi.1a, 5a, 5b, 13 yopiq nivelir yuli va b, v, g, d, e, jchiziqlar bo‘ylab boruvchi yakka yo‘llar uchlari otmetkalarining farqida bog‘lanmaslik fh yul qo‘yiladigan bog‘lanmaslik qiymatidan ortiq bo‘lmasa, nisbiy balandliklar bog‘lanadi va barcha bog‘lovchi va oraliq nuqtalarning otmetkalari xisoblab chiqiladi.











