Kameral trassalash. Dalada trassalash.
Kameral trassalash. Dalada trassalash.Tarmoqlar turlari. Ko‘prik quriladigan joyda, ko‘prik tayanchlarini rejalash usuli va joy sharoitiga bog‘liq ravishda triangulyasiya, poligonometriya va chiziqli burchak ko‘rinishidagi geodezik tarmoqlar barpo etiladi.
Ko‘prik asos punktlari holatining xatoligi o‘rtacha 10 mm atrofida, punkt koordinatalari xatoligi bo‘ladi.
Ko‘prik asos punktlari geologik jihatdan mustahkam va rejalash ishlarini bajarish uchun qulay bo‘lgan joylarga mahkamlanadi.
O‘rtacha va kichik ko‘priklarni qurishda ko‘prik o‘qini belgilovchi punktlardan geodezik asos sifatida foydalanish mumkin. Bu punktlar orasidagi masofani o‘lchash nisbiy xatoligi quyidagicha ifodalanadi:
bu erda, mo – tayanch markazini aniqlash o‘rta kvadratik xatolik;
L – boshlang‘ich punktlar orasidagi masofa.
Agarda mo =20 mm va L=200 m bo‘lsa, 1/T=20/√2·2000=1/4000 bo‘ladi.
Ko‘prik triangulsiyasi. Ikkilangan geodezik to‘rtburchak ko‘prik triangulyasiyasining namunaviy shakli hisoblanadi. Bu erda AV tomon ko‘prikning bo‘ylama o‘qi bilan ustma-ust tushgan bo‘lib, SD va EF tomonlarni rejalashda bazis bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zan noqulay sharoitlarda ko‘prik o‘qi triangulyasiya punktlari bilan qo‘shimcha tuzilmalar yordamida tutashtiriladi.
Daryoda orolchalar mavjud bo‘lganda ko‘prik triangulyasiyasi markaziy tizim ko‘rinishidan iborat bo‘lishi mumkin. Rejalash ishlari aniqligini oshirish maqsadida geodezik to‘rtburchak chiziq shaklga ega bo‘lishi, ya’ni enining bo‘yiga nisbati β=arctg 1/2=270 bo‘lishi kerak. Lekin, bunday o‘tkir burchakda uchburchaklarning geometrik bog‘lanish xatoligi ortib ketadi va burchak o‘lchash aniqligini oshirishga to‘g‘ri keladi.
Ko‘prik triangulyasiyasi loyihasining dastlabki hisobi shakl, azimut va bazis shartlari bo‘yicha tenglashtirilgan qator elementlari aniqligini baholash ifodasi yordamida amalga oshiriladi. Shartli tenglamalar tuzish uchun kerak bo‘lgan burchak, tomon va koordinata qiymatlari tarmoq loyihasidan olinadi. Normal tenglamalar tizimini echish orqali tarmoq elementining teskari vazni 1/R hisoblanadi, hamda elementni aniqlash o‘rta kvadratik xatolik mF ga ega bo‘lgan holda, o‘lchangan burchak vazn birligi o‘rta kvadratik xatoligini topish mumkin:
Masalan, 1/RF = 9,6 lagorifm oltinchi belgisining birligi va mF=10mm deb qabul qilsak,
m =4,3/ 9,6 =1,4» bo‘ladi.
Odatda ko‘prik triangulyasiyasi punktlari erdan kuzatilganda ular orasidagi o‘zaro ko‘rinish ta’minlanadi. Punktlarga trigonometrik belgi sifatida 4 – 6 m balandlikdagi piramidalar quriladi. Tarmoqda 2 – 3 mm dan katta bo‘lmagan o‘rta kvadratik xatolikda ikkita bazis tomon o‘lchanadi.
Masofa o‘lchashda svetodalnomyer qo‘llanilganda bazis sifatida qarama-qarshi qirg‘oqlarda joylashgan punktlar orasidagi uzun tomon tanlanadi. Invar lenta uchun qisqaroq, qirg‘oqdagi tomonlar tanlanadi.
Burchak o‘lchashlar T1 yoki T2 teodolitlari yordamida 1 – 2״ aniqlikda o‘lchanadi. Burchak o‘lchashda yonlama refraksiya ta’siri kuchli bo‘ladi, shuning uchun vizir chizig‘i suv va erdan 2 – 3 m ko‘tariladi, o‘lchashlar ertalab va kechqurun olib boriladi.
Ko‘prik triangulyasiyasi murakkab usulda tenglashtiriladi va mustaqil tarmoq sifatida hisoblanadi. Koordinata boshi sifatida odatda boshlang‘ich punktlardan bittasi, absissa o‘qi sifatida ko‘prik o‘qi qabul qilinadi. CHiziqli – burchak tarmoqlar. Geodezik ishlab chiqarishda aniq svetodalnomerlar tadbiq etilishi munosabati bilan ko‘priklarni rejalashda maxsus chiziqli – burchak tarmoqlari tavsiya etiladi.
Bunday tarmoqlarning namunaviy shakli keltirilgan bo‘lib, to‘rtta tomon S1, S2, S3, S4 va to‘rtta burchak b1, b2, b3, b4 o‘lchanadi. Qirg‘oqdagi tomonlar va burchaklar o‘lchanadi. 1 – 2 tomon ko‘prik o‘qi bilan ustma – ust tutashtiriladi, 3 – 4 va 5 – 6 tomonlar rejalash uchun bazis tomon hisoblanadi.
Bunday tarmoqlar qator afzalliklarga ega. Qirg‘oq bo‘ylab yo‘nalishlar yo‘qligi, bir xil sharoitda burchak o‘lchash imkonini beradi, bu esa yonlama refraksiya ta’sirini kamaytiradi. Punktlar orasidagi o‘zaro ko‘rinish, baland belgilar qurmasdan ta’minlanishi mumkin. Nisbatan kichik hajmdagi burchak va masofa o‘lchashlarda tarmoq etarli aniqlikni ta’minlaydi.
Bazaviy uchburchakda uchta – shakl, tomon va proeksiya shartlari mavjud. SHakl sharti kesishuvchi diagonallar orasidagi burchaklar tengligidan iborat:
1800 – (b1 +b2)=1800 – (b3 + b4),
ya’ni burchaklar yig‘indilari tengligidan:
b1 +b2= b3 + b4
yoki Tomonlar shartining mohiyati quyidagidan iborat: ikkita qo‘shni uchburchak uchun umumiy bo‘lgan, o‘lchanmaydigan tomon bilan shu uchburchakning o‘lchangan elementlari orqali hisoblangan qiymat bir xil bo‘lishi kerak.
Masalan 2 – 4 tomon uchun 2, 4, 3 va 2, 4, 1 uchburchaklardan
S12 + S22 – 2S1S2cosb1 = S32 + S42 – 2S3S4cosb4
proeksiyalar shartining mohiyati quyidagicha, ya’ni tayanch uchburchak tomonlarining ko‘prik o‘qiga proeksiyalari yig‘indisi no‘lga teng:
S1(cosb1 – b4) –S3cosb3 + S4 – S2cosb4 = 0 .
Shartli tenglamalar quyidagi shartga binoan echiladi:
[PbJb2 + PSJS2 ]=min , bu erda Rb va RS – o‘lchangan burchak va tomonlar vazni, Rb = 1 va RS = mb2 / mS2 .
Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, tayanch uchburchak tarmoqlarida tomonlarning tenglashtirilgan direksion burchaklari xatoligi, o‘lchangan burchaklar xatoligiga teng:
mα = mb
Ko‘prik uzunligi ortishi bilan koordinatalar xatoligi ortib boradi. Absissa va ordinata xatoliklarini quyidagi ifoda yordamida hisoblash mumkin:
Poligonometriya. Nisbatan quruq joylarda ko‘prik qurilishida rejalash tarmog‘i svetodalnomerli poligonometriya yo‘lini o‘tkazish bilan barpo etilishi mumkin. Bunday yo‘llarning 3 – 5 va 6 – 8 bo‘ylama tomonlari o‘tish o‘qi 1 – 2 ga parallel qilib loyihalanadi va undan 100 m atrofidagi masofada joylashtiriladi.
Bunday yo‘llarning tomonlari 2 – 3 mm dan katta bo‘lmagan o‘rta kvadratik xatolikda o‘lchanadi, burchaklari esa 2 – 3״ aniqlikda bo‘ladi. Koordinatalar hisoblangandan keyin, punktlar ordinata o‘qi bo‘yicha reduksiyalanadi. Katta ko‘priklar qurilishida geodezik rejalash asosi bir necha usullarni birga qo‘shish orqali tuziladi. Kameral trassalash. Dalada trassalash.
Muallif: A. Ganiyev.






