Kameral trassalash.
Kameral trassalash.Odatda injener-qidiruv ishlari ikki stadiyada bajariladi. Biroq yo‘l qurilishini bajarishda bu stadiyalarga kirmagan, ya’ni texnik-ekonomik asoslash (TEO) ishidan boshlanadi.
Bu bosqichning asosiy maqsadi rel’ef, gidrografiya, geologiya, gidrogeologiya, fizikaviy geologiya voqiyliklar kabilarni nazarda tutgan holda trassa yo‘nalish variantlarini shlab chiqishdan iboratdir. Bu ish odatda eng qiyin sharoitdagi yirik qurilishlarda olib boriladi. SHuning uchun ham u kameral usulda bajariladi. Materiallar arxivdan olinadi.
Trassani belgilashda avvalo masshtabi 1:1.000.000 obzor topografik kartadan foydalaniladi.
Bundan boshlang‘ich va oxirgi punktlar belgilanadi. Trassa yo‘lini aniqlash, rel’efni o‘rganish va boshqa ishlar kameral usulda masshtabi 1:2500 yoki 1:50.000 masshtabli kartada, agar bular yo‘q bo‘lgan holda 1:100.000 masshtabli kartada bajariladi.
Trassa ma’lum bo‘laklarda belgilangan punktlar oralig‘ida berilgan qiyalikka asoslangan holda olib boriladi. Trassa qiyaligi rel’ef xarakteri hamda o‘tiladigan yo‘l kategoriyasiga qarab beriladi. CHunki har bir uzala inshootning o‘ziga xos qiyalik qiymatlari bor.
Temir yo‘llarda bu qiymat 10% dan oshmasligi, mahalliy yo‘llarda 20%, tog‘ yo‘llarida 30%. Avtomobil yo‘llarida chekli qiyalik 40-90% gacha o‘zgaradi. Eng kichik qiyalik irrigatsiya va suv kanallarida bo‘lib, u suvni yuvib ketmasligi hisobidan olinadi. YA’ni qiyalik 0,01-0,2% bo‘ladi.
Ma’lum masshtabli karta (1:M) hamda kesim balandligiga ko‘ra qiyalik bo‘yicha trassa quymasi (proeksiyasi) – l quyidagicha topiladi:
Quyma qiymatiga ko‘ra kartada ikki xil yo‘l – erkin (volno‘y) yo‘l va qiyin (napryajenniy) yo‘llarga ajratish mumkin. Birinchi xil yo‘lda trassani mumkin qadar punktlar orasida qisqa yo‘ldan olib borish mumkin.
Ikkinchi xil yo‘lda esa ma’lum qiyalik bo‘yicha trassani o‘tkazish juda mushkul. SHunga ko‘ra kartada ish qiymati nolga teng bo‘lgan nuqtalar topish va shular orqali trassa o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.
Qiymati nol bo‘lgan chiziq deb trassa o‘tish davomida xech qanday ko‘tarma va o‘yilma ishlar bajarilmaydigan yo‘lga aytiladi.
Bu yo‘nalish kartada sirkulni qadami ma’lum l uzunlikka qiligan holda gorizontallararonuqtalar belgilanib ular o‘zaro biriktirilishdan hosil bo‘ladi.
Nol otmetkaga ega bo‘lgan chiziq o‘z-o‘zidan bo‘lajak yo‘lning o‘qi vazifasini bajarolmaydi, chunki u bir qancha qisqa chiziqlar turkumidan tashkil topgan bo‘ladi. SHunga ko‘ra bu siniq chiziqli egri yo‘llarni goho umumlashtirib to‘g‘rilashga to‘g‘ri keladi. Kameral trassalash.
Kameral trassalash natijalaridan foyalangan holda talabga javob beradigan va tejamkor hisoblangan trassa yo‘nalishi (qator variantlardan) tanlab olinadi. SHu tanlangan trassa bo‘ylab dalada ish bajarish – texnikkaviy loyihalash tejamkorlikka asoslangan holda yer yuzida va aeroS’yomka ishida bajarilishi mumkin. Agar joyning plani yirik masshtabli bo‘lsa, izlanayotgan trassa qisqa masofali bo‘lsa bu ish yer yuzida olib boriladigan usul bilan bajarilishi mumkin.
Agar izlanish ishi katta uzunlikdagi trassada bajarilsa, hamda kerakli masshtabdagi karta va planlar bo‘lmasa, u holda trassa bo‘ylab aerovizual kuzatish va marshrut bo‘ylab aerofotos’yomka ishi bajariladi.
Trassa tayanch nuqtalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Qurilish ishi boshlanish oldidan uni osongina topa olinishi kerak.
Barcha tayanch punktlar, burchak uchlari, belgilangan nuqtalar, stvor nuqtalari tabiiy to‘siqlardan cheklanib o‘tish va tutashuvchi nuqtalar, yog‘och yoki temir-beton ustunlar bilan mustahkamlanib, ularni joydagi narsalar bilan qanday holatda turishini ko‘rsatuvchi abris jurnallari tuzilishi kerak. Piketlar, plyusli nuqtalar, qoziqlar bilan mustahkamlanib, atrofidan kanava o‘tkazilishi kerak, znaklar yozuvi, moyli bo‘yoq bilan yozilishi kerak, trassa qayrilish burchagi uchlaridagi ustunlardagi yozuvlar burchak uchi tomonida turishi, stvor nuqtalarida esa – sanog‘i kam piketga qaragan tomonda yozilishi shart.












