KIRISH. ODAM ANATOMIYA FANINING MAZMUNI.

0
KIRISH. ODAM ANATOMIYA FANINING MAZMUNI.

KIRISH. ODAM ANATOMIYA FANINING MAZMUNI.

KIRISH. ODAM ANATOMIYA FANINING MAZMUNI.

Anatomiya—grekcha so`z bo`lib—kesish, bo`lish degan ma’noni bildiradi. Odam anatomiyasi a’zolarning tuzilishini, shaklini uning taraqqiyotiga, vazifasiga bog`lab o`rganadigan tibbiyotning asosiy fani hisoblanadi. Bu fan har bir a’zoni jinsiy tafovutlarini, yoshga qarab o`zgarishini, shuningdek atrof muhitning a’zolar tuzilishiga ta’sirini o`rganadi.

Moskva Universitetining professori Ye.O.Muxin (1766-1850) odam anatomiyasi fanining ahamiyatini quyidagicha ta’riflab: „Odam anatomiyasini bilmagan shifokor foydasizgina emas—balkim zararlidir'» — degan edi.

Anatomiyaning bo`limi bo`lib hisoblanilgan taqqoslash anatomiyasi — filogenez: a’zolar guruhini, tana tuzilishining oddiy tuzilgan guruhdan murakkab tuzilishga ega bo`lgan oliy guruhga mansub hayvonlarda taqqoslash asosida olib boriladi. Ontogenez—homila hosil bo`lib, uning tana a’zolari rivojlana boshlagan davrdan qarilik davrigacha kuzatiladigan o`zgarishlarni o`rganadi. Prenatal ontogenez bo`limi: a’zolar shakllangandan boshlab, tug`ilishgacha bo`lgan davrdagi o`zgarishlarni o`rganadi. Prenatal ontogenez (homila taraqqiyoti) o`z navbatida 2 davrga bo`linadi. 1) 2 oygacha bo`lgan davr—embrional davr deyilib, 2) 3-9 oylardagi davr fetal davr (fetus — homila) deyiladi. Homila tug`ilgan daqiqalardan boshlab, yoshga qarab o`zgarishini postnatal ontogenez bo`limi o`rganadi. Odam tuzilishi va taraqqiyotini jamiyat taraqqiyoti bilan bog`lab o`rganadigan bo`limga — antropogenez deyiladi. Homila hujayra, to`qima va a’zolarining tug`ilguncha ona qornida o`sib taraqqiy etishini embriologiya fani, tug`ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo`lgan davrdagi o`zgarishni

„yoshga doir» anatomiya o`rganadi.

Sistematik anatomiya odam a’zolarini va ularning bajaradigan vazifalarini umumlashgan guruhlarga bo`lgan holda o`rganadi. Bu fanning osteologiya bo`limida suyak skeleti, sindesmologiya bo`limida suyaklarning o`zaro birikishi, miologiya bo`limida esa mushaklar o`rganiladi. Anatomiyaning splanxnologiya bo`limi ichki a’zolarni: hazm a’zolari, nafas a’zolari, siydik va jinsiy a’zolarni o`rganadi. Angiologiya bo`limi yurak va qon tomirlarni (arteriya, vena, limfa) o`rgansa, nevrologiya bo’limi orqa miya va bosh miyani, hamda periferik nervlarni o`rganadi. Esteziologiya bo’limida sezgi a’zolari, endokrinologiya qismida esa ichki sekretsiya bezlari o`rganiladi. Rentgenoanatomiya bo’limida K.Rentgen tarafidan kashf etilgan nurlar orqali a’zo va tana qismlari o`rganiladi. Topografik anatomiya — a’zolarning va tana bo`limlarining o`zaro munosabatini o`rganadi.

Norma — sog`lom odamlarda uchraydigan holat bo`lib, a’zolar o`ziga yuklangan vazifasini to`liq bajarishi tushuniladi.

Anomaliya — normal tuzilishdan farqlanadigan holat bo`lib, lekin o`ziga yuklangan vazifasini to`liq bajaradi. Anomaliya sifatida yurakning o`ng tarafda joylanishi  yoki ichki a’zolarning teskari joylashuvini  ko`rsatish mumkin.

Lekin a’zo taraqqiyoti bilan bog`liq ba’zi holatlar uning bajaradigan vazifasiga salbiy ta’sir etadi va bunday holatlarga patologiya deyiladi. Patologiya holatiga lablarda va tanglayda hosil bo`ladigan tirqishlar yoki a’zolarning bajaradigan vazifasiga salbiy ta’sir etadigan tuzilmalar kiradi.

Normal anatomiya sog`lom odam organizmida kuzatiladigan holatlarni o`rganadi. Odam a’zolarida kuzatiladigan ba’zi o`zgarishlar variantlar deb ataladi. Bunda a’zolarning joylashishi yoki tuzilishi odatiy holatdan biroz boshqacharoq bo`lsa-da, lekin bajaradigan vazifasi odatiy bo`lsa, a’zoning ko`rinish yoki tuzilish varianti deyiladi. Odam a’zolarining tuzilishini, shakllanishini bajaradigan vazifasiga bog`lab o`rganish — vazifaviy (funksional) anatomiya deyiladi.

Odam anatomiyasi tibbiyotning boshqa asosiy fanlari bo`lib hisoblangan fiziologiya, gistologiya fanlari bilan chambarchas bog`langan holda o`rganiladi. Fiziologiya fani a’zolarning hayotiy faoliyatini o`rganadigan ta’limotdir. Gistologiya fani to`qima va a’zolarning taraqqiyoti, tuzilishi hamda ularning hayot faoliyatlarini o`rganuvchi ta’limotdir.

A’zo, to`qima va hujayralarda kasallik natijasida paydo bo`ladigan holatlarni o`rganadigan fan patologik anatomiya deyiladi.

Mavzular.

manbaKIRISH. ODAM ANATOMIYA FANINING MAZMUNI.