KO`KRAK MUSHAKLARI.
Ko`krak mushaklari taraqqiyoti va bajariladigan vazifasiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi:
- ko`krakning xususiy mushaklari
- ko`krakdan boshlanib yelka kamariga birikuvchi yuza mushak Yuza mushaklar
1.Ko`krakning katta mushagi – qo`lni tanaga yaqinlashtiradi, uni ichki tarafga buradi, yelkani tushiradi, ko`krak qafasini ko`taradi.
2.Ko`krakning kichik mushagi – ko`krak suyagini oldinga va pastga tortadi, qovurg`alarni ko`tarib,nafas olishga ishtirok etadi.
3.O`mrov osti mushak – o`mrov suyagini pastki va ichki tarafga tortadi.
4.Oldingi tishsimon mushak – ko`krak suyagini oldinga va yon tarafga harakatini ta’minlaydi. Qo`lni yuqoriga ko`taradi.
5.Qovurg`alarni ko`taruvchi mushak – umurtqa pog`onasini yon tarafga buradi.
Ko`krakning xususiy mushaklari
Tashqi va ichki qovurg`alararo mushak, qovurg`a osti mushagi, ko`krakning ko`ndalang mushagi kiradi.
Ko`krakning xususiy mushaklari nafas olish jarayonida qatnashadi. Tashqi qovurg`alararo mushaklar ko`krak qafasini kengaytirib, nafas olishni ta’minlaydi. Qolgan autaxton mushaklar ko`krak kafasini toraytiradi va nafas chiqarishni ta’minlaydi.
Diafragma
Ko`krak –qorin to`sig`ini hosil etuvchi anatomik hosila, mushakdan fassiyalardan va seroz parchalardan tashkil topadi. Uning markazi serbar paydan tashkil topib, ko`krak qafasi bo`shlig`iga qavarib chiqqan bo`ladi. Diafragmaning tashqi sohalari mushak to`qimasidan hosil bo`lib, joylashgan sohalari bo`yicha uch guruhga bo`linadi:
- Bel qismi;
- Oyoqchalar;
Diafragma mushagining va qismlari orasida uchburchak-simon hosila,uning bel va qovurg`a qismlari orasida kattaroq uchburchaksimon hosila,markazdagi pay qismida, pastki kovak vena o`tadigan teshik hosil bo`ladi.
Diafragma ko`krak qafasi tarafga qavarib chiqqanligi-dan,uning mushaklari qisqarishi natijasida diafragma yassilanib, ko`krak qafasi hajmi kengayadi va nafas olishda qatnashadi.
Qorin mushaklari
Qorinning mushaklari oldingi va orqa mushaklarga bo`linadi. Qorinning tashqi va ichki qayshiq mushagi, ko`ndalang mushak, to`g`ri mushak, piramidasimon mushaklar tanani bukadi, qovurg`alarni pastga tortib nafas chiqarishga qatnashadi va qorin bo`shlig`idagi bosimni oshiradi.
Qorinning to`g`ri mushagi 5-7 qovurg`alar tog`ayi tashqi yuzasidan boshlanib, qov suyagining yuqori chekkasiga yopishadi.
Bu mushak uzunasiga baquvvat tolalardan iborat, 3-4 joyidan payli belbog` bor. Pay belbog`larni katta ahamiyati bor: bu mushak pay bilan bo`lingan qismlari ayrim-ayrim qisqarish xususiyatiga ega.
Piramidasimon mushak,qov birlashmasidan boshlanadi:
To`rtburchakli mushagi kvadrat shakliga ega bo`lib, yonbosh suyagining qirrasidan boshlanadi va 12-qovurg`ani pastki chetiga, pastki bel umurtqalarining ko`ndalang o`sig`iga yopishadi.
Bu mushak bir tomonlama qisqarsa, oxirgi qovurg`ani pastga tortadi, har ikki tomondan qisqarsa,umurtqa pog`onasini vertikal holda ushlab turishga yordam beradi.











