Bosh sahifa mavzular Ko’ndalang chiziqlar usuli.

Ko’ndalang chiziqlar usuli.

0
Loyihaning geodezik qismlari va bo`linishlari haqida batafsil.

Ko‘ndalang chiziqlar usuli

Ko’ndalang chiziqlar usuli.

Ko’ndalang chiziqlar usuli uchastka chegarasi bo‘ylab va ko‘ndalang chiziqlarda  teodolit-nivelir yullar o‘tkazishdan iborat. Bunda bir yula situatsiyani xam s’yomka  qilib boriladi. Avval teodolit yuli nuqta-lari nivelirlanadi, keyin ko‘ndalang chiziqlarda joylashgan  nuqtalarning otmetkalari aniqlanadi. Bu nuqtalar otmetkalari ma’lum bo‘lgan punktlarga tiralgan  yakka yullar nuqtalarning otmetkalarini aniqlash singari topiladi.

Teodolit yulining uchlari planga koordinatalar buyicha tushiriladi, teodolit yuli tomonlarida  stvor  nuqtalar  o‘lchab  qo‘yiladi,  ular  orasida  ko‘ndalang  chiziqlar  belgilanadi,  ko‘ndalang  chiziqlarda o‘lchash yuli bilan ketma-ket nuqtalar va oraliq nuqtalar tushiriladi. Xosil qilingan  nuqtalar yoniga ularning otmetkalari yozib qo‘yiladi, so‘ngra gorizontallar o‘tkaziladi.

Binolar qurilgan territoriyaning tayyor plani bo‘yicha nivelirlashda situatsiyaning planda va  joyda olinadigan xar katerli nuqtalarining (binolarga kirish yullari, binolarning burchagi nuqtalari,  kuzatish quduqlarining qopqoqlari, yullarning o‘qlari va boshqalarning) otmetkalari aniqlanadi. Bu  usulda  olingan  sanoqlar  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  planning  yorug‘lik  ta’sir  ettirib  olingan  nusxasiga,  nivelirlangan  nuqtalar  yoniga  yoziladi.

Xar  qaysi  nivelirlash  stansiyasi  uchun  asbob  gorizonti  aniqlanadi, uni plan nusxasiga yoziladi, xar qaysi stansiya uchun nivelirlash chegarasi chiziladi va  xamma nivelirlangan nuqtalarning otmetkalari asbob gorizonti orqali xisoblab chiqiladi.

Vertikal planirovka kilishda geodezik xisoblashlar  Vertikal planirovka qilish loyihasini ishlab chiqishda geodezik hisoblashlar katta o‘rin tutadi, loyihaning muhim elementlaridan biri esa gorizontal maydonchalarni oldindan belgilangan yuzaga  va gorizontga nisbatan berilgan nishablikda maydonchalarga loyihalashdan iboratdir.

Gorizontal maydonchalar, odatda yer qazish ishlarining nolaviy balansi shartiga  rioya qilgan holda ko‘tarma va kovlanmalar hajmi taxminan barobar bo‘lganda loyihalanadi. Yuza  nivelirlash ma’lumotlari asosida planirovka qilinayotgan uchastkaning o‘rtacha otmetkasi topiladi.

Bunda kvadrat shakldagi har qaysi prizma vertikal tekisliklar, tekis asos va yuqoriga qiya tekislik  (uchastkaning  yuzasi)  bilan  chegaralangan  deb  faraz  qilinadi.  Prizmaning  balandligi  uning  yuzasidagi burchagiy nuqtalar otmetkalarining o‘rtacha arifmetik qiymatiga teng deb qabul qilinadi.  U holda prizma hajmi  R – prizma asosining yuzasi; h – burchag nuqtalarning otmetkalari.

Kvadratlar  uchlarining  qora  otmetkalari  ma’lum  bo‘lgan  uchastkani  planirovka  qilishda o‘rtacha otmetka quyidagicha hisoblab topiladi. Uchastka konturi ichida joylashgan kvadratlarning  a1, a2, a3, …… a24 uchlari otmetkalari hisoblashda to‘rt marta takrorlanadi va ularning  yig‘indisi 4åai  ga teng bo‘ladi.

So‘ngra uchastka konturi bo‘ylab joylashgan (uchastka burchaklari uchlarining otmetkalari  bundan mustasno) kvadratlar uchlarining otmetkalari (b1,      , b20)  jamlanadi va olingan  åbi   yig‘indi 2 ga ko‘paytiriladi, chunki bu otmetkalar ikki yondosh kvadratga taalluqlidir. Nihoyat,  uchastkaning burchagiy nuqtalari otmetkalari (s1,       s4) ni jamlab åCi  topiladi.

Uchastkani planirovka qilish uchun o‘rtacha otmetka N0 quyidagi formula bilan aniqlanadi: Kvadrtalar barcha uchlarining ish otmetkalari qora otmetkalar bilan planirovka otmetkasi N0  ayirmasidan chiqadi. Ko’ndalang chiziqlar usuli.

Muallif: A. Ganiyev.

Mavzular.

manba