KO’RISH A’ZOSI HAQIDA MA’LUMOTLAR.

0
KO’RISH A'ZOSI HAQIDA MA'LUMOTLAR.

KO’RISH A'ZOSI HAQIDA MA'LUMOTLAR.

KO’RISH A’ZOSI HAQIDA MA’LUMOTLAR.

Ko’rish a’zosi, ko’z soqqasi, qovoqlar, ko’z soqqasini harakatlantiruvchi mushaklar va ko’z yoshi apparatidan tashkil topgan.

Ko’z soqqasi ko’z kosasida joylashgan bo’lib,  3 qavat parda va ular ichida joylashgan ko’zning nur sindiruvchi apparatidan iborat.

  • Ko`zning fibroz qavati ko’z soqqasining eng tashqi qavat pardasidan, ya’ni oq parda va shox pardadan tuzilgan. Oq parda to’qimadan iborat. Qovoqlar ochilganda oppoq bo’lib ko’rinadi. Shox parda oq pardaning old tomonida soat oynasida o’xshab joylashadi.
  • Ko’z o’rta pardasi qon tomir va pigmentlarga boy parda bo’lib, bevosita oq parda ostida yotadi va 3 qismdan iborat: tomirli parda, kiprikli tana, rangdor parda. Tomirli parda to’r pardani qon bilan ta’minlaydi, suvsimon tiniq suyuqlik ajratadi.

Kiprikli parda tomirli pardaning old shox pardasidan oq pardaga o’tish sohasidagi qalinlashgan qismi bo’lib, orqaga tomirli parda, oldinga rangdor parda bilan chegaralanadi. Kiprikli tananing old qismida 70 ga yaqin uzunasiga qarab joylashgan burmalar mavjud, ularning har biri ichida 3 mm uzunlikdagi kiprikli o’simtalar ko’rinadi. O’simtalar asosan qon tomirlardan iborat,  ular kiprikli tana tojlari deb ataladi. Rangdor tana tomirli pardaning old qismi bo’lib kipriksimon tanadan boshlanadi. Rangdor parda oldinda, qorachiq teshigida qorachiq esa oldinda, qorachiq qirasida tugaydi.

  • To’r parda ko’z qirrasini eng ichki, uchinchi pardasi tashqi tomondan tomirli pardaga yopishgan bo’lsa, ichki tomondan shishasimon tanaga tegib turadi. To’r parda tashqi qavati pigmentlarga, ichki qavati nurlarni qabul qiluvchi nervlarga boy. To’r pardaning ko’rish qismi o’n qavatdan iborat bo’lib, ularning birida nerv hujayralarining tayoqcha va kolbachalari joylashgan. Tayoqchalar oq– qora nurlarni qorong’i paytda qabul qiladi. Kolbachalar esa turli ranglarni ajratish xususiyatiga ega. To’r pardani ikkinchi va o’rta qavatlari katta nerv hujayralaridan tuzilgan bo’lib, u ko’rish nervini hosil qiladi. Ko’rish nervi so’rg’ichida kolbacha va tayoqchalar bo’lmasligi uni ko’r dog’ deyilishiga sabab bo’ladi. Uning tashqi tomonida ko’zning eng o’tkir ko’rish nuqtasi–sariq dog’ bo’lib, unda kolbachalar mavjud.

KO’ZNING NUR SINDIRUVCHI APPARATI

Ko’zning nur sindirish apparatiga ya’ni shox parda – ko’z gavhari va shishasimon tana kiradi.

Ko’z gavhari ikki tomonlama qavariq linzaga o’xshab tuzilgan. G’avhar tiniq va bo’yiga cho’zilgan hujayralardan iborat. Ko’z gavhari ko’zning uzoq yoki yaqinga qarashiga qarab o’zgaradi.

Shishasimon tana ko’z gavhari bilan to’r parda oralig’ida joylashgan tiniq yumshoq modda. U yupqa parda bilan o’ralgan. Shishasimon parda bilan gavharga qon tomir va nervlar bo’lmaydi. Shishasimon pardaning oldingi yuzasiga chuqurcha bo’lib, uning chekkalari maxsus ipchalar bilan ko’z gavhariga yopishadi.

KO’Z QOVOQLARI

Ko’z qovoqlari bir juft bo’lib, teri burlamalaridan tashkil topgan. Qovoqlar yumilganda ko’z butunlay yopiladi. Ko’z ochilganda pastki qovoq o’z og’irligi bilan, yuqori qovoq uni ko’taruvchi muskul yordamida ochiladi. Qovoqlar usti yupqa teri bilan qoplangan. Yuqori qovoq ichki yuzasida 30-40 ta, pastki qovoqning ichki yuzasida 20-30 ta mayda bezlar joylashgan qovoqlarning chekkalarida 2-3 qator kipriklar o’rin olgan. Qovoqlar asosida tog’aysimon plastinka bo’ladi. Yuqori qovoq tepasida qoshlar joylashgan bo’lib, ular ko’zni har xil chang zarralaridan saqlaydi.

                                             KO’Z YOSHI APPARATI

U ko’z yosh bezi va ko’z yoshi yo’lidan tashkil topgan. Ko’z yosh bezi – ko’z kosasi tashqi devorining yuqori qismida joylashgan. Bu bez ajratgan suyuqlik ko’z yoshi yo’li orqali yuqori qovoqning konyuktiva qismiga ochilib, ko’z soqqasining oldingi va shox pardasini yuvib, ko’z qovoqlarining ichki burchagidagi ko’lchaga to’planadi. U yerdan ko’z yosh yo’li orqali ko’z yosh xaltasiga quyiladi. Ko’z yosh yo’li 15 ta bo’lib, ular pastki yoki yuqori yo’lda yoki hammasi qo’shilgan holda ochiladi. Ko’z yosh yo’li burun yo’li bilan bog’liq.

Ko’zda chang zarralari tushganda yoki odam kuchli hayajonlanganda ko’z yoshi bezining faoliyati kuchayib, suyuqlik ko’p ajraladi. Bunday holatda ko’z yoshi o’z yo’liga sig’maydi,ortiqchasi pastki qovoq qirrasidan yuzga qarab oqadi.

Mavzular.

manba