Kran osti yo’llarini montaj qilishda geodezik ishlar.

0
Kran osti yo'llarini montaj qilishda geodezik ishlar. 

Kran osti yo'llarini montaj qilishda geodezik ishlar. 

Kran osti yo’llarini montaj qilishda geodezik ishlar.

Kran osti yo’llarini montaj qilishda geodezik ishlar.Ishlab chiqarish korxonalarini ko‘rishda eng keng tarqalgan geodezik ishlardan biri qurilish to‘ridir.  U  o‘z  navbatida  to‘g‘ri  chiziq  yoki  kvadratlar  uchlarida  joylashgan  tayanch  punktlar  hisoblanib, qurilish maydonini qoplagan bo‘ladi.  Qurilish to‘rining vazifasi u imorat yoki inshoot tomonlari va unga mos o‘qlarga parallel  bo‘lishi kerak.

Qurilsh to‘rini loyihalashdan maqsad qurilish maydonini topografik planda punktlar o‘rnini  aniqlash,  loyihalash  usulini  aniqlash,  loyihalash  usulini  tanlash,  qurilish  to‘ri  punktlar  o‘rnini  aniqlash belgilash va burchakli hamda chiziqli o‘lchamlarini hisoblashdan iboratdir.

To‘rni  odatda  qurilish  genplanga  tushirish  qulaydir.  Bunda  geodezik  ishlardan  maksimal  foydalanish uchun alohida tiklanadigan uylar qurilish to‘ri shakllari ichiga joylanishi kerak.

To‘rning  tayanch  nuqtalari  tuproq  ishlari  bajariladigan  joylarga  to‘g‘ri  kelmasligi  kerak.  Buning uchun qurilish to‘ri oldin kalkaga chiziladi, so‘ngra u qurilish genplanga qo‘yilib, uning  yo‘nalishi qurilish inshooti tomonlari va o‘qlari yo‘nalishiga parallel holda u yoki bu tomonga  suriladi.  Bunda  ko‘pgina  nuqtalar  shu  qurilish  maydoniga  to‘g‘ri  kelishi  kerak.  So‘ngra  to‘r  kalkadan qurilish genplanga tushiriladi.

Qurilish   to‘ri   ko‘pincha   grafoanalitik   usulda   loyihalanadi.   Avval   qurilish   genplanga  inshootning asosiy o‘qlari tushiriladi, ularni koordinatalari hisoblanib, inshoot o‘qlarining o‘rtacha  direksion burchaklari hisoblab topiladi. To‘r yo‘nalishlarining direksion burchaklari a va a=900 qilib olish qabul qilingan.

Texnologik  jixozlarni  montaj  qilishda  geodezik  ishlar.  Qurilishda  lazerli  geodezik  asboblarning qo‘llanilishi.   Loyihaviy chiziqni (qizil chiziq) profilga tushirishda ma’lum nuqtadan loyiha otmetkasi va berilgan nishablikka hamda inshootning texnikaviy ma’lumotlariga asoalanadi.

Ma’lum nuqtalarga loyiha chizig‘ini tutashuvchi nuqtalari texnikaviy tomondan hisoblanilgan  ko‘priklar va hakozalarni otmetkalari kiradi.

Bizda profilning ma’lum uchastkasi AVS berilgan bo‘lsin, shunda loyihaviy chiziq EF ning  belgilangan  nuqtasi  E(NE)  va  nishab  i1   asosan  V’  va  F  nuqtalarni  loyihaviy  otmetkalarini  quyidagicha topamiz: Kran osti yo’llarini montaj qilishda geodezik ishlar.

Muallif: A. Ganiyev.

Mavzular.

manba