Kultegin va Bilga xoqon bitigtoshlari haqida.
«Bilga xoqon» bitigini ham Yadrintsev topgan. U Kultegin bitigtoshidan 1 km janubiy-gʻarbga oʻrnatilgan. Uning boʻyi 3 m 45 sm, eni 1 m 72 sm, qalinligi 72 sm. U 80 satrdan iborat.
Kultegin – Eltarish xoqonning kichik oʻgʻli. Bitigtosh 702 yilda oʻrnatilgan. Akasi Bilga xoqon tilidan Yoʻllugʻ tigin yozgan. Unda Bilga xoqonning turk xalqiga aytgan yurak soʻzlari bayon qilingan. Kultegin dono, bahodir inson sifatida tasvirlanadi.
Bilga xoqon-Eltarishning katta oʻgʻli. Uning qabridagi yozuv ham Yoʻllugʻ tigin tomonidan yozilgan. Tosh 735 yilda oʻrnatilgan.
VI asr oʻrtalarida Oltoy, Ettisuv va Markaziy Osiyodagi turli qabila va xalqlar birlashib, turk hoqonligi deb atalgan davlat vujudga keldi. Biroq bu davlat markazlashgan davlat boʻlmay, balki oʻnta turk qabilasining federasiyasi edi. Turk xoqonligidagi qabila va xalqlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoning turli bosqichida yashar edilar. Dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi oʻtroq aholi bilan birga chorvachi koʻchmanchilar ham juda koʻp edi; oʻtroq aholi patriarxal-feodal bosqichida yashasa, koʻchmanchi aholi, asosan, patriarxal-jamoa tuzumi bosqichida boʻlib, ularning jamoasi sinfiy ziddiyatlarning chuqurlashuvi va tobelarning koʻpayishi bilan astasekin feodallashib bormoqda edi. Davlat boshida «xoqon» va zodagonlarning kengashi «qurultoy» turar edi. Qabila boshliqlari «bek», yirik amaldorlar «tagin», «shodi» va boshqa nomlar bilan, aholi «budun» yoki «qora budun nomi bilan yuritilar edi. Turk hoqonligi Xitoy, Vizantiya va boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarida boʻlgan. Davlat territoriyasida yagona hokim din boʻlmay, osmon kulüti, zardushtiylik, shamanizm va boshqa dinlar hamda ularning sinkretik formasi tarqalgan edi.
Xitoy yilnomasi «Tan-shu»da turklarning kumish marosimi bunday ta’riflanadi: murda boyliklari, jangda mingan oti bilan birga kuydiriladi, xoki dafn qilinib, marhum qancha dushmanni oʻldirgan boʻlsa, uning qabriga shuncha tosh qoʻyiladi va marhumning surati ishlanadi, uning qilgan ishlari oʻyib yoziladi.
Oʻrxoʻn-Enisey yodgorliklarining koʻpi mana shunday qabr toshi yodgorliklaridir. Bulardan Mogʻilyon va, xususan, Kulteginnnig qabr toshlari juda muhimdir.
Shundan soʻng Bilga xoqon oʻzining davlat chegaralarini, qoʻshni xalqlar bilan boʻlgan doʻstoni munosabatda hamda olib borgan urush-yurishlari va boshqalarni hikoya qiladi. U oʻzini «Yoʻqsul xalqni boyitgan», «Oz sonli xalqni koʻpaytirgan»
«adolatli hukmron» sifatida tasvirlaydi: Joq choʻ qay buduvoʻq kop kabartdoʻm (yoki kobratdoʻm) choʻqan budunoʻq bal qoʻltoʻm az budunoʻq oʻkoʻsh qoʻltoʻm . Azu bu saboʻmda irid barqu ?
Mazmuni:
Men halok boʻlgan, qashshoq xalqni butunlay (oyoqqa) turgʻizdim (yigʻdim), qashshoq xalqni boy qildim, oz sonli xalqni koʻp sonli xalqqa aylantirdim. Mening soʻzlarimning biror yolgʻoni boʻlmas!..
Bilga xoqonning balanparvoz soʻzlaridan keyin turk xoqonligi tarixi, urushyurishlar hikoya qilinadi. Bilga xoqon davridagi voqealar bayonida Kulteginning faoliyatiga koʻproq oʻrin beriladi. Uning davlatni kengaytirish va mustahkamlashdagi, urush-yurishlardagi xizmatlari tasvirlanadi, qahramonona janglardan epizodlar hikoya qilinadi. Tekst Kulteginning oʻlkalardan ta’ziya uchun choparlar keladi, qoʻy yili – (732) 9-qoyning 27 kuni dafn etish marosimi oʻtkaziladi. Bilga xoqonning tilidan aytilgan soʻzlarda Kultegindan judolik qaygʻusi marsiyaga xos uslubda bayon etiladi, turli badiiy til vositalari qoʻllaniladi: Koʻl tigin yoʻq arsar, kop oltachi artigiz! Inim Koʻl tigin kargak bolti, oʻzim saqintim ; korur kozim kormaz tag, bilir biligim bilmaz tag boʻldi,oʻzim saqintim. OD TANGRI yasar, kisi oqli koʻp oʻlrali torumis.
Mazmuni:
Agar Kultegin boʻlmasa edi. Hamangiz halok boʻlar edinglar. Mening inim Kultegin oʻldi, men qattiq qaygʻurdim; koʻrar koʻzlarim ojiz boʻldi, aql fahmim oʻtmas boʻlib qoldi. Oʻzim qaygʻyordim. Qismat (vaqti)ni koʻk samo (xudo) taqsim qiladi, odam bolasi oʻlish uchun tugʻilgan…
Kultegin qabr toshi yozuvi turk xoqonligi davlatining ijtimoiy-siyosiy hayoti, qabila va xalqlarning urf-odatlari, tili va ma’lum darajada badiiy soʻz san’ati bilan tanishtiradi.











